Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet25/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Plutarx. Plutarx yunon yo‘lboshchisi Kimon va Rim sar­kar­dasi Lukull haqidagi hayotnomada san’at (bu o‘rinda ijodiy portret san’ati) haqida qarashlarini bayon qiladi. Olimning fikricha, qahramon xarekterini to‘laqonli, hayotiy tasvirlash uchun uning hayotidagi eng muhim, inson qalbi, ruhiy olamini yaxshi yoritadigan ish-amallarini, ijobiy yoki salbiy qilmishlarini yashirmasdan haqqoniy ochib berish kerak. Shu hayotnomada Plutarx o‘z vatani Beotiya diyori, Xeroneya shahri bilan bog‘liq tarixiy va shaxsiy hayot voqealarini o‘z otasi va boshqa keksalardan eshit­ganligini, yana juda ko‘p ishonchli manbalardan foydalanganini aytadi.
Plutarx Aristobul o‘g‘li tug‘ilgan Xeroneyada ota-bobolari zamonida bir qancha fojiali voqealar bo‘lgan. Shulardan biri: o‘sha vaqtlarda Yunonistonda va Rim (Perikl, Suqrot, Aristofan, Esxil, Sofokl, Evripid zamoni)da chiroyli o‘smir yigitlarga yoshi ulug‘lar oshiq bo‘lishi, ularni tarbiyalab, beg‘araz g‘amxo‘rlik, yax­shilik qilib yurishi axloqsizlik emas, fazilat hisoblanar ekan. Mas., Afinada badavlat xonadon farzandi Alkiviad chiroyli bo‘l­gani uchun ko‘plar oshiq bo‘lib, unga mehribonlik qilishga urinar ekanlar. Lekin u faqat Suqrotni ustoz va oshiq deb tan olar ekan. Keyinroq Xeroneyada shu odatni axloqsizlik deb hisoblashgan.
Xeroneya aholisi sarkarda Lukullga minnatdorchilik bildi­rish uchun shahar maydonida Dionis haykali yonida uning ham marmar haykalini o‘rinatibdilar. Plutarx fikricha, haykalda, asosan, qahramonning jismoniy qiyofasi ko‘rinadi, so‘z san’ati — adabiyotda esa qahramonning ma’naviy fazilatlarini ham tasvir­lash uchun etarli imkoniyatlar bor. “Biz, musavvir chizgan suratda qahramonning go‘zal, jozibali qiyofasi bilan birga uning xarakteridagi ayrim kichik nuqsonlarni ham tasvirlashni talab qilamiz, — deydi Plutarx. — Lekin agar musavvir qahramonning o‘sha nuqsonini juda aniq qilib tasvirlasa, suratning go‘zalligi zarar ko‘radi, agar bu nuqsonni tushirib qoldirsa, haqiqatga zarar etadi. Asarda (badiiy asarda) modomiki, mutlaq musaffo bo‘lgan inson hayotini tasvirlash qiyin, to‘g‘risi, imkonsiz ekan, adib inson go‘zallikni to‘liq tasvirlash bilan bir vaqtda haqqo­niylikka ham to‘liq amal qilmog‘i kerak. Insonning go‘zal qil­mishlari orasida xato va kamchiliklari ham bo‘lsa, bularni o‘sha odamning buzuqligidan emas, balki barcha fazilatlarda mukammal emasligidan deb, bilish va o‘sha xato, kamchiliklarni qiziqib, butun tafsilotlarini ko‘rsatishga urinmay, tabiatda hamma narsa ajoyib va fozil bo‘lmaganiday, inson tabiatida ham kamchiliklar uchraydi va bularni mufassal tasvirlashdan uyalgan ma’qul ko‘rinadi”1.
Shoirlarning asarlarini ham Plutarx tarixiy ma’lumotlar manbai deb biladi. Tarixchi Fukididning Frakiyada oltin kon­lari bo‘lib, shu sababli o‘limga hukm etilgan. “Zamondoshlarining yozishicha, — deydi Plutarx, - buyuk sarkarda Kimon (u Suqrot­ning shogirdi Periklning raqibi edi) yoshligida boshqalar kabi yunon­larga xos ilm-fan va san’atni o‘rganmagan, notiqlik san’a­tini ham bilmagan, lekin insoniy fazilatlarda juda etuk edi. U Evri­pid asarida tasvirlangan Gerakl kabi “qo‘pol, oddiy, lekin ko‘p jasoratlar ko‘rsatgan”2. Plutarx yozadiki, sarkarda Kimon o‘zi spar­tacha sabr-qanoat bilan yashagani holda juda ko‘p mol-dav­la­tini, bog‘idagi barcha mevalari va ekinzorlarini kambag‘allarga be­rib turgan. Eron shohanshohining jabr-zulmidan qochib, Afi­naga siyosiy panoh so‘rab kelgan Roysoq degan boy odam sarkarda Kimon bilan do‘stlashib olish uchun ikki ko‘za kumush va tilla tan­ga sovg‘a olib kelgan. Kimon do‘stlikka rozi bo‘lgan, lekin ikki ko‘za kumush va tillani olmay, qaytarib yuborgan. Plutarx asar qah­ramonlarining xarakterlarini ochishda shu kabi hayotiy voqea-hodisa, amallarga e’tibor beradi. Arastu “Poetika” asarida xa­rak­­ter qilmishda ochiladi, degan fikrini Plutarx ham tasdiq­laydi.
Plutarx yunon sarkardasi Nikiy va Rim konsuli M.Krass haqidagi hayotnomada Periklning shon-shuhratli ishlarini, g‘ala­balarini maqtagani holda ikki qardosh xalq afinaliklar va spartaliklarning o‘zaro qirg‘in urushlariga chek qo‘yib, sulh tuzib, tinchlik o‘rnatgan sarkarda Nikiyni undan buyukroq deb ta’rif­laydi. Shu hayotnoma boshlanishida Plutarx tarixiy shaxslarning siymolari, xarakterini tasvirlashning turli uslublari haqida fikr yuritadi. Shunisi qiziqki, qadimgi Yunonistonda tarix­chilar ham badiiy mahorat, badiiy uslub masalalarida adib, shoir­day iste’dodli, mohir bo‘lishi talab qilingan. Ayni vaqtda tarixchilar va shoirlar ham xarakterlarni yoritishda tarixiy va hayotiy haqiqatga amal qilishi zarur, shart hisoblangan. U mana shu hayotnomada badiiy ifoda sohasida Fukididni orqada qoldir­moqchi, dengiz janglari va xalq yig‘inlari tasvirida Filistni orqada qoldirmoqchi bo‘lib maqtangan Timey ustidan kuladi. Timey eng mohir tarixchilardan bo‘lmish Filistni bilimsiz, o‘qimagan-savodsiz deb masxaralashini, Aflotun va Arastu izdoshlarini haqoratlashini axmoqlik deb hisoblaydi3.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish