Adsorbsiya bosqichlari. Adsorbsiya va uning xususiyatlari



Download 496,67 Kb.
bet1/11
Sana18.02.2022
Hajmi496,67 Kb.
#451101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gaz va suyuqliklarni absorbsiyalash jarayonini avtomatlashtirish


M U N D A R I J A

Kirish……………………………………………………………………3



  1. Adsorbsiya bosqichlari. Adsorbsiya va uning xususiyatlari............ 5



  1. Adsorbsion jarayonlarni texnologik loyihalash …………….……...9


  1. Adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari ……………………12



  1. Avtomatlashtirishning texnologik hisobi …………………………..16


  1. Adsorberlar va ularning turlari……………..………………………18



  1. Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash ..…………………………20

Xulosa.............................................................................................23

Adabiyotlar…………………………………………………………….24



KIRISH

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berdi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini taʼminlash lozim. Shu bois yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, sohaga innovatsiyalar umuman joriy qilinmagani, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirish zarurligi taʼkidlandi. Yigʻilishda mutasaddilarga belgilangan barcha vazifalar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqib, uning ijrosini muntazam muhokama qilib borish topshirildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16- oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Maʼlumki, kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning “katalizatori” boʻlib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot boʻlmaydi. Oʻzbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy boʻlsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
O‘zbekistonda «Yevro-4» va «Yevro-5» dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi 30-martdan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. Hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati Yevro-2 standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirildi. Zavoddagi reaktorga yangi katalitik tizim Fransiyaning Axens kompaniyasi sxemasiga binoan o‘rnatildi. Koronavirus pandemiyasi sababli fransiyalik mutaxassislar onlayn aloqada bo‘lishdi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislarining o‘z kuchi bilan reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatildi. Natijada 30 mart kuni O‘zbekistonda ilk bora ekologik toza va sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, olingan dizel yonilg‘isida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm bo‘lib, bu ko‘rsatgich Yevro-5 sinfiga mos dizel yonilg‘isiga to‘g‘ri keladi (10 ppm dan ko‘p emas).
Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha Yevro-5 standartidagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Xabarda aytilishicha, «Yevro-4» va «Yevro-5» yoqilg‘isi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar mikdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega.
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining asosiy zvenosi bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo’lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Bugun dunyoda neft, tabiiy gaz, ko’mir, yadro energiyasidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish miqdori 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng bo’lmoqda. Mazkur organik resurslarni qazib olish, qayta ishlash va foydalanish jarayonida atrof-muhitga, shu jumladan, atmosfera havosiga oltingugurt, azot va uglerod oksidi kabi zararli moddalar chiqarilmoqda. Ushbu gazlarning ta’siri global miqyosda iqlim o’zgarishlariga, Ozon qatlamining emirilishiga olib kelmoqda. Shuningdek, dunyo bo’yicha sanoatdan atmosferaga tashlanayotgan uglerod oksidi 5 milliard tonnani, uglerod ikki oksidi esa 300 million tonnani tashkil etadi.
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarning rivojlanishi ularda ilg’or texnologiyalarni qo’llanishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarni xisobga olib, biz xam malakaviy bitiruv ishimizni mavjud texnologiyalardan oqilona foydalanish, ekologik toza, raqobatbardosh sifatli mahsulotlar olishga qartdik. Neftdan olinadigan eng muhim mahsulotlardan biri yuqorioktan sonli benzin olish, benzin yoki ligroinni aromatlashdir. Shuning uchun biz yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalashni ko’rib chiqamiz.
Oxirgi yillarda chop etilgan ma’lumotlarga qaraganda, hozirga paytda dunyodaga neft zahiralari 100 mln tonna deb baholanmoqda. SHundan Saudiya Arabistoni 25,3%, Iroq 9,9%, Birlashgan Arab Amirligi 9,6%, Quvayt 9,4%, Venesuela 5,8%, MDH 5,8% va Meksika 5,6% neft zahiralariga ega.
Olimlarimizning fikricha, respublikamizning 60% hududi neft va gaz qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom ashyo zahiralarining qiymati 1 trillion amerika dollari deb baholanmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda neft va gaz qazib chiqarish, avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg’ilari, mazut va neft moylari ishlab chiqarish hajmlari o’sdi. Masalan, 1998 yilda 8,1 mln tonna neft va kondensat, 54,8 mlrd m3 tabiy gaz qazib olindi, 7,1 mln tonna neft va kondensat, 37,4 mlrd m3 gaz qayta ishlanib 270 ming tonna oltingugurt ishlab chiqildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy bahosi 137,5 mlrd so’mni tashkil yetadi. Ammo respublikada yaratilgan yoqilg’i-energetika va mineral xom ashyo resurslaridan imkoniyat va zaruriyat darajasida foydalanilsada, bu jabhada o’z yechimini kutayotgan muammolar ham yo’q emas. Vujudga kelgan iqtisodiy, ekologik va texnologix muammolarga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Respublikamizda mavjud 65 ta neft va gaz konlaridan 35 tasi ishlatilayapti. Neft va gaz konlaridan chiqindn suvlarning tarkibidan yod, brom, seziy, rubadiy, stronsiy, bor kabi yo’lakay nodir elementlar ajratib olinmayapti.


Download 496,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish