Oldingi tahrirga qarang. Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam ko’rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablag’lar hisobidan haq to’lanadi. Mablag’lar yetarli bo’lmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning ta’minoti uchun qo’shimcha mablag’lar ajratadi.
Yuridik xizmat uchun haq to’lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o’rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
(11-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda) SHaxs to’lovga qobiliyatsizligi sababli ko’rsatilgan yuridik yordam haqini to’lashdan ozod etilganda, jinoiy ishni ko’rib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokatning yuridik yordami uchun haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 iyundagi 137-sonli «Advokatlar tomonidan ko’rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to’lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori. 12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari Advokat davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sug’urtasiga badallar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to’lanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Advokatga davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar belgilash va to’lash, uning davlat pensiya ta’minoti va jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi va «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunlari. (12-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 23 sentyabrdagi O’RQ-8-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2005 y., 37-38-son, 280-modda) Advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mablag’lari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang. 121-modda. Advokatlar palatasi Advokatlar palatasi O’zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.
Advokatlar palatasi o’zining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o’zini o’zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Advokatlar palatasi advokatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik printsipi asosida faoliyat ko’rsatadi.
Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga o’xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo’lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo’l qo’yilmaydi.
Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari bo’yicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.
Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferentsiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
122-modda. Advokatlar palatasining asosiy vazifalari Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obro’-e’tiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga ko’maklashish;
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ’ibot chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qonun hujjatlarini va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo’llanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish;
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog’liq ta’qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish bo’yicha choralar ko’rish;
advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;
aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali ta’minlash;
advokatura faoliyati to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni to’plash va o’rganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam ko’rsatish;
advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Advokatlar palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
123-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari Advokatlar palatasining Konferentsiyasi palataning yuqori organi bo’lib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi bo’lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Advokatlar palatasining raisi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferentsiyasi tomonidan ushbu Konferentsiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferentsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
LexUZ sharhi Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 27 maydagi 112-sonli «O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qarori. 124-modda. Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs bo’lib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko’rsatadi.
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat ko’rsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(121— 124-moddalar O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda) 13-modda. Malaka komissiyalari