Академик Бахтиёр Назаров фикрлари. Бу ҳақда қаранг: Б.Назаров ва бошқалар. Адабий танқид тарихи. Т.,
vazifalari nuqtai nazaridan yondashilsa yanada to’g’riroq bo’ladi. Shu jihatdan ularni
ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1. Taqriz, obzor va muammoli maqola, adabiy-tanqidiy maktub, adabiy-
tanqidiy suhbat janrlari asar qachon, qanday yaratilgan degan savollarga javob berib,
hajmi, badiiy asarning yaratilishi va unga baho berish nuqtai nazaridan bir
maydonda birlashadi.
2. Adabiy portret, esse (badia), tanqidiy-biografik ocherk singari janrlar
yozuvchi ijodini umumlashtirib o’rganish, baholash, talqin etish, targ’ib qilish
jihatidan bir maydonda birlashadi. Ular ijodkor shaxsi, muhiti, iste’dodining
shakllanishi, adabiyotda tutgan o’rni singari muammolarga aniqlik kiritadi.
O’zbek tanqidi janrlari yuzaga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotidagi muhim
omillardan biri vaqtli matbuotning paydo bo’lishidir. XX asrning boshlarida yangi
adabiyotning tug’ilishiga aloqador holda uni teran idrok etish mohiyatini kitobxonga
tezroq yetkazish zarurati turli shakllarda ifodalash ehtiyojini keltirib chiqaradi.
Masalan, taqriz va maqolalar vaqtli matbuotda e’lon qilinib, yaratilgan badiiy asarlar
haqida ma’lumot bera boshlagan. Demak, vaqtli matbuot va milliy uyg’onish davri
o’zbek adabiyotining rang-barangligi xilma-xil ifoda shakllarining yuzaga kelishiga
ta’sir ko’rsatgan.
Tanqidchilikdagi adabiy portret istilohi, uning asosi tasviriy san’atdan o’zlashgani
barchamizga yaxshi ma’lum. Tasviriy san’atdagi portret kishining musavvir
tasavvuridagi aksi – unda prototipning musavvirga ayon bo’lgan mohiyati oniy
lahzadagi qiyofasida qotirib qo’yilgan. Adabiy portret ham shunday, uni o’qigan
o’quvchi yozuvchini shaxs, ijodkor sifatidagi asosiy chizgilari bilan yaxlit holda
tasavvur qiladi.Portretni tomosha qilish asnosi tanish qiyofada notani chizgilarni
ko’rgan kishida prototipga qiziqish ortadi. SHunday ekan, adabiyotni targ’ib etishga
safarbar tanqidchilik uchun adabiy portret janrining ahamiyati nechog’li kattaligini
aytish shart emas.Adabiyotni targ’ib etish,uning rivojiga xizmat qilishni hayotining
bosh maqsadi bilgan ustoz tanqidchi olim Ozod Sharafiddinovning adabiy portret
janriga ayricha e’tibor bilan qarashi shundan. Ustoz ijodiy faoliyati davomida o’nlab
adabiy portretlar yaratdi. “Xalq baxtining otashin kuychisi” nomli adabiy portret
G’afur G’ulom haqida. Tanqidchi shoirni rassom chizgani kabi barcha uning nozik
jihatlarini ma’lum reja asosida tasvirlaydi. G’afur G’ulom ijodini chuqur bilgan
Ozod Sharafiddinov uning uch azim daryodan - Sharq poeziyasi, xalq ijodi va rus
she’riyatidan suv ichishini ta’kidlaydi, har biriga bittadan abzatsda muxtasar
to’xtaladi. Birinchi o’ringa qo’yilgan Sharq she’riyatining ta’sirini asoslash uchun
bir necha muhim dalil keltirish bilan kifoyalanadi: 1) “arab va fors tillarini,
shuningdek, turkiy tillardan ko’pchiligini yaxshi bilgan G’afur G’ulom SHarq
klassiklarining asarlarini originalda, aslida o’qigan; 2) butun hayoti davomida SHarq
adabiyotining atoqli namoyandalari ijodini targ’ib qilgan; 3) maqolalaridagi tahlil va
sharhlar bilimning keng ekani bilan birga uning nozik did egasi, Sharq she’riyatining
go’zalligini g’oyat teran his qilishini ham ko’rsatadi”.
Biz yaxshi bilamizki, barcha san’at turlarida bo’lgani kabi adabiy tanqid
asarlarining ham o’z tuzilishi, ilmiy-ma’rifiy xususiyatlari, qo’llanish o’rni va
bajaradigan vazifalariga ko’ra muayyan guruhlar va yo’nalishlarni tashkil etadi.
Tanqidchilik janrlarini shartli ravishda ikki yo’nalishga – adabiy jarayonni hamda
yozuvchi hayoti, ijodi masalalarini yorituvchi yo’nalishlarga ajratish mumkin.
1. Taqriz, obzor va muammoli maqola, adabiy-tanqidiy maktub, adabiy-
tanqidiy suhbat janrlari asar qachon,qanday yaratilgan degan savollarga javob berib,
hajmi, badiiy asarning yaratilishi va unga baho berish nuqtai nazardan bir maydonga
birlashadi.
2. Adabiy portret, esse (badia), tanqidiy-biografik ocherk singari janr turlari
yozuvchi ijodini umumlashtirib o’rganish, baholash,talqin etish,targ’ib qilish
jihatidan bir maydonda birlashadi. Ular ijodkor shaxsi, muhiti, iste’dodining
shakllanishi, adabiyotda tutgan o’rni singari muammolarga oydinlik kiritadi.
O’zbek tanqidi janrlari yuzaga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotidagi muhim
omillardan biri vaqtli matbuotning paydo bo’lishidir. XX asr boshla rida yangi
adabiyotning tug’ilishiga aloqador holda uni idrok etish, anglash, mohiyatini
kitobxonga tezroq yetkazish zaruriyati turli shakllarda ifodalash ehtiyojini keltirib
chiqardi. Masalan, taqriz va maqolalar vaqtli matbuotda e’lon qilinib, yaratilgan
badiiy asarlar haqida ma’lumot bera boshlagan. Demak, vaqtli matbuot va milliy
uyg’onish davri adabiyotini rang-barangligi xilma-xil ifoda shakllarining yuzaga
kelishiga ta’sir ko’rsatgan.
Tanqidchilik janrlaridagi takomil badiiy ijoddagi rang-baranglashuv bilan ham
chambarchas bog’liq, ularning o’zi badiiy asarlarning yaratilishi, yozilishi, nashri,
ommalashuviga ham ma’lum miqdorda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’zbek tanqidchiligidagi janrlar majmui tarixan vujudga kelgan yaxlit tizim
bo’lib, xilma-xil tipdagi tanqidiy asarlarning murakkab va o’ziga xos aloqalari
hamda o’zaro ta’siri zamirida bunyodga kelgan. Janrlar tizimining shakllanish
jarayoni tanqidiy tafakkur taraqqiyotining muhim qonuniyatlari hisoblanadi.
Har bir janrning o’z xususiyatlari bo’lishiga qaramay, ularni mushtarak etuvchi
jihatlar ham borki, xuddi shu umumiylik ularni yaxlit tizimga birdek to’playdi. Buni
quyidagicha izohlash mumkin:
– o’zbek adabiy tanqidining barcha janrlari mohiyatan o’zaro mushtarakdir
Ularning barchasida adabiyotning rivoji, kamoloti, yuksak badiiyligi uchun kurash,
kitobxon estetik ongini yuksaltirish vazifasi asosiy o’rin tutadi. Ular zamirida so’z
san’atiga samimiy muhabbat yotadi;
– adabiy tanqid janrlariaro aloqa va uyg’unlik ularnig badiiy adabiyot
saviyasi uchun kurashdagi ko’pqirrali maqsad va vazifalardagi mushtaraklikni
keltirib chiqaradi:har janr o’zini alohida vazifasiga ega; ma’lum bir guruhga oid
janriy shakllar badiiy asar yozilishi va nashr etilishiga aloqador muhim xarakterga
ega. Taqriz, maqola, adabiy maktub kabi janrlar ana shunday vazifa bajaradi. Boshqa
bir guruh janrlar yozuvchi hayoti va ijodini umumlashtirish xarakteriga ega: adabiy
portret, tanqidiy-biografik ocherk va esse ana shunday maqsadni ko’zlaydi.
Shu tariqa barcha janrlar yaxlit ilmiy-adabiy tafakkur vositasi sifatida
adabiyotning ravnaqi uchun kurashadi, ijodkor va uning asari haqida muayyan
xulosalar chiqarishga intiladi; mushtarak ilmiy-adabiy tizimni paydo qiladi.
Endi adabiy muloqotga asoslangan janrlarni ko’rib chiqaylik:
Adabiy-tanqidiy maktub. Adabiy-tanqidiy maktubning genezisi,tabiati. Maktub
inson kashf etgan muloqotlardan birinig tarixda muhrlanib qoluvchi go’zal,