Adabiyotshunoslik tarixi


Vergiliyning adabiy-estetik qarashlari



Download 0,86 Mb.
bet20/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Vergiliyning adabiy-estetik qarashlari. Rim davlati O’rta Er dengizi atrofidagi, Eron, Hindiston, Yunoniston, Misr, Karfagen, Kichik Osiyodagi juda ko‘p mamlakatlarni harbiy qud­ratiga bo‘ysundirib, bir necha asrlar davom etgan urushlarda juda ko‘p shuhratli sarkardalarni va davlat arboblarini etishtirdi. Lekin, Rim madaniy va ma’naviy taraqqiyotida Yunonistondan, Misrdan, Kichik Osiyo mamlakatlaridan orqada edi. Vergiliy Ellinizm davri Iskandariya shoirlaridan ilhomlanib, she’riyatda ilmiy va ma’rifiy g‘oyalarni kuchaytirdi. U, haqqoniy, realistik she’rlar yozish maqsadida astronomiyani, geografiyani, bog‘bonlar, dehqonlar, chorvadorlar mehnatining barcha sohalarini chuqur o‘r­ga­nib chiqdi. Shoir georgikalarini o‘qigan odam uning hunarmand­chilikni, xatto iqtisodni ham yaxshi bilishidan hayratlanadi: “Erta bahor oqsoch Alp cho‘qqilaridan dalalarga oshiqib oqqan muzday suvlar va Zefir (Mayin Havo) erni yumshatganida, ho‘kiz mo‘’lab, og‘ir omochni tortar ekan, uning tishlari quyosh nurida yal­ti­raydi”. Bu erda dala kuz, bahor va yozda shudgor qilinsa, hosil mo‘lligidan omborlar yoriladi. Lekin buning uchun avval qay ta­raf­dan shamol va yomg‘ir kelishini, qanday erda don, qanday erda tokzor qilish (toshloqda), ota-bobolarning tajribalaridan foy­da­lanish zarur. Dehqonlar erning xususiyatilarini yaxshi bilgani uchun Rim falon joydan shafran, falon joydan temir, Hindiston­dan fil suyagi, Pontdan mo‘yna, Epirdan (Makedoniya) g‘alaba qozo­nuvchi toychoqlar keltiradilar.
Iskandariya ellinizm shoirlarining yuksak ilm-ma’rifati shon-shuhratidan ilohomlangan Vergiliy (o‘sha zamondagi boshqa shoirlar ham o‘zlarining ilmiy, ijtimoiy, adabiy-estetik qarash­larini ham maqolalarda emas, balki janr qonuniyatlariga ham unchalik rioya qilinmaydigan, hajmi ham, mavzulari ham cheklan­magan manzumalarida ifoda qilgan. Shoir qirg‘inbarot urushlarga qarshi diniy tuyg‘ularni muqaddas bilib, yosh imperator Avgustga maqtov aralash foydali maslahatlar ham beradi. Vergiliy juda nozik va ma’nodor qilib, xalqning aybi bo‘lsa, halok qilish, qirib tashlash xudolarning ishidir, odamlar xudolarning ishiga aralashgani (ya’ni ko‘pchilik lashkarboshilar va davlat arboblari o‘zlarini xudo deb bilgani) uchun er yuzida yovuzliklar, nohaq­liklar ko‘paymoqda. Butun dunyo urushlar alangasida. Halol va foydali mehnat quroli - omochga munosib hurmat yo‘q, g‘alla o‘ri­ladigan egri chalg‘i, o‘roqlar to‘g‘rilanib, qilich (nayza)ga aylan­tirildi. Evropa daryolari notinch (parfiyaliklar, Mitridat bilan urushga ishora), Germaniyada janglar qilmoqda. Qo‘shni shahar – davlatlar ham (ittifoq haqidagi) shartnomalarni buzib, o‘zaro urishmoqdalar. Har tarafda nopok Mars quturgan. Vergiliy urush ma’budini nopok va quturgan, deb la’natlashi Rim poetik tafak­kurida jur’atli yangilik edi.
Goratsiyning “Pizonlarga maktub” asarida poetika qoidalari yanada teranroq tahlil qilinadi. Arastu “Poetika”sidagi kabi, Goratsiy ham badiiy asarning avvalo tarkibi, kompozitsion bi­nosi go‘zal va pishiq, puxta bo‘lishi zarurligini aytadi. U shoir ijodini rassomning asariga qiyoslaydi. Mabodo rassom otning bo‘yniga odamning boshini, tanasiga qushlarning patini tasvir­lasa yoki chiroyli ayolning belidan pasti qiltiriqli baliq bo‘lsa, odamlar kulib kalaka qilganiday, kitob yozganida shoirning o‘ylari ham bosirinqi tushdagi kabi, boshi, oyog‘i yo‘q arvohlarga o‘xshamasligi kerak.
Shundan so‘ng Goratsiy rassom va shoirlar tasvirda istalga­nicha fantaziya qilish huquqiga ega ekanligini aytar ekan, bu san’atlarda tasvirning hayotiyligi, shakl va mazmun yaxlitligi birinchi o‘rinda turishini ta’kidlaydi. Lekin har qancha fantaziya bo‘lsa ham, tasvirda quturib yugurgan hayvonga yuvoshlikni, ilon bilan qushlarni, yo‘lbars bilan qo‘zichoqlarni bir joyga qo‘yish, jiddiy boshlanmaga masxarabozlarning rang-barang quroq ko‘y­lagini, dalada jildirab oqayotgan ariqqa Reyn daryosi ustidagi arka – peshtoqni, kema halokati va cho‘kayotgan odamlar oldiga chi­royli sarv daraxtini chizib qo‘yishi ma’noga putur etkizadi, yaxlitlik buziladi52.
Badavlat Pizonlar xonadoni, bu oilaning otasi va o‘g‘illari she’r va drama san’atiga qiziqar edilar va bu sohada Goratsiyni o‘zlariga ustoz deb, undan ijodiy maslahatlar so‘rab turadilar. Goratsiy o‘zining adabiy-badiiy nazariy qarashlarini bayon qilish uchun bu oilaning otasi va farzandlariga maktub shaklidan unumli foydalangan. Bu bilan shoir Pizonlar xonadoni shon-shuhratini oshirgan. Ular esa, chamasi, buyuk shoirga munosib sovg‘a-salomlar berib turganlar. Shoir mana shu qadrdonlarga murojaat qilib, jonli suhbat tilida nazariy fikrlarni aniq-ravshan tushunti­rishi kelgusi avlodlar uchun ham bu asarning qadr-qimmatini oshirgan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish