Advokatura to’G’risida 1-modda. Advokatura va uning vazifalari



Download 118,12 Kb.
bet4/9
Sana03.04.2023
Hajmi118,12 Kb.
#924480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ADVOKATURA TO’G’RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(7-modda O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-223-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda)
8-modda. Advokatning yordamchisi
O’zbekiston Respublikasining yuridik ma’lumotga ega bo’lgan fuqarosi advokat yordamchisi bo’lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi bo’lishi mumkin emas.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega bo’lmaydi hamda uning surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yo’l qo’yilmaydi.
Advokat yordamchisi advokat ko’rsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar bo’yicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77—87-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(8-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Advokatning stajyori
Kamida uch yillik ish stajiga ega bo’lgan advokat stajyorga ega bo’lishga haqli.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan shaxs advokatning stajyori bo’lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajyori bo’lishi mumkin emas.
Stajirovka advokatlik tuzilmasida o’taladi. Advokatning stajyori o’z faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shug’ullanishga haqli emas.
Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(81-modda bilan O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
9-modda. Advokatlik siri
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so’rab murojaat etganligining o’zi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so’rab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o’tkazgan suhbatida to’xtab o’tilgan barcha masalalar kiradi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo’lmish ma’lumotlarni oshkor etishi va bu ma’lumotlardan o’z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo’lida foydalanishi man etiladi.
(9-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)

Download 118,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish