Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklari
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi.
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi.
Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida adsorbsion kuchlar ishtirok etmaydi. Balki suyuqlikning botiq meniskiga bug’ning tortilishi asosiy rol o’ynaydi. Kapilyar kondensatsiya katta tezlikka ega bo’lib u bir necha minut davomida tugaydi. Adsorbilangan gaz qattiq jism sirtida bir yoki bir necha qatlam molekulalaridan iborat bo’lishi mumkin. Shunga qarab adsorbillanish monomolekulyar yoki polimolekulyar adsorblanish deb nomlanadi. Gaz yoki bug’ fizikaviy adsorblanganda quyidagi to’rt belgi kuzatiladi:
- adsorbilanishning issiqlik effekti qiymat jihatidan suyuqlanish yoki bug’lanish issiqliklariga yaqin bo’ladi. Adsorblanish hodisasi qattiq jism bilan suyuqlik o’rtasida , qattiq jism bilan gaz modda o’rtasida, suyuqlik bilan gaz o’rtasida va bir-birida kam eriydigan suyuqlik o’rtasida sodir bo’lishi mumkin. Adsorbilanishning yana bitta xarakteristikasi – adsorblanish vaqtidan iborat. Adsorbsiya vaqti-adsorblangan molekula adsorbsion qavatda qancha vaqt davomida bo’la olishidir. Bu kattalik adsorblangan molekulaning adsorbent sirtida qancha vaqt turishini ko’rsatadi. Agar molekula bilan sirt orasida tortishish kuchlari mavjud bo’lsa, molekulani sirtda tutib turgan kuchi yengish uchun zaruriy energiya olgandagina molekula sirtdan ajralib ketadi.
Adsorbsion muvozanat.
Adsorbilanish hodisasi ham xuddi suyuqlikning bug’lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga qarama-qarshi ikki jarayon bo’ladi. Biri-moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi-yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi, ya’ni desorbsiyadir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish jarayoni avval tez boradi, so’ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlarning tezliklari baravarlashib, sistema adsorbsion muvozanat holatiga keladi. Agar adsorbsion muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbilanish boshqa xil jarayonlarbilan murakkablashgan deyish mumkin. Adsorbsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir va temperatura o’zgarganda o’zgaradi. Adsorbsion muvozanatning siljishi ham Le-Shatel’ye prinsipiga bo’ysunganligi uchun temperatura ko’tarilganda muvozanat modda kam yutilgan tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni, aksincha, issiqlik yutilishi bilan boradi. Shu sababli, temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko’proq qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan adsorbtiv o’rtasida kimyoviy reaksiya sodir bo’lsa, adsorbsion muvozanat qaror topmaydi. Bu holda adsorbilanish qaytmas jarayon xarakteriga ega bo’ladi.