Umumlashtirish – voqelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik – guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Ustanovka – yo‘nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va obektlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan harakatining tayyorlik xolati.
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltirlgan faolligi.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo‘lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emosional xolatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‘ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo‘lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo‘lib, bir qancha xukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo‘lib, xissiyot jo‘shqinligi, kayfiyatning tezda o‘zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
SHaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.
SHaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
SHaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o‘zaro ta’sir etish natijasida ro‘y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar.
SHakllar – bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‘zda tutiladi.
SHakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon.
SHartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Emosiya – odam va hayvonlarning subektiv ifodalangan ichki va tashqi qo‘zg‘oluvchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Egosentrizm – men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati.
O‘qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O‘yin – faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish harakatlarini aks ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |