Ksenofont. Spartaliklarni turmush tarzi to`g`risida.
Ksenofont. Lakedemonlar davlati
Afinalik Ksenofont taxminan er.avv. 430-yillar atrofida tug`ilib er.avv. 360-yildan keyin vafot
qilgan. U zodagon oilada tug`ilib, juda ma`lumotli bo`lgan. Faylasuf Suqrotning shogirdlaridan
biri edi. Ksenofont er.avv. 401-yilda Kichik Kayxisravning yurishida yollanma yunon qismlarini
birini rahbari bo`lib ishtirok etdi. Shundan so`ng u Sparta qo`shiniga xizmatga kirdi va podsho
Agesilayni yaqin do`stiga aylandi, Afina uni xoin deb e`lon qildi. Ksenofont “Sokrat
to`g`risidagi esdaliklar”, “Sokrat apologiyasi”, “Bazm”, “Anabasis” va “Yunon tarixi” asarlarini
muallifidir.
5. Likurgning har bir spartalik uchun qanday turmush tarzi belgilagani to`g`risida yetarlicha
aytilgan. Endi men u Sparta fuqarolariga qanday turmush tarzi belgilaganini hikoya qilishga
urinaman. U boshqa ellinlar kabi spartaliklarda mavjud bo`lgan turmush tarzi beg`amlik va
noziklashishiga olib borayotganini ko`rdi. Likurg birgalikda ovqatlanishni joriy qildi. U barchani
ko`z oldiga ovqatlanishga majbur qilib, buni natijasida yozilgan qonunlarni buzish kamroq bo`ladi
deb taxmin qildi. U shunday miqdordagi oziq-ovqatni belgiladiki, u isrofgarchilikga ham
yetishmovchilikka ham olib bormasligi kerak edi. Bunga ko`pincha ovchilik o`ljalari qo`shilar
edi. Boylar ba’zida nonni bug`doyga almashtirar edilar. Shunday qilib spartaliklar birgalikda
chodirlarda ovqatlanar edilar, ularda dasturxon hech qachon noz-ne’matsiz ham, hashamatli ham
bo`lmaydi. Ichkiliklarga kelganda esa Likurg haddan tashqari ruh va jismni zaiflashtiradigan
ichkilikbozlikni taqiqladi. Spartaliklarga chanqoqni qoldirish uchun ichishga ruxsat berdi, qaysiki
bu vaqtda ichimlik zararsizroq va yoqimli deb hisobladi. Qanday qilib birgalikda ovqatlanishda
o`ziga va o`z xo`jaliklariga piyanistalik bilan haddan ko`p ovqat yeyish bilan zarar yetkazish
mumkin edi. Boshqa davlatlarda esa odamlar o`z tengqurlari bilan ko`p vaqtlarini o`tkazar edilar,
qaysiki ular bilan o`zlarini erkin his qiladilar. Likurg esa Spartada yoshlar kattalar tajribasida ko`p
narsani o`rganishlari mumkin deb barcha bosqichlarni qo`shib tashladi. Fiditiyalarda davlatda sodir
etilgan qahramonliklar to`g`risida hikoya qilish qabul qilingan edi. Spartada dimog`dorlik, mast-
alast chiqishlar, obro`ni to`kadigan qilmishlar va haqoratomuz so`zlar haddan tashqari kam
uchraydi. Uydan tashqarida ovqatlanish yana shunday foyda keltiradi: uyga qaytayotgan sayr
qilishga majbur, ular mast bo`lib qolmasliklari to`g`risida o`ylashlari lozim , qaysiki qayerda
ovqatlangan bo`lsalar u yerda qolishlari mumkin emasligini bilar edilar. Ularga ma’lum muddat
qorong`ida yurishga to`g`ri keladi, kunduzgidek, chiroqsiz, kim harbiy xizmatni o`tayotgan bo`lsa
u ham mash’ala yorug`ida borishi mumkin emas.
Likurg bir xil ovqatlanganda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanadigan kishilar yuzini rangi
yaxshi, o`sishi va gavda tuzilishi sog`lomligiga e’tibor berdi, bekorsozlar esa shishinqiragan, zaif
va badbashara bo`lar edilar. Buni ham Likurg e’tiborsiz qoldirmadi; u yana kim o`z xohishi bilan
va huzr qilib mehnat qilsa, sog`lom tanga ega bo`lishiga e’tibor berdi. Shuning uchun u gimnasiyda
turgan boshliqga gimnasiyga boradiganlarni mashqlari hamma vaqt ularning ovqatlariga mos
bo`lishini tayinladi. Mening o`ylashimcha bu masalada u xato qilmagan.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 166-167 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |