Adabiyotshunoslik nazariyasi



Download 23,4 Kb.
bet2/6
Sana14.01.2022
Hajmi23,4 Kb.
#364342
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adabiyotshunoslik nazariyasi

5.XX asrga kelib Sharqu G ‘arb adabiyotshunosligi birlashdi: ularning yutuqlari umumlashtirildi. Natijada, adabiyotshunoslikning biz yuqorida ta’kidlagan asosiy va qo‘shimcha sohalari alohida-alohida fan sifatida shakl- landi va rivojlandi. Birgina «Adabiyotshunoslikka kirish» fanini nazarda tutsak, bu fan qonuniyatlarini bevosita o‘rganuvchi ko‘pIab darslik va qo‘llanmalar yaratilganiga voqif bo‘lamiz. Bular: Abdurauf Fitratning «Adabiyot qoidalari» (1926), N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, I.Mahmudovlaming «Adabiyotshunoslikka kirish» (1979) darsligi, To‘xta Boboyevning «Adabiyotshunoslikka kirish» o‘quv-metodik qo‘llanmasi (1979), E.Xudoyberdiyevning madaniyat va san’at institutlari talabalari uchun «Adabiyotshunoslikka kirish» (1995) darsligi, Abdulla Ulug'ovning «Adabiyotshunoslikka kirish» (2000) o‘quv qoMlanmasi, Hotam Umurovning «Adabiyotshunoslikka kirish» das- turi, test va ko‘rgazmalilik» metodik qo‘llanmasi.

6. «obraz» atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, fal- safada hayotni inson ongidagi in’ikosini — obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. «Fan — voqelik faktlaridan ularning mohiyatini, g‘oyasini ajratib oladi» ( V.G.Belinskiy), undagi obrazning maqsadi ana shu g‘oya (tushun- cha, muhokama, isbot, xulosa)ni ta’kidlash, ko‘rgazmali tarzda yetkazish- dir. Fandagi obraz voqea- hodisaning shunchaki tashqi ko‘rinishi emas, balki ana shu ko‘rinishlarning eng tipigi (o‘rnakli misolini, eng arzirli namunasi)ni ifodalashga xizmat qiladi, u korgazmali (illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati bo‘lsa-da, lekin voqelik faktlarini mubolag‘ali tarzda ko‘rsata olmaydi. Hayotda «obraz» atamasi yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni suratli (fotografik) obraz deb yuritish mumkin. U ham voqea-hodisani aks ettirishda eng xarakterli vaziyat va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo‘ysunadi va uning asosiy maqsadi voqea-hodisaga xos boigan individuallikni ko‘rsatishdir. Uning asosida individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko'zga tashlansa-da, u orqali suratkash o‘zining unga bo‘lgan hissiy muno- sabatlarini bera olmaydi. Shu sababdan ham ularning ta’sir doirasi tor bo‘ladi va barchaga zavq bera olmaydi, maftun etolmaydi. San’at va adabi.- yotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan bo‘ladi, chunki hayotiy voqea-hodisalar san’atkorning aql-tafakkuri, qalbi, ruhi, salohiyati bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor «unga o‘z idealini singdiradi va shunga ko‘ra qayta yaratadi», «oqilona voqelikning bunyodkori» ( V. Belinskiy) bo‘ladi. Natijada bu obraz go‘zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qal- bini zabt etadi. V.G.Belinskiy yozganidek, «bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi»ga aylanadi. Chunki obraz jonli harakati, jozibadorligi va yorqinligi bilan o‘zida voqea-hodisa- laming qonuniyatini asosli va chuqur mujassam etadi. Badiiy obraz xususiyatlarini o'rganishni atamaning mazmunidan bosh- lagan ma’qulroq. «Obraz» atamasi «raz» («chiziq») so‘zidan oiingan bo‘lib, «raz» so'zidan «razit» («chizmoq, yonmoq, o‘ymoq») va undan «obrazit» («chizib, o yib, yo'nib shakl yasamoq») so'zi yasalgan. «Obrazit»dan «obraz» («umuman oiingan tasvir») vujudga kelgan. «Aslida «obraz» slavyan tillariga xos so‘z bo‘lib, u voqea — hodisalarning xayolda namoyon bo‘ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar «obraz» deganda, awalo, odamzodni azob-uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg‘ambar)ning rassomlar, hay- kaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan.

7. Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko‘ra obrazlar quy- idagicha boiadilar:



  1. Download 23,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish