Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ushbu BMI G’afur
G’ulom qissalarini davr va shaxs talqini muammosini milliy istiqlol mafkurasi
talablari asosida o‘rganishga bag’ishlangani bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Uning natijalari kelgusida amalga oshiriladigan izlanishlar uchun muayyan
ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. BMIning nazariy xulosalaridan oliy o‘quv
yurtlari va akademik litsey hamda kollejlar, o‘rta umumta’lim maktablari uchun
G’afur G’ulom qissalari bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratishda, uslubiy
tavsiyanomalar tuzishda, talabalarga maxsus kurslar o‘qitishda foydalanish mumkin.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |