Adabiyotshunoslik



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/70
Sana27.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#710441
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
g.xalliyeva .qiyosiy adabiyotshunoslik. o\'quv qo\'llanma

Nazorat savollari:
1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti tushunchalarini izohlang.
2. Hududiy va jahon adabiyoti namunalariga misol keltiring.
3. Nima uchun adabiyotlararo aloqalar komparativistika obyekti 
hisoblanadi?
4. Tipologiya va tipologik mushtaraklik tushunchalariga izoh 
bering
5. Adabiyotshunoslikda multikulturizm nima?

Конрад Н.И. Средневосточное возрождение. – С.220.
7-mavzu:
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA 
QIYOSIY TADQIQOTLAR
Tayanch tushunchalar: 
qiyosiy tadqiqotlar, o‘zbek adabiyoti, 
jahon adabiyoti, N.Karimov, A.Hayitmetov, E.Rustamov , M.Xajiye
-
va, N.Toirova, biografik roman, Abdulla Qahhor, Jek London.
O‘zbek adabiyotshunosligida qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy 
ishlar olib borish jarayoni asosan XX asrning ikkinchi yarmi
­
dan boshlangan. N.Vladimirovaning rus tilidan o‘zbek tiliga 
tarjimalarning nazariy asoslariga, A.Mirzoyevning Foniy va 
Hofiz she’riyatiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari bu boradagi ilk 
tadqiqotlar hisoblanadi
1
.
Bugungi kunga kelib, komparativisitik tadqiqotlar soni va 
salmog‘i oshib bormoqda. O‘z davrida taniqli navoiyshunos 
A.Hayitmetov, «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining eng katta 
yutug‘i bo‘lishi bilan birga, uning yuzaga kelishi faqat o‘zbek 
adabiyoti tarixidagina emas, jahon adabiyoti tarixida buyuk 
voqea ekanini, Navoiy va jahon adabiyoti mavzusi nisbatan 
yangi soha bo‘lib, bugungacha sanoqli ishlar amalga oshiril
­
ganini alohida ta’kidlagan edi
2
.
Ilmiy-adabiy aloqalar natijasida chinakam asarlar boshqa 
xalqlarning adabiyot olamiga tez kirib boradi va qaysidir dara
­
jada ularning ham ma’naviy mulkiga aylanadi. Demak, Navoiy, 
Bobur, Shekspir, Dante va boshqa ko‘plab shoir hamda yozuv-

Владимирова Н. Некоторые вопросы художественного перевода с русского языка на 
узбекский язык. Автореф. дисс… к.ф.н. – Ташкент, 1957; Мирзоев А. Фоний ва Ҳофиз // 
Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б.53 – 62.

Ҳайитметов А. Тимурийлар даври ўзбек адабиёти. –Тошкент: Фан, 1996. – Б.68.


54
55
chilar ijodi jahon xalqlarining ham umumiy intellektual mul
­
kidir. Bu jarayonda qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar alohida 
rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotshunosligida X.K.Hamrayev Oybek va 
Qahhor asarlarini, S.R.Babayeva G‘afur G‘ulom, G.Xalliye
­
va Navoiy va Bobur, Z.Mirzayeva Abdulla Qodiriy va boshqa 
jadid adiblari, B.Xoliqov Tohir Malik, N.Toirova Omon Mux
­
tor, F.Xajiyeva Maqsud Qoriyev, N.Qobilova Abdulla Qahhor 
asarlarini jahon adabiy kontekstida o‘rganib, qiyosiy adabiyot
­
shunoslik rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar

Adabiy aloqalar doirasida bajarilgan ilmiy ishlarga M.Xolbe
­
kov, Sh.Shamusarov, A.Qosimov, M.Bakayeva, S.Kamilova, 
T.Sultanov, S.Matkarimova va boshqa olimlarning ilmiy izla-
nishlarini namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.
E.Ochilovning «XX asr fransuz she’riyati o‘zbek tilida (tar
­
jimada mazmun va shakl birligi masalasi) mavzusidagi ilmiy 
ishi, M.Tojixo‘jayevning «O‘zbek adabiyoti namunalari Martin 
Xartmann tarjimasi va talqinida» nomli monografiyasi, F.Sa
­
payevaning Maxtumquli she’rlarining o‘zbekcha tarjimalari 
qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan tadqiqoti, R.Shirinovaning 
olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratilishi 
xususidagi doktorlik dissertatsiyasi tarjimashunoslik yo‘na-
lishidagi ilmiy ishlarga misol bo‘la oladi. 
Xullas, xalqlararo madaniy-adabiy aloqalar kundan kun
­
ga rivojlanib borayotgan bugungi kunda qiyosiy tadqiqotlar 
adabiyotshunosligimizda kelajagi porloq, istiqbolli yo‘nalish
­
lardan biridir. Xalqaro adabiy aloqalar doirasida komparati-
vistik tadqiqotlar olib borish jarayonida, kamida ikki xalq, 
ikki adabiyotning, ayniqsa, o‘zimizning ma’naviy qadriyatlari-
miz, nazmiy va nasriy durdonalarimizning mohiyatini yanada 
chuqurroq anglaymiz. 
Qiyosiy tadqiqot olib borishda metodologik yordam va na
­
muna sifatida bu o‘rinda ayrim ilmiy ishlardan misollar kelti
­
rishni lozim topdik.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish