Tadqiqot ob’ekti. BMI uchun akademik G’afur G’ulomning “Tirilgan
murda”, “Netay”, “Shum bola”, “Yodgor” qissalari va ayrim hikoyalari ob’ekt
sifatida tanlandi. Shuningdek A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan
chayon» romanlari, Mark Tvenning “Tom Soyer va Geklberri Finning
sarguzashtlari” asari qiyosiy tahlilga tortildi.
Tadqiqot maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi G’afur
G’ulom qissalarida davr va shaxs talqini muammosini yozuvchi estetik ideali va
yaratilgan davridan ajratmagan holda, milliy istiqlol g’oyasi hamda umuminsjniy
tuyg’ular ifodasi nuqtai nazaridan o‘rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |