Yodingizda tuting:
Vatan mavzuida yozilgan she’ru dostonlar ko‘p. Ularda ona yurt
madhiga aytilmagan sifatlar qolmagan go‘yo. Biroq o‘zbekning asl
milliy shoiri Anvar Obidjon o‘z yurtini “Vatanjon” deb alqaydiki,
unga qadar birorta shoir bunday yo‘l tutmagan edi.
She’rning sarlavhasi bejiz bunday tanlanmagan. Shoir uchun ona
Vatan tuyg‘usi jon hissi bilan chambarchas bog‘liq. Jonsiz Vatanni,
Vatansiz jonni tasavvur qilolmaydi u. She’r mazmunidan shoirning
o‘z Vatanini ham bola bo‘lib, ham uning posboni – alp yigit bo‘lib
sevishi, sergak himoya qilishi anglashiladi.
242
Agar e’tibor bersangiz, ukangiz yoki singlingiz uyqudan uyg‘o-
niboq darrov onangizni qidiradi, unga talpinadi. Xuddi shu bolajon
singari shoir “Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman” deydiki, uning
uchun Vatani ham tuqqan onasi yanglig‘ aziz va sog‘inchlidir.
“Tinch kunlar” she’ri ham shu muqaddas tuyg‘uning yana bir
qirrasiga diqqatimizni qaratadi. Shoir yurtimiz – Turonzamin tarixida
kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko‘pchiligi tarix kitoblari,
solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan,
birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtai nazardan qarab
ko‘rishni taklif qiladi.
Darhaqiqat, tinch va osuda o‘tayotgan bugungi kunimizda go‘yo
ana o‘shanday tarixiy voqealar bo‘lmayotgandek tuyulishi mumkin.
Biroq jiddiy o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, mana shu tinchlikning,
osoyishtalikning ta’minlanishi uchun chakana mehnat qilinyaptimi?
E’tibor bering:
Bu o‘rinda gap faqat chegaralarimizda sergak turgan askarlarimiz,
ichki va tashqi xatarlarning oldini olishga mas’ul harbiylar mehnati
va zahmati haqidagina ketayotgani yo‘q. Yurtning tinch o‘tgan har
bir kunida o‘z kasbini sidqidildan ado etayotgan har bir insonning
hissasi bor, deb bemalol aytish mumkin.
Chunki fidoyi o‘qituvchining shogirdlariga yaxshi ta’lim-tarbiya
berishi ham, quruvchilarning uylarni sifatli va mustahkam qilib qurishi
ham, uchuvchining samolyotni mohir boshqarib, yo‘lovchilarni manzilga
eson-omon etkazishi ham, aslida, o‘sha kunning tinch o‘tishiga munosib
hissa bo‘lib qo‘shiladi. Mana shularni nazarda tutgan shoir, quyidagi
xulosaga kelar ekan, unga qo‘shilmay sira iloji yo‘q:
Yurtimizning tinchgina o‘tgan har kuni
Mislsiz tarixiy voqea asli.
Agar Anvar Obidjonning “Yer” deb nomlangan she’riga ham mana
shunday sinchkovlik bilan yondashib tahlil qilishga harakat qilsangiz,
undan olam-olam mazmun kashf etishingiz aniq, aziz o‘quvchi.
243
Do'stlaringiz bilan baham: |