Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

Mustaqil o‘qish uchun
Anvar Obidjon
ODAM BO‘LAMAN
– Kezaman ko‘p joylarni
Moy tomchigan kiyimda.
Ba’zan kitob titkilab,
Dam olaman uyimda,
Men shofyor bo‘laman, dada.
– Mayli…


244
– Hayinchakda akamdan
Ancha baland uchaman.
Katta bo‘lsam, yaxshisi –
Borib oyni quchaman,
Men fazogir bo‘laman, dada.
– Ixtiyoring...
– Chalg‘itaman maydonda
Bolalarning ko‘pini.
Kecha bitta tepishda
Teshdim Norning to‘pini,
Men futbolchi bo‘laman, dada.
– O‘h-ho‘, o‘ho‘-o‘ho‘v...
– Kesvolibdi barmog‘in
O‘tgan kuni Mira’zam.
Qotib qoldi yarasi
Jindekkina tuz sepsam,
Men do‘xtir bo‘laman, dada.
– Yomonmas...
– Tag‘in o‘ylab ko‘raman,
Hammasi ham yaxshi ish.
Faqat yalqov bo‘lmayman,
Hecham tortmang Siz tashvish,
Men... odam bo‘laman, dada.
– Balli, azamat!
BAHROMNING HIKOYASI
Zo‘r tovug‘im bor edi
Semiz va sergap.


245
“Yapaloq” deb men unga
Qo‘ygandim laqab.
 
Tuxum tug‘ib berardi
Har kuni oppoq.
Shu tufayli u bilan
Yashardik inoq.
 
Ammo, so‘nggi paytda u
Bo‘pqoldi ayyor.
Tuxum desang, yuz burar,
Don sochsang – tayyor.
 
«Dangasa!» deb kecha sal
Qilgan edim do‘q.
Bugun ko‘rsam, katakda –
Tovuqqinam  yo‘q.
 
«Yapaloq»ni qidirdim,
Chaqirdim rosa.
Nahotki, u arazlab
Ketvorgan bo‘lsa?
 
Katagida qolibdi
Faqat bitta pat
Va oydinda yozilgan
Aji-buji xat:
 «Menga juda mehribon,
Shirinso‘z eding.


246
Doim suyib, erkalab
Tuxumim yerding.
 
Seni do‘st deb yurardim,
Tushundim bugun, –
Faqat oshna ekansan
Quymoqlar uchun.
 
Tuxumni ham berardim,
 Kutmading picha.   
Qo‘pol so‘ylab, ayniqsa,
Ranjitding kecha.
 
Garchi sendan  ayrilmoq,
Bo‘lsa ham og‘ir,    
Qaror qildim bosh olib
Ketmoqqa oxir.
 
Chunki do‘st deb yurgani
Tamagir chiqsa,   
Hatto, oddiy tovuq ham
O‘ksinarkan ja...
 
Endi boshqa joylarda
Solaman dovrug‘.
Seni eslab yurguchi:
 «Yapaloq-tovuq».
 
...Mendan bitta iltimos,
Bolalar, sizga,
«Yapaloq»ni ko‘rsangiz,
 Qaytaring tezda.


247
 Qaytsa, chin do‘st bo‘lardim,
So‘zlardim sizlab.
Kechirim ham so‘rardim
Patlarin silab.
AVTOQISHLOQ
(Fantastik  she’r)
Avtoqishloq quribdi
Og‘aynimiz Temirjon.
Mo‘jizaki,
Bundayni –
Ko‘rmagandim hech qachon.
 
Qishloqchaga kiriboq
Bo‘lib qoldim juda lol.
Qaysar avtobolani
Koyir edi avtochol:
 
– Shoshmay turgin,
Hammasin –
Aytay avtodadangga. 
Qachon aql kiradi 
Qavoq avtokallangga?
  
Surishtirsam sababin,
Bola ekan ja bevosh.
Cholning avtotovug‘in
Cho‘loq qipti, otib tosh.


248
Sal narida uchratdim
Qo‘rqoq avtomushukni.
Xushomad-la moylar u
Eski avtokuchukni.
 
Avtomoldan sut sog‘ar
Avtokampir chelaklab.
Avtoovchi dasht kezar
Avtoitni yetaklab.
 
Ustaxona ochibdi
Guzarda bir avtoot,
 Avtoqo‘y der:
– Menga ham
Dum yasab ber  shu zahot.
 
Avtoxachir – navbatda,
Bo‘yatarmish u yolin.
Avtoechki, chamasi,
Almashtirar soqolin.
 
Avtosichqon chiyillar,
Tishi utmay turshakka.
Avtoho‘kiz so‘z qotar
Qari avtoeshakka:
  
– Ko‘rindimi yaylovda
Mening avtobuzog‘im?
– Qattiq gapir, akasi,
Zanglab qopti qulog‘im.
 


249
Avtoari chaqdi, deb,
Avtoqizcha yig‘lar ho‘ng,
Avtoko‘zin o‘ynatib,
Avtoqarg‘a titar go‘ng...
 
Bolakaylar kechiring,
Aytolmadim uyog‘in.
Chunki,
Avtoruchkamning
Tugab qoldi siyohi.
Foydalanilgan asosiy manba:
Anvar Obidjon. Tanlangan she’rlar. 2 kitob. - T.: “Sharq”. 2014.


250
Nоdаr
DUMBАDZЕ
(1928 – 1984)
Gruzin хаlqining аrdоqli аdibi Nоdаr Dumbаdzе аsаrlаridа ifоdа 
etilgаn  ezgulik,  insоnpаrvаrlik,  аdоlаtsеvаrlik,  хаlqqа  muhаbbаt 
tuyg‘ulаri  uni  bоshqа  хаlqlаr  o‘quvchilаri  uchun  hаm  suyukli 
yozuvchigа аylаntirgаn. 
Yodingizda tuting:
Nоdаr  Dumbаdzеning  o‘nlаb  hikоyalаri,  «Kukаrаchа»  qissаsi, 
«Oq  bаyrоqlаr»,  «Аbаdiyat  qоnuni»  singаri  rоmаnlаri  mоhir 
tаrjimоn Nizоm Kоmil tоmоnidаn оnа tilimizgа o‘girilgаn. 
«Аbаdiyat qоnuni» аsаri аsоsidа o‘zbеk sаn’аtkоrlаri tоmоnidаn 
yarаtilgаn ko‘p qismli vidеоfilm nаmоyish etilgаch, bizning yurtimizdа 
аdib ijоdigа qiziqish yanаdа kuchаygаn.
Nоdаr Vlаdimirоvich Dumbаdzе 1928-yilning 14-iyulidа Gruziya 
pоytахti  Тbilisi  shаhridа  tug‘ilgаn.  Yozuvchining  ilk  hikоyalаr 
to‘plаmi  «Qishlоq  bоlаlаri»  nоmi  bilаn  1958-yildа  chоp  etilgаn. 
Uning  dаstlаbki  yirik  аsаrlаri  «Mеn,  buvim,  Ilikо  vа  Illаriоn» 
qissаsi  1960-yildа,  «Quyoshni  ko‘ryapmаn»  nоmli  rоmаni  esа 
1962-yildа  yarаtilgаn.  Yozuvchining  bu  аsаrlаridа  Ikkinchi  jаhоn 
urushi yillаridаgi gruzin qishlоqlаridаgi оg‘ir vа mаshаqqаtli hаyot 
mаnzаrаlаri, bir-birigа o‘хshаmаydigаn tаqdir egаlаri оbrаzi yorqin 
аks ettirilgаn.


251
Аdib zаmоnаviy mаvzulаrdаgi аsаrlаridа insоnlаrning bir-birigа 
munоsаbаtidаgi  оdаmiylik,  оqibаt  singаri  fаzilаtlаrni  ulug‘lаydi. 
Uning  1967-yildа  yozilgаn  «Quyosh  kеchаsi»,  1972-yildа  chоp 
etilgаn «Oq bаyrоqlаr» rоmаnlаri bungа misоl bo‘la oladi.
Nоdаr Dumbаdzеning 1978-yildа yarаtilgаn «Аbаdiyat qоnuni» 
аsаri  nаfаqаt  Gruziyaning  o‘zidа,  bаlki  ko‘plаb  bоshqа  yurtlаrdа 
hаm izlаb tоpib o‘qilаdigаn аsаrlаr qаtоridаn jоy оldi. Bu rоmаndа 
insоnning hаyotdаgi o‘rni, undаn tаlаb etilаdigаn fidоyilik, hаlоllik, 
vijdоnlilik, аdоlаtpаrvаrlik хususiyatlаri to‘g‘risidа kеng mushоhаdа 
yuritilgаn. Аdibning аksаriyat аsаrlаridаgi vоqеа-hоdisаlаr, insоnlаr 
tаqdiri o‘zining murakkabligi bilаn birgа sаmimiy yumоri bilаn hаm 
o‘quvchi yodidа qоlаdi. 
Nоdаr  Dumbаdzе  аsаrlаridаgi  g‘оya  vа  mа’nоlаr  bizning 
ko‘nglimizdаn jоy оlishining yanа qаtоr sаbаblаri bоr, аlbаttа. 

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish