Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Qiz bola va O‘g‘il bola birga



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

Qiz bola va O‘g‘il bola birga:
– O‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy – 26 035 ta!
(Olib  boruvchilar  oxirgi  gapni  shunday  ovoz  va  ta’kid  bilan 
talaffuz  qilishi  kerakki,  zaldagilar  beixtiyor  qarsak  chalib  yubo-
rishsin.)
O‘g‘il  bola:  –  U  yog‘ini  so‘rasangiz,  Navoiy  bobomiz  o‘z 
iste’dodining  kuchini,  o‘zi  yaratib  qo‘ygan  xazinalar  salmog‘ini 
o‘zlari  juda  yaxshi  bilganlar.  Mana  ul  zotning  o‘z  ichki  ovozi, 
vijdon tovushi – hotif bu haqda nima deydi:
Dedim: nazm ahlining sarxayli kim bo‘lg‘ay, dedi hotif:
Navoiy bo‘lg‘ay, ulkim sen tilaydursen agar bo‘lg‘ay.
(Shu misralar o‘qilar ekan, olib boruvchilar o‘zlari ortga che-
kinib,  iltifotli  qo‘l  harakatlari  bilan  sahnaga  Navoiy  obrazidagi 
o‘quvchini  taklif  etishadi.  Bu  obrazda  chiqadigan  o‘quvchi  olib 
boruvchilardan  aslo  kichik  yoshda  va  jussada  bo‘lmasligi,  iloji 
boricha yuqori sinf o‘quvchisi yoxud o‘qituvchi-murabbiy bo‘lishi 
tavsiya  etiladi.  Uning  libosi  ham  ortiqcha  yaltur-yultirli  emas, 
balki sodda, biroq salobatli bichim va rangda, masalan, oq yoxud 
qaymoq rangda bo‘lgani ma’qul.)


149
Navoiy (qo‘lida qog‘oz, unga onda-sonda qarab, yoddan):
Nizomiy olsa Barda’ birla Ganja,
Qadam Rum ahlig‘a ham qilsa ranja.
Chekib Xusrav dag‘i tig‘i zabonni,
Yurib fath aylasa Hindustonni.
Yana Jomiy Ajamda ursa navbat,
Arabda dog‘i cholsa ko‘si shavkat.
Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olibmen taxti farmonimga oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Xuroson demakim, Sherozu Tabriz,
Ki qilmishdir nayi kilkim shakarrez.
Ko‘ngil bermish so‘zimga turk jon ham,
Na yolg‘uz turk, balki turkmon ham.
(Navoiy ushbu misralarni aytarkan, asta sahna chetiga qo‘yilgan 
chiroyli  kursiga  borib  cho‘kadi.  Uning  o‘rnini  olib  boruvchilar 
egallaydi.)
Qiz bola: – Navoiy hazratlarining bu darajada dovruq topishining 
siri,  avvalo,  uning  ijodida  insonparvarlik  –  gumanizm  g‘oyasi 
ustuvor bo‘lgani bilan izohlanadi. Navoiy olamning gultoji bo‘lmish 
inson, uning ko‘ngliga e’tibor mavzusini ijodining markaziga olib 
chiqqan edi.

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish