Adabiyotshunoslik



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana27.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#710441
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
g.xalliyeva .qiyosiy adabiyotshunoslik. o\'quv qo\'llanma

syujeti orasida
ham 
farq
mavjud. Jumladan, 
Irving Stoun asarida syujet Mikelanjelo hayoti va faoliyati 
bilan bog‘liq bir chiziqdan (bu ko‘proq biografik janrga xos) 
ibo rat bo‘lsa, «Ibn Sino»da u bir necha tarmoqdan tashkil top
­
gan. Shu o‘rinda aytish joizki, Maqsud Qoriyev otashparastlar 
diniga mansub Sanam bilan bog‘liq syujet chizig‘ini yaratgan. 
Unda Ibn Sinoning ushalmagan muhabbati, o‘sha zamondagi 
oddiy xalq vakillarining hayotini ko‘rsatish va, asosiysi, xalq 
orasida Ibn Sino haqida yoyilgan afsonalardan foydalanish 
maqsadi nazarda tutilgan. Ibn Sino tarafidan o‘limga qarshi 
yaratilgan dori, uning shogird qo‘lidan bexosdan tushib ke-
tishi oqibatida insonni o‘limdan asrab qolishdan iborat olam
­
shumul kashfiyotning amalga oshmay, ora yo‘lda qolgani, 
shundan so‘ng allomaning vafot etgani to‘g‘risidagi rivoyat va 
shu kabilar Sanam bilan bog‘liq syujet chizig‘idan joy topgan. 
Asar boshida tutash holda turgan syujetning bu ikki chizig‘i 
voqealar rivoji davomida alohida-alohida ko‘rinishda shakl
­
lantirilgan.
Har ikki asarni inson buyukligi va u qoldirgan merosning 
abadiyligi haqidagi 
mavzu birlashtirib turadi
. «Iztiroblar 
va quvonchlar»da ham, «Ibn Sino»da ham ikki buyuk shaxs-
ning hayoti, faoliyati va qoldirgan o‘lmas asarlari badiiy tusda 
hikoya qilinadi. O‘quvchi syujetning ana shu voqealari silsila-
sida tafakkuri, maqsad va intilishlari, xayollari bilan o‘z za-
monasidan ancha ilgarilab ketgan, o‘z tafakkuri mevalari bilan 
hamma zamonlarga xizmat qila oladigan ulug‘ mutafakkirga 
ro‘baro‘ keladi.
«Iztiroblar va quvonchlar» hamda «Ibn Sino» romanlari-
ning bosh qahramonlari mutafakkir shaxslar bo‘lishiga qara
­
masdan, turli soha vakillari. Shunday bo‘lsa-da, bu asarlarda 
tipologik o‘xshashliklar bo‘lgani singari mavzu va g‘oya, syu
­


94
95
jetni shakllantirish va kompozitsiyani tuzish jihatdan mush
­
tarak jihatlar bor; shuningdek, har bir asar o‘ziga xos, so‘z 
san’atining betakror namunalaridir.
Irving Stounning «Hayot ishtiyoqi» va Nodir Normatovning 
«Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» biografik romanlari 
mav zu va g‘oyasi, syujet va kompozitsiyasida ham 
mushtarak 
ji hatlarni kuzatish mumkin.
«Hayot ishtiyoqi»da bosh qahramon sifatida golland ras
­
somi Vinsent Van Gogning badiiy obrazi yaratilgan bo‘lib, 
uning hayot yo‘li va ijodiy yaratmalari tarixi syujetning aso-
sini tashkil qiladi.
Nodir Normatov asarida, yuqorida aytilganidek, o‘zbek 
rassomi Ro‘zi Choriyev hayoti va ijodi yoritilgan. Taniqli adib 
Erkin A’zamov asar yaratilishi to‘g‘risida shunday deydi: 
«Bu 
kitobni yozish N.Normatovning burchi edi. Ro‘zi Choriyev xud
-
di shunday ajoyib asarga qahramon bo‘lishga arziydigan inson 
edi. Nodir bu rassomni yaqindan bilardi. Ushbu asari yozuvchi 
do‘stimning ulug‘ rassomga chin ehtiromi ramzi bo‘libdi
».
1
Rassomning bolalik chog‘laridan tortib, vafotiga qadar – 
mashaqqatli, ammo sermazmun va sermahsul hayotini aks 
ettirgan bu asarning yaratilish sababini muallif romanning 
boshidayoq qayd etadi. Rassomning 
«Birgalashib bir kitob 
yozsag-u, shu kitob ularning (ixlosmandlarning) savollariga 
(Qanday qilib rassom bo‘ldingiz?) javob bo‘lsa...»
2
, degan taklifi 
biografik romanning yaratilishiga turtki bo‘lgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish