Серқирра адабиётшунос // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. - №5. - Б. 3.
natijasi bo’lib, ular asosida tahlil yo’nalishlari, usullari xususida kuzatishlar olib
borish, muayyan xulosalar chiqarish mumkin.
12-mavzu:
Yangichа uslubiy yo‘nаlishlаr vа qаrаshlаr. Strukturalizm, Semiotika
Reja:
1.
Adabiy tanqidning muttasil rivojlanib borishi.
2. Yangicha uslubiy yo’nalishlar haqida.
3. Muammoli maqola.
4. Metodlar. Strukturalizm va uning o’ziga xos jihatlari haqida.
5 Semiotika haqida qarashlar.
Tayanch so‘z va iboralar.
Tanqid, janrlar taraqqiyoti,
Sharh va uning
shakllari, ocherk, adabiy portret, muammoli maqola, esse, taqriz, feleton,
germenevtika, strukturalizm, semiotika va boshqalar taraqqiqoti haqida.
Adabiy tanqidning so’nggi davr faoliyati shundan dalolat bermoqdaki,
bugungi kunda badiiy asarga dialektik yondashishdan tashqari, germenevtik
yondashuv ham kuchayib bormoqda.
“Germenevtika — interpretatsiya nazariyasi, mohiyatni tushunish haqidagi
ta’limot, - deb yozadi Yu. Borev. - Gnoseologiya (bilish nazariyasi) va aksiologiya
(qadriyatlar nazariyasi) singari, germenevtika ko’lamli falsafiy sistemaning ajralmas
qismini tashkil etadi. Germenevtika - bu ma’naviy-ruhiy faoliyatning shunday
sohasiki, tanqid faqat u orqali o’tib o’zining vazifalarini anglas
germenevtik metod orqali badiiy asar matnini interpretatsiya qilishning muhim
usullarini quyidagicha sharhlaydi: «1) Tanqidchining («men») matnni («boshqa»)
«uchinchi» taraf orqali (masalan, madaniy an’analar, voqelik bilan qiyoslash orqali)
tushunishi. 2) «Ko’nikish»-matnning badiiy mantiqiga uni teran his etish, o’zidan
o’tkazish orqali yetib borish. 3) Badiiy matnni identifikatsiya shaklida (kitobxon
badiiy obraz- larni o’zining shaxsi va o’zining estetik tajribalari bilan qiyoslaydi)
anglab yetis
Ta’kidlash joizki, hozirgi davr tanqidchiligida germenevtikaning muhimligi
bilish nazariyasi uning uchun metodologik ahamiyatga egaligi bilan izohlanadi.
Biroq bundan kelib chiqib, germenevtikani adabiy tanqidning o’zi bilan bir narsa
deb qarash yoki ularni qorishtirib yuborish mumkin emas. Chunki tanqidning
vazifasi faqat badiiy matnni interpretatsiya qilishdan iborat emas. Ayni paytda,
badiiy asarni baholash ham tanqidning vazifasiga kiradi.
Bugungi adabiy-tanqidiy maqolalarda, tadqiqotlarda matn bilan ishlashda
ko’proq so’zga e’tibor berish, talqin qilish, sharhlash yetakchilik qila boshladiki, bu
hol germenevtika o’zbek tanqidchiligi metodologiyasining asosiy yo’nalishlaridan
biriga aylanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Bundan tashqari, adabiy tanqidda badiiy asarga ko’plab falsafiy, badiiy-estetik
31
Борев Ю. Эстетика, Изд. 3. — М., 1981.— С. 349.
32
Борев Ю. Ўша манба. С. 349.
mezonlar asosida yondashishning kuchayishi, tahlilning turli-tuman usullaridan
unumli foydalanishga intilish ilmiy bilishda metodologik plyuralizmga
o’tilayotganligidan nishonadir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuqorida tilga olingan yondashuv va
metodlarning barchasi falsafiy mazmunga egadir. Binobarin, adabiy tanqid
matodologiyasining muhim jihatlaridan biri uning amaliyotda falsafaning umumiy
qonun va kategoriyalarga, ilmiy bilish usullariga asoslanishida namoyon bo’ladi.
Biroq shuni unutmaslik zarurki, falsafa garchi ko’plab fanlar uchun umumiy
metodologik asos hisoblansa-da, ularning har birida, jumladan, adabiy tanqidda ham
falsafa xususiylashgan, tanqid spetsifikasiga moslashgan holda zuhur bo’ladi.
Aytaylik, tarixga oid matn bilan badiiy matn orasida juda katta farq bor va ularning
talqini ham o’zgachadir. Germenevtik yo’nalish adabiy tanqidda faqat o’ziga xos
tarzda, ya’ni badiiy ijod qonuniyatlariga moslashgan va bo’ysungan holda namoyon
bo’ladi. Boshqa falsafiy qonun va kategoriyalar haqida ham shunday fikrni aytish
mumkin.
Mustaqillikning dastlabki paytlaridayoq adabiyot avval qanday edi-yu, endi
yangi tipdagi adabiyot qanday bo’lishi lozim, degan masala kun tartibining asosiy
muammosiga aylandi. Bunda asosiy e’tibor adabiyotning ijtimoiyligi, mafkura bilan
munosabati, ommaviyligi va tarbiyaviyligi, badiiy-estetik tamoyillari masalasiga
qaratildi. Jumladan, Q.Yo’ldoshevning “Yoniq so’z”
33
kitobida jamlangan ko’pgina
maqolalarning asosiy mavzusini yuqorida qayd etilgan masalalar tashkil
etadi.Xullas, yuqoridagi kuzatishlardan shunday to’xtamga kelish mumkin: istiqlol
davri tanqidchiligi o’zining metodologik asoslarini sinfiylik va partiyaviylikka
asoslangan sho’ro davri tanqidchiligidan tubdan farqlovchi prinsiplar asosida
yangilana bordi. Bu yangilanish, tanqidchi dunyoqarashi va ilmiy qarashlaridagi
o’zgarishlar bilan bog’liq holda namoyon bo’ldi. Bu davr tanqidchiligida usulga
faqat ilmiy bilish metodlari yoki metodlar nazariyasi haqidagi ta’limot deb emas,
balki, eng avvalo, adabiy jarayonda kechayotgan yetakchi tendentsiyalarni tezkorlik
bilan talqin etib, ilmiy muammo sifatida adabiyot ilmi oldiga qo’yadigan va shu
tariqa ilmiy yo’nalishlarni to’g’ri yechim sari yo’naltiradigan yaxlit tizim, deb bilish
yetakchilik qilmoqda. Bu jarayonda dialektik yondashuvdan tashqari gnoseologik,
ontologik, sinergetik yondashuvlar ham amal qila boshlaganligini kuzatish mumkin.
Badiiy asarni tayyor nazariy qoliplar vositada emas, balki matnning mohiyatidan
kelib chiqib talqin etish ustivor yo’nalishga aylanib bormoqda. Bu xil yangilanish
jarayonida nafaqat tashqi omillar, balki, eng avvalo, ichki omil-munaqqid “men”i
hal qiluvchi ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratilayotir.
13
Do'stlaringiz bilan baham: