2. Tarixiy mavzular. Tarixdan, o'tmish (moziy)dan tasvir predmetigg material tanlash va shu asosda zamondoshlaming diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash — bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan «Navoiy» (Oybek), «Yulduzli tunlar. Bobur» (P.Qodirov), «Ulug‘bek xazina- si» (O.Yoqubov) — uzoq tariximizni yoritsa, « 0 ‘tkan kunlar» (A.Qodiriy). «Kecha va kunduz» (ChoUpon), «Qutlug* qon» (Oybek) — yaqin o‘tmishimizn: gavdalantiradi.
3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich — istiqlo davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish - zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monanc komil kishilami — fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi. adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning mu- rakkab obrazlarini yaratish — zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilar bog‘liq. Badiiy adabiyot — insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uninj kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari — hamma faoliyati badiiy asarning «tepib turgan yuragi, uning qoni va jon i, uning shu’lasi v£ quyoshi»(V.G.Belinskiy)dir. «Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar v£ ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot — H.U.] hodisasi boMishi mumkin
9. parchadagi voqea(voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni syujet (fr. sujet — predmet, tema) deb yuritish ijodiy jarayon- ning qonuniyatlaridan biridir. Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar...
www.ziyouz.com kutubxonasi
tushuniladi, chunki «Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odam- larning o zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar ortasidagi munosabatlar — u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir» (M. Gorkiy). Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashti- radi, uni tiriltiradi. Syujet obrazlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. Hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g‘oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi. Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qi- ziqarligini, ko‘lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi: 1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushun- chalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi.2. Ijtimoiy konflikt — asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o‘rtasidagi kurash. 3. Shaxsiy — intim konflikt — bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o‘rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma roman- larda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo‘lgan asarlar («Sarob» — A.Qahhor; «Ulugbek xazinasi» — O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, yorqin iz qoldirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |