Umumiy xulosa
O‘tkir Hoshimov ijodi juda rang-barang. Uning ijodini daf‘atan qamrab olish mumkin emas.Uning faoliyatidagi har bir soha bir kitobga arzigulik ijoddir. O‘tkir Hoshimov singari mumtoz yozuvchilar ijodiy faoliyati haqida jildlab kitoblar kerak.
Agar O‘tkir Hoshimovning obrazlar va g‘oyalar olami ilmiy jihatdan tadqiq qilinsa, adabiyotshunoslik fani yana bir mukammal tadqiqot bilan boyigan bo‘lardi. Uning boy ijodiy merosi allaqachon xalq mulkiga aylangan. O‘tkir Hoshimovning qalamidan chiqqan va o‘ziga ma‘qul bo‘lgan har bir asar istisnosiz kitobxon qo‘liga yetib bordi va eng sara asarlar sifatida sevib o‘qildi. Nazarimda, uning kitoblari javonga terib qo‘yilmaydi, aksincha qo‘lma-qo‘l o‘qiladi.
Ushbu ijodkor adabiyot zarvaraqlarida abadiy yashaydi, u o‘z asarlari bilan barhayot. O‘tkir Hoshimov mohir ocherknavis edi. Dastlabki ocherklari ham o‘zining badiiy jilosi va mavzuning dolzarbligi bilan dastlab temiryo‘lchilar e‘tiborini qozondi, so‘ng xalqimizning sevimli asarlari bo‘lib qolgan edi.Va bu ocherklarning ba‘zilari hikoya darajasiga ko‘tarilgan edi.
O‘tkir Hoshimov hikoyanavis edi.Uning xoh lirik hikoyalari bo‘lsin, xoh hajviy hikoyalari bo‘lsin, xoh yumoristik hikoyalari va hangomalari bo‘lsin – hammasi kitobxonlarning zavq-shavq bilan o‘qiydigan asarlariga aylandi. Ko‘ogina hikoyalari telepostanovka qilingan.
O‘tkir Hoshimov qissanavis adib edi. Uning dastlabki – “Cho‘l havosi” qissasidan tortib, so‘nggi “Ikki karra ikki besh” qissasigacha o‘zbek adabiyotiga bebaho xazina bo‘lib qo‘shildi. “Bahor qaytmaydi”, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” singari qissalari teleseriallarga aylangan edi.
O‘tkir Hoshimov dramaturg edi. Uning ijtimoiy turmushning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan dramatik asarlari, quvnoq komediyalari O‘rta Osiyo respublikalari teatrlarining ko‘plarida namoyish etilgan.
O‘tkir Hoshimov maqolanavis adib edi. Ijtimoiy turmusimizning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan maqolalari shunday kuchli ta‘sirga ega ediki, ba‘zi jitimoiy qatlamlarni titratib yuborardi.
O‘tkir Hoshimov faol journalist edi. U qaysi tahririyatda ishlamasin, albatta, o‘sha tahririyat nashr etayotgan gazetami, jurnalmi, ularni o‘qishli jurnalga aylantirar edi. “Toshkent oqshomi” gazetasi, u bosh muharrir bo‘lgan “Sharq yulduzi” , “Teatr” jurnallari misol bo‘la oladi.
O‘tkir Hoshimov davlat va jamoat arbobi edi. Davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘zining donoligi bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga, xalq manfaatlariga kata foyda keltirardi. Matbuot va noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishida uning ulkan hissasi bor.
O‘tkir Hoshimov romannavis adib edi. “Uning uchta romani – “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” Abdulla Qodiriy tamal toshini qo‘ygan o‘zbek romanchiligini rivojlantirishda ulkan hissa bo‘ldi. Bu romanlar jahon adabiyotining qarichi bilan o‘lchanganda ham kata nufuz kasb etdi.
“Ikki eshik orasi” romanida o’z davrining muhim muammolari qalamga olindi, o’sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirdi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og’irliklarini yelkasida ko’targan, unda mardona g’olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi o’zining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan bir Muzaffar – urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechigan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan.Xususan, u “Ikki eshik orasida” deganda inson umrini, ya’ni tug’ilgandan o’lgunicha bosib yo’lni ko’zda tutadi. Muallifning g’oyaviy falsafasiga ko’ra bu yo’l juda murakkab va ziddiyatli bo’lib, uni muvofaqqiyat bilan bosib o’tishi uchun insondan katta matonat, iroda bilim va jasorat talab qilinadi. Asardagi ko’pchili qahramonlar, xususan, Oqsoqol, Qora amma, Robiya, Shomurod, Kimsan xuddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar bo’lib, ko’p jihatdan yozuvchining g’oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Muallif falsafasiga ko’ra o’z umrini sharaf bilan bosib o’tmog’i uchun insondan katta matonat va jasorat talab qilinishining sababi shundaki, u o’z hayoti davomida og’ir kurashlar girdobidan, yengib bo’lmas to’siqlardan o’tishga majbur bo’ladi. Asarda xuddi shunday inson hayotining to’siqlari, illatlari sifatida Umar zakonchi, Ra’no, Zuhra kabi shaxslar timsoli yaratilgan bo’lib, ular romandagi kurashlar, to’qnashuvlar va ma’naviy ixtiloflar kesginligi, tarangligini oshirishga imkon tug’dirgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti III kurs 305-guruh talabasi
yozilgan kurs ishiga “Ikki eshik orasi” romanida zamon va qahramon munosabatlarining badiiy talqini mavzuidagi kurs ishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |