SHe’rda ohang muhim o`rin egallaydi. SHe’riy nutq siqiq, ixcham, g`oyaviy-
hissiy, ifodali bo`ladi. SHe’riy nutqda g`oyaviy mazmun faqat yorqin manzara va
obrazlar vositasidagina ochilmasdan, so`zning tovush jihatdan tashkil etilishi
(evfoniya), so`z va obrazlarni o`ziga xos ravishda joylashtirish (poetik sintaksis),
hissiy ifodalilik va mukammallik yordamida ham ochiladi.
BO`G`IN - har qanday she’rning asosini tashkil etadi. Bo`g`in she’riy nutqdagi
dastlabki bo`lak bo`lib, bir nafas bilan aytiladigan tuvushlar guruhidir. Bir so`z bir
necha bo`g`ingacha bo`lishi mumkin. Oz bo`g`inli so`zlar she’riyatda ayniqsa faol
bo`ladi. CHunki ular yordami bilan rang-barang turoq tovlanishlari yaratish
imkoniyati tug`iladi.
Bo`g`in nasrda ham bor, biroq nasrda bo`g`inning aytarli darajada ahamiyati
yo`q. SHe’riy nutqda esa bo`g`in ritm yaratuvchi asosiy unsur sanaladi. Ritm yaratish
uchun bo`g`inlar ma’lum tartibda guruhlanishi kerak.
Bo`g`inlar guruhlanishi jihatidan yopiq, ochiq, qisqartirilgan va belgisiz
bo`ladi. Masalan, va-tan, va-zn, GES (va - ochiq bo`g`in, tan-yopiq bo`g`in; GES -
qisqartirilagn bo`g`in; zn- belgisiz bo`g`in).
Sifat jihatidan bo`g`inlar uzun, qisqa, urg`uli, urg`usiz bo`ladi. Bo`g`inlarning
ana shu xususiyatlaridan qaysinisiga asoslanishiga qarab bir nechta she’riy sistemalar
mavjud. Masalan, barmoq tizimi bo`g`inlarining soni, miqdoriga asoslanadi, aruz
sistemasida bo`g`inlarning uzun-qisqaligi, tonik sistemada urg`uli yoki urg`usizligi
asosiy o`rin egallaydi va she’rni yaratuvchi asos bo`lib qoladi. Hijolarning tartibi va
miqdori barmoq sistemasida turoqni, aruzda ruknni keltirib chiqaradi.
SHe’riyatdagi bo`g`in har doim ham grammatikadagi bo`g`inga teng
kelavermaydi.
RITM - she’rni tashkil qiluvchi muhim komponetlardan biridir. Mehnatda,
harakatda ritm bo`ladi. Biroq har qanday harakat ritm yaratavermaydi. Ritm yaratish
uchun harakatda muayan qism yoki o`lchov izchil takrorlanishi kerak. Ritm mehnatni
engillashtiradi, insonga ruhiy ozuqa beradi. Ritmli nutq ta’sirli bo`ladi. SHuning
uchun Aristotelp ritmli nutqni «zinnatli nutq» deb aytdi. Poeziyaning ilk
bosqichlarida mehnat qo`shiqlari bevosita ana shu ritmik undovlarni o`zida aks
ettirgan. Keyinchalik bunday ritmik sadolar mehnat va san’atning boshqa turlaridan
airalib chiqib she’riy nutqqa asos bo`ladi.
Ritm she’riy nutqning muhim xususiyatlaridir. Ritmsiz she’r bo`lmaydi.
Ritm bu muayyan bo`laklarning monand ravishda takrorlanishidan hosil
bo`ladigan zarb, ohang, musiqadir. SHe’rda turoq, misra va bandlarning bir xil
o`lchov va miqdorda takrorlanishi ritmni hosil qiladi.
Ritm jumlaga teng emas. SHe’riy qatorda bir emas bir nechta jumla bo`lishi
mumkin. Bir jumlaning bir qismi bo`lishi ham mumkin.
Ritm nutqqa ko`tarinkilik bag`ishlaydi, uni oddiy so`zlashuv nutqidan
farqlaydi. Ritmning o`zi ma’no anglatmaydi. SHe’rda boshqa vositalar bilan
birgalikda, ritm poetik fikrni ochish vositasi bo`ladi. SHe’rda ritm vositasi bilan ham
obraz yaratiladi. Ritm mazmunni ochish vositasi bo`ladi. Lekin ritmning o`zi bilan
mazmunni berishga urinish to`g`ri emas. SHe’rda narsalarning ritmini berishga
urinish Shaklbozlik (formalizm)ga olib keladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: