Advokatura to’G’risida 1-modda. Advokatura va uning vazifalari



Download 118,12 Kb.
bet7/9
Sana03.04.2023
Hajmi118,12 Kb.
#924480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ADVOKATURA TO’G’RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega bo’lgan shaxslarga litsenziyalar berish to’g’risidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Malaka komissiyalari Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qo’shma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni ko’rib chiqish, malaka komissiyalarining ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qo’shma qarorlari bilan advokatlar hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 1920, 14.03.2009).
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to’g’risidaginizom (ro’yxat raqami 1921, 14.03.2009).
(13-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Advokat maqomini to’xtatib turish
Advokat maqomini to’xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo’lmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo’qolgan deb topilganda — bedarak yo’qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo’lgan davrga;
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni o’tash davriga;
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash to’g’risida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo’lmasa, — tibbiy yo’sindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki o’zgartirilguniga qadar bo’lgan davrga;
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilgan davrga;
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar bo’lgan davrga.
Advokatlik maqomini to’xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to’xtatiladi.
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qo’yadi, bundan advokat bedarak yo’qolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi to’xtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining to’xtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi to’xtatib turilishiga sabab bo’ladi.
Advokat maqomining to’xtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi to’xtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi va to’rtinchi qismlarida hamda «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi to’rtinchi va beshinchi qismlaridanazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
Advokat maqomi to’xtatib turilgan shaxs advokat maqomini to’xtatib turish uchun asos bo’lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasidabelgilangan tartibda tugatilishiga sabab bo’ladi.
(131-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)

Download 118,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish