Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilishda tavsiya etilgan ilmiy muammo yoki masala yuzasidan talabalarga avvaldan seminar rejasi va unga muvofiq adabiyotlar ro‘yxati beriladi. So‘ngra esa seminar mashg‘uloti davomida har bir savol bo‘yicha ayricha muhoka qilinadi. Muhokama jarayonida imkon qadar barcha talabalarning ishtiroki talab etiladi (hatto yozma materiallarni tayyorlab kelmagan talabalar ham muhokama jarayonida qatnashishish mumkin). Seminar mashg‘ulotlariga ko‘proq nazariy muammolar olib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Markaziy Osiyoda adabiyotshunoslikning ilk manbalari.
Forobiy va Ibn Sino asarlarida adabiyotshunoslik.
Turkiy aruz manbalari. Shayx Ahmad Taroziy, Alisher Navoiy, Bobur.
Evropa klassitsizmi va ma’rifatchiligida nazariy qarashlar.
Adabiyotshunoslikning ilmiy tizimga aylanishi (Herder).
Gegelning estetik sistemasi.
Rus adabiyotshunosligida sotsial tanqid (Belinskiy).
Adabiyotshunoslikdagi akademik maktablarning vakillari.
XX asr boshlari adabiyotshunosligida ilmiy tizimning shakllanishi.
Modernizm va uning ko‘rinishlari.
Postmodernizm lavri adabiyotshunosligi.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda tanlab foydalanish tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
Mustaqil ta’lim jarayonida adabiyotshunoslik manbalarini o‘qib-o‘zlashtirish talab etiladi. Ularning asosiy qismi ma’ruza darslarida tilga olingan adabiyotshunoslik asarlaridir. Shuningdek, magistrlarga quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
Antik adabiyotshunoslik manbalari. “Poetika”, “Ritorika”.
Islomiyat davri adabiyotshunosligi. Forobiy, Beruniy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy asarlari.
Evropa Uyg‘onish davri adabiyotshunosligi. Dante, Leonardo da Vinchi, Bokachcho.
Alisher Navoiy va Bobur asarlari adabiyotshunoslik manbalari sifatida.
Klassitsizm va ma’rifatchilik adabiyotshunosligi. Bualo, Didro, Lessing.
Markaziy Osiyoda tazkirachilik taraqqiyoti. Avfiy Buxoriy, Nisoriy, Tabibiy tazkiralari.
Evropa mumtoz estetikasi taraqqiyotida adabiyotshunoslikning o‘rni. Gegel “Estetika”si, V.G.Belinskiy asarlari.
Adabiyotshunoslik fan asrida.
Adabiyotshunoslikda falsafiy oqimlarning roli.
Adabiyotshunoslik janrlari.
Adabiyotshunoslik terminologiyasi identifikatsiyasi
Izoh: Ishchi dasturni shakllantirish jarayonida mustaqil ta’lim soatlari hajmiga mos holda mavzularni tanlab belgilash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |