Adabiyotlar sharxi


III.1 Benzol va uning gomologlarining fizikaviy хossalari



Download 260,39 Kb.
bet9/10
Sana02.07.2022
Hajmi260,39 Kb.
#730791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
neftigaz kurs ishi

III.1 Benzol va uning gomologlarining fizikaviy хossalari.
Benzol va uning gomologlari o’ziga хos hidli suyuqlik yoki qattiq moddalardir. Ular suvda erimaydi, qutbli organik erituvchilarda yaхshi eriydi. Solishtirma massalari birdan kichik. yondirilganda tutun hosil qiladi.
To’rtta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan benzol quying. Birinchi probirkaga shuncha suv, ikkinchisiga etil spirt, uchinchisiga хloroform va to’rtinchisiga dietil efir qo’shing. Probirkalarni yaхshilab chayqating. Suvli probirkadagi aralashma ikki qatlamga ajraladi. Benzol organik erituvchilarda yaхshi eriganligi sababli, qolgan uchta probirkada bir jinsli eritma hosil bo’ladi.
Benzol va uning gomologlarining bug’lanish tezligini taqqoslash uchun filtr qog’oz olib, unga shisha tayoqcha yordamida benzol, to­luol, etilbenzol hamda ksilollardan tomizing va bu dog’larning qurishi uchun ketgan vaqtni hisoblang.
Bu tajriba mo’rili shkafda o’tkaziladi! Chinni kosachaga bir tomchi benzol tomizing va uni yondiring. Benzol dudli alanga hosil qilib yonadi.
Benzolga bromli suvning ta’siri. Probirkaga 3 tomchi benzol quyib, unga 2 tomchi bromli suv qo’shing va chayqating. Bir oz tinch qoldirgandan so’ng probirkadagi pastki qavat (bromli suv) rangsizlanadi, yuqorigi qavat (benzol) esa sarg’ish jigar rangga bo’yaladi. Brom suvga nisbatan benzolda yaхshi eriydi va shuning uchun ham u chayqatilganda suvli qavatdan benzol qavatiga o’tadi. Odatdagi sharoitda brom benzolga birikmaydi.

II.2 Propanni aromatlashning fizik-kimyoviy asoslari.
Bentonitni kislotali, ishqoriy va termik faollashtirish organik va noorganik moddalar sintezi uchun g'ovakli sorbentlar olishda keng tarqalgan usul hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlardan ma'lumki, modifikatsiyalangan katalizatorlarning katalitik xossalari ularning kislotalik xossalariga bevosita bog'liq. Seolitli katalizatorlar kislotalik markazlari ularning katalitik faolligini aniqlashda muhim omil bo'lib, bunday markazlar 2 xil bo'ladi. Kuchsiz kislotali va kuchli kislotali markazlar. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, katalizator tarkibida sirkoniyning miqdori ortishi bilan katalizatorning kislotalik markazlari kamayadi, bu esa u katalitik faolligini kamayishiga olib keladi.
Shunday qilib, propan-butan fraksiyasini katalitik aromatlash reaksiyasini (MoO3)-(ZnO)y-(ZrO2)z tarkibli mezog'ovakli katalizatorda o'tkazish natijasida jarayonning quyidagi maqbul sharoitda tanlandi: oqimli differensial reaktor, Vkat = 1,0 sm3, katalizator granulalarining o'lchami 0,5-1,0 mm, harorat 450-650 °C, P = 0,1 MPa, propanning hajmiy tezligi 600 soat-1. (MoO3)-(ZnO)y-(ZrO2)z tarkibli mezog'ovakli katalizatorga 1,0 massa % Zr nanokukunlari qo'shilganda har ikkala turdagi kislotalik markazlarining konsentratsiyalari va kuchi ortishi isbotlandi. H-bentonit va YKSning tekstur xarakteristikalari mos ravishda quyidagiga tengligi aniqlandi: Ssol=72,0 va 170,0 m2/g; V IoeaK = 0,107 va 0,178 sm3/g (suv adsorbsiyasi bo'yicha V = 0,26); dg'ovak=50 va 80A; tekisliklararo masofa d001-9,8 va 17,6A.
XULOSA
Ushbu kurs ishini yozish davomida quyidagi xulosalarga kelindi:
Aromatik uglevodorodlarning kimyoviy va fizik xossalari o’rganildi
Parafinlarni aromatlash reaksiyalari ko’rib chiqildi
Zelenskiy Kazaniskiy reaksiyalari mohiyati o’rganildi
Neft — to'q qo'ng'ir yoki deyarli qora rangli, o'ziga xos hidli, moysimon suyuqlik. U suvdan yengil (zichligi 0,73 — 0,97 g/sm3), suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatdan neft — molekular massasi turlicha bo'lgan, asosan, suyuq uglevodorodlarning murakkab aralashmasi (ularda qattiq va gazsimon uglevodorodlar erigan) bo'ladi. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlari, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan iborat, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo'ladi. Boku va Emba neftlarida sikloalkanlar (besh va olti a'zoli halqali) ko'p, Grozniy va G'arbiy Ukraina neftlarida parafinlar, Ural neftida — aromatik uglevodorodlar ko'p bo'ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar bo'ladi.
Neftning o'zi shunday holicha odatda ishlatilmaydi. Neftdan texnikada qimmatli bo'lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi.
Neftni birlamchi qayta ishlash uni haydashdan iborat. Neft neftni qayta islilash zavodlarida yo'ldosh gazlardan ajratilgandan keyin haydaladi. Neft haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (qayn. t. 40 dan 150 — 200 °C gacha), ligroin (qayn. t. 120 —240 °C), kerosin (qayn. t. 150 — 300 °C), gazoyl — solyar moyi (qayn. t. 300 °C dan yuqori), qoldiqda esa — qovushoq qora suyuqlik — mazut olinadi. Mazut yana qayta ishlanadi. U pasay-tirilgan bosimda (parchalanib ketmasligi uchun) haydaladi va surkov moylari: orchuq moyi, mashina moyi, silindr moyi va b. ajratib olinadi. Ba'zi navli neftlar mazutidan vazelin va parafin ajratib olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig'i neft qoramoyi yoki gudron deb ataladi.
Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan turli maqsadlarda foydalaniladi. Вenzin ko'p miqdorlarda aviatsiya va avtomobil yoqilg'isi sifatida ishlatiladi. U odatda molekulalarida o'rtacha 5 dan 9 tagacha uglerod atomi bor uglevodorodlardan tarkib topgan bo'ladi.
Alkanlar tabiatda keng tarqalgan moddalar bo`lib, ularning quyi vakillari yer qobig`idan chiqadigan tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Neft ham to`yingan uglevodorodlar aralashmasining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Tog` mumi, ya`ni ozokerit qattiq parafirinlar aralashmasidir. Bundan tashqari, to`yingan uglevodorodlarning ba`zi vakillari o`simliklardan ham ajratib olingan. Lekin individual ugledorodlarni tabiiy manbalardan, jumladan, neft va uning kreking mahsulotlaridan sof holda ajratib olish ko`p mehnat talab qiladigan qiyin ishdir. Shuning uchun ularni olishning ko`pgina sintetik usullari ham ishlab chiqilgan. Qulaylik uchun alkanlarning sintetik olinish usullarini 3 gruppaga bo`lib o`rganamiz.To’yingan uglevodorodlarni olish usullarini uchga bo’lish mumkin:
a) Tabiiy birikmalardan ajratib olish.
b) Sanoat usuli. Sanoatda to’yinga n uglevodorodlarni СO va vodoroddan, neftni krekinlab, to’yinmagan uglevodorodlarga vodorod biriktirib olish mumkin. Katalizator sifatida СuO, Cr2O3 va boshqalar ishlatilganda vodorodni birikish jarayoni bosim ostida olib boriladi.
v) To’yingan uglevodorodlarni laboratoriya sharoitida olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Ularni to’yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalarini vodorod bilan katalizator ishtirokida qaytarib olish mumkin.
To’yingan uglevodorodlar neftni qayta ishlash vaqtida ko’p miqdorda hosil bo’lganligi va tabiatda tayyor holda mavjud bo’lganligi sababli yuqoridagi usullar bilan deyyarli olinmaydi.
...O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega... ...Mutaxassislar baholashicha, O‘zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 % ida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Хiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda.
Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha-30 yilgacha qoplaydi. Neftning 90 % dan ortiqrog‘i eng arzon favvora usulida olinmoqda.
1992 yil Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash imkonini beradi....
...Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog‘lanmoqda.
Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Hisor va Buxoro-Хiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar-polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari, sho‘rtan gazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin...


Download 260,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish