O’smirlik davrida agressiv xulqning paydo bo’lish sabablari va uni korreksiyalash usullari



Download 28,93 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi28,93 Kb.
#700486
Bog'liq
Dinora maqola



O’smirlik davrida agressiv xulqning paydo bo’lish sabablari va uni korreksiyalash usullari
Usmonova Dinara Sotimboy qiz dinarausmanova73@gmail.com Qaroqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani Ahhorli MFY 68-IDUM

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’smirlik yosh davrining xususiyatlari va bu davrda qanday sabablarga ko’ra agressiv xulqning kelib chiqishi sabablari va uni bartaraf etishining bir qancha samarali usul va vositalari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar: O’smirlik davri,agressiv xulq, ruhiyat, amaliyotchi psixolog, xarakter, psixika.
Har tamonla taraqqiy etib borayotgan yangi O’zbekistonimizda keying yillarda barcha sohalar qatori ta’lim tizimi va psixologiya sohasida ham tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda hurmatli Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoyev Miromanivich o’z nutqida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “ Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”, degan so’zlari ham bugungi kunimizda yoshlarning tarbiyasi va ularning rivojlanishida ichki olami ya’ni ruhiyatining qanchalik muhim ekanligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa o’smir yoshidagi yigit-qizlarini jamiyat ta’lablariga mos tarzida tarbiyalashda, o’qituvchi va amaliyotchi psixologlarimiz psixologik bilimlar asosida o’smirlarning ichki olamiga kirib bora olsalar biz kutgan o’sha shijoatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalay olamiz.
Endi esa o’smirlik yosh davri va uning xarakter xususiyatlari bilan tanishamiz.
O’smirlik- bu bolalikdan kattalikdan o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu davr 10-11 yoshlardan 14-15-yoshlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. O’smirlik yoshida bolaning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqish, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik davriga ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik va agressivlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O’smirlar juda taqlidchan bo’lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo’ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga beriluvchan bo’ladilar. O’smirlik davrida asosiy yetakchi faoliyatlardan biri- do’stlari bilan bo’ladigan shaxsiy intim muloqotdir. Muloqotning yetishmaligi esa ularda salbiy oqibatlarni olib keladi. Ko’rib chiqqanimizdek o’ziga xos murakkab davr bo’lgan o’smirik bosqichi hozigi vaqtda maktab amaliyotchi psixologlar uchun bir qator muammolarni tug’dirmoqda. Ayniqsa agressiv xulq shakli o’smirlarimizning katta qismida kuzatilmoqda va uning oqibatida voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyat ishlarining sodir etilish soni ortmoqda.
Agressiya bu- lotincha “ aggres” ya’ni “hujum degan ma’noni anglatib , turli vaziyatlarda va buzg’unchi harakatlarda ma’lum bir doimiylik bilan tajovuzkorlikning namoyon bo’lishida ifodalangan deviant xatti-harakatlar shakli bo’lib, uning maqsadi boshqalarga zarar yetkazish yoki haqorat qilishdir. Agressivlik asosan bolalalik va o’smirlik davrida erta sotsializatsiya jarayonida shakllanadi va aynan shu yosh profilaktika va tuzatish uchun eng qulay hisoblanadi. Agressiv xatti-harakatlarga oila, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari ta’sir qiladi. O’ta qattiq jazolarni qo’laydigan va farzandlarning faoliyatini nazorat qilmaydigan ota-onalar farzandlarining tajovuzkor va isyonkor ekanligini ko’rish mumkin.
O’smirlarda agressiv xulqni korreksiyalash usullari. O’smirlar bilan agressiv xatti-harakatlarni tuzatish ishlarini olib borishning ilk bosqichidaa ular bilan guruhiy emas individual ishlash samarali hisoblanadi. Shu vaqtning o’zida oila bilan parallel ravishda ishlashni ham boshlash zarur. Tuzatish ishlarida o’smirning xarakter va qobiliyatidan kelib chiqqan holda qiziqish doirasini shakllantirishga alohida o’rin berilishi kerak. O’smirning bo’sh vaqtini- “bepul yashash va bekorchilik vaqti” ni, ularni shaxsiyatini ijobiy shakllantiradigan mashg’ulotlarga: o’qish, o’z-o’zini tarbiyalash, musiqa chalish, sport bilan shug’ullanishga jalb qilish orqali minimallashtirishga harakat qilish kerak.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Sh.Mirziyoyev “O’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi” 30.09. 20

  2. Z.T.Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. Toshkent, 1998,87-bet.

  3. Z.T.Nishanova, N.G’.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarova. Rivojlanish psixologiyasi,pedagogika psixologiya. Toshkent,2017,243-266-betlar

  4. www.ziyonet.uz.

Download 28,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish