Reja 1. Adsorbilanish hodisasining umumiy tavsifi. 2. Fizikaviy va kimyoviy adsorbillanish. 3. Adsorbsion muvozanat. 4. Adsorblanish issiqligi. 5. Qattiq jism sirtidagi adsorbillanish. 6. Freyndlix tenglamasi.
Dispers sistemalarning barchasida dispers faza zarrachalari sirtida erkin energiya zapasi bo’ladi.
Sirt energiya o’z tabiati jihatidan potensial energiya bo’lganligi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq har qanday jism o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi.
Jism sirtiga erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’ladi.
Dispers kolloid sistemalar termodinamik jihatdan beqaror sistemalardir.
Dispers faza zarrachalari sirt energiyasini kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’lishi mumkin.
Sirt energiyasining kamayishi-suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarni yig’ilish hodisalari hisobiga sodir bo’ladi.
Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari yig’ilishi – adsorbillanish deyiladi.
Adsorbent (sorbent) - o’z sirtida boshqa modda zarrachalarini yutgan modda.
Adsorbtiv (sorbtiv)- boshqa modda sirtida yutilgan modda.
Adsorbilanishga oid dastlabki ilmiy tekshirish ishlari rus olimi T.E.Lovits nomi bilan bog’liq. U 1972 yilda eritmalarni turli qo’shimchalaridan tozalash uchun qattiq adsorbent sifatida ko’mirdan foydalandi. Adsorbillanish hodisasi faqat ko’mirgagina emas, balki boshqa barcha g’ovak moddalarga ham xosdir. Masalan, turli gellar o’z sirtiga har xil bo’yoqlarni yutadi.

Modda sirtida yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt qolavermaydi. Ba’zan yutuvchi moddaning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin.
adsorbsiya yoki fizikaviy adsorbsiya - modda qattiq jism sirtiga yutilishi.
Absorbsiya- moddaning ichki qismiga yutilishi.
Xemosorbsiya - modda geterogen sistemada bo’ladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilshi. Xemosorbsiya: