Achinmay qo'ydim (Zulfiya she'ri)
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!.
|
Muxlislar uchun doimo mashhur shaxslarning oilaviy hayoti, xotini, bolalari haqidagi maʼlumotlarni eshitish, oʻqish maroqli, nazarimizda. Afsuski, Abdulla Qahhorning oilaviy hayoti boshqa koʻpgina ijodkorlarniki singari toʻla-toʻkis emas. Sababi Abdulla Qahhor birinchi oilasi bilan tinib-tinchib ketmagach, ikkinchi qayta turmush qurishga majbur boʻladi. 1945 yil tarjimon, harbiy jurnalist Kibriyo Qahhorovaga uylanadi. Abdulla Qahhor Kibriyo opa bilan tanishgan 12 aprel sanasi qonuniy nikohdan oʻtish chogʻida nikoh guvohnomasiga qayd etiladi. Ular “chorak asr”, yaʼni yigirma besh yil yonma-yon, yelkama-yelka yashashdi. Afsuski, ularning farzandi boʻlmaydi. Keyinchalik Kibriyo Qahhorova adib vafotidan soʻng “Chorak asr hamnafas” xotira kitobini yozdi.
Adibning birininchi xotinida ikkita farzandi bo‘ladi, ular ham o‘zining onasi bilan ketadi. Bolalar optasizlikda judayam qiynalishadi, otasi bilan xat orqali gaplashib turishida. Adibning ikkinchi xotini Kibriyo ham adibning bolalariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishganini biz adibga bolalardan kelgan xatlarninh hammasida “Kibriyo xolam ham yaxshimi?, salom ayting” jumlasi bilan izohlashimiz mumkin. Ammo adibning ikkala farzandi ham baxtsiz hodisalar tufayli hayotdan erta ko‘z yumishgan.
Adib vafotidan soʻng ikki kundosh Zaynab va Kibriyo Qahhorova yozuvchidan qolgan mol-mulk ustida sudlashadi. Kibriyo Qahhorova mol-mulkka daʼvogarlik qilayotgan dushman tomonga adib tiriklik paytida, bemor yotgan paytida birortasi kelib, xabar olmagani haqida aytgan. Shuningdek, yozuvchining sogʻ paytida ham, kasal paytida ham Kibriyo opa ham rafiqa, ham oshpaz, ham kotiba, ham hamshira boʻlib xizmat etganini sud majlislarida aytgan. Bilishimizcha, sud hukmi ham Kibriyo Qahhorova istaganidek, hal boʻlgan.
Adabiyotshunoslarimiz Abdulla Qahhorni “murakkab shaxs” deyishadi. Uning “murakkabligi” ehtimol, oilaviy hayotda toʻkis boʻlib baxtiyor yashay olmaganligidadir. Afsuski, XX asr oʻzbek adabiyotini roman, qissa, hikoya, komediya, felyeton, publitsistik maqolalar va suhbatlari va nutqlari, maktublari bilan mazmunan boyitgan Katta yozuvchidan farzand qolmadi. Bori ham erta xazon boʻldi. Ulardan tugʻilgan nevaralar esa ruslashib, oʻz avlodidan uzoqlashib, yoʻq boʻlib ketdi. Ehtimol, Abdulla Qahhorning eng katta fojeasi ham shundadir…
Do'stlaringiz bilan baham: |