Mundarija
|
KIRISH
|
3
|
I-BOB.
|
ADABIYOTLAR SHARXI
|
6
|
I.1.
|
Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni olish usullari
|
6
|
I.2.
|
Aromatik uglevodorodlarning kimyoviy va fizik xossalari
|
10
|
I.3.
|
Parafinlarni aromatlash reaksiyalari
|
17
|
I.4.
| Zelenskiy-Kazaniskiy reaksiyalari mohiyati |
26
|
II-BOB.
|
TAJRIBA NATIJALARI TAXLILI
|
30
|
II.1.
|
Benzol va uning gomologlarining fizik-kimyoviy xossalari
|
30
|
II.3.
|
Propanni aromatlashning fizik-kimyoviy asoslari
|
31
|
III-BOB.
|
TALABA QISIM
|
32
|
III.1.
|
Benzoy kislotadan benzol olish
|
32
|
III.2.
|
Natriy benzoatdan benzol olish
|
33
|
III.3.
|
Propanni katalitik aromatlash
|
34
|
|
XULOSALAR
|
36
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
39
|
KIRISH
Ishning dolzarbligi. Arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va ishlab chiqarish. Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
O'zbekiston neft gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi. Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
O’zbekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim yo’nalshlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |