BMIning ilmiy yangiligi. G’afur G’ulomning “Tirilgan murda”, “Netay”,
“Shum bola”, “Yodgor” qissalari XX asr voqeligining badiiy talqinlari nuqtai
nazaridan yangicha qarashlar asosida o‘rganilgani, yozuvchining ijtimoiy davr va
shaxsni badiiy ifoda etishdagi poetic mahorati kashf etilganida namoyon bo‘ladi.
Zotan, ushbu tadqiqot xulosalari yoshlar tarbiyasi, ularning madaniy merosga
munosabatini shakllantirish, estetik didini kamol toptirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bizning nazariy xulosa va amaliy kuzatishlarimiz ana shu muammoni
konkret ijodkor bilan bog’lab o‘rganish va o‘rgatishga muayyan hissa bo‘lib
qo‘shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |