Epik obrazlarda hayot voqea-hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, obyektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlaming hamma janrlarida yaratilgan obrazlar — epiklik xislatlariga ega bo‘ladi. Mirzo Ulug'bek, Qalandar, Ali Qushchi («Ulug'bek xazinasi»), Alpomish, Barchin («Alpomish»), Qobil bobo («0‘g‘ri»), Sotiboldi («Bemor») kabilar shularjumlasidandir.
2. Lirik obrazda voqelik inson kechinmalari (tuyg‘ulari, hislari, o‘ylari) orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g‘azal, qasida, ruboiy, qo‘shiq, ashula, yor-yor, alia va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi tipik misoldir.
3. Dramatik obrazda voqelik harakat orqali sahnada mujassam bo‘ladi. Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo‘chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon — «Temir xotin») — dramatik obrazlar deb yuritiladi.
4. Xayoliy-fantastik obrazlar - haddan tashqari bo'rttirilgan, ilohiy- lashtirilgan, mo‘jizaviy xarakterga ega bo‘lgan qiyofalardir. Xalq og‘zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to‘qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning «Tutash olamlar» mistik- fantastik romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G'avsul A’zam, hazrat Shay- xontohur, Iblis obrazlari — kishilaming tasawurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir.
5. Afsonaviy obrazlar — butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas- tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo‘jizaga ega bo‘ladilar. Alpomish («Alpomish»), Go‘ro‘g‘li («Chambil qamali»), Avazxon («Malikai ayyor»), Ram («Ramayana»), Yudhishthir, Bhimsen, Aijun («Mahabharat») — ana shunday qahramonlardir.
6. Mifologik obrazlar — afsona asosidagi yaratilgan asotiriy qahramon- lar (Antey, Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir. Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan (Kayumars) yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashad- diy dushmani bo‘lgan Axriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o'simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boMadi, odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi (Natan Mallayev. 0 ‘zbek adabiyoti tarixi, Т.: «O'qiluvchi», 1976, 45-bet).
7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar — predmetlar, o‘simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalami umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz
8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar — hayvonlar, hashoratlar — turli jonivor- lar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. 0 ‘git va nasihatlar beriladi. «Zarbulmasal» (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo'taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo‘la oladi.
9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko‘zg< ko'rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg‘igan, yaramas, arzimas odatlai fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochilad — qusur va yaramasliklar o‘limga mahkum etiladi
10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. MulIado‘st («Maysara- ningishi», H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa («Shohiso'zana», A.Qahhor), Toshbolta («Toshbolta oshiq», H.G'ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtoming «Afsona» she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o'qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |