Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

O‘g‘il bola: – Endi hurmat bilan so‘z navbatini bugungi ma’rifiy 
kechamiz tashkilotchisi, ustozimizga beramiz.
Ustoz-o‘qituvchi  –  Kechamizning  aziz  ishtirokchilari,  muh-
taram  ustozlar,  hurmatli  o‘quvchilar!  Ma’lumki,  o‘z  ildizlarini 
bilmagan,  ajdodlari  taqdiridan  bexabar  xalqning  omi  to‘dadan, 
ongsiz podadan farqi qolmaydi. Tarixiy xotira esa el qalbiga g‘urur 
bag‘ishlaydi,  uning  qaddini,  qadrini  tiklaydi.  Mustaqillik  sabab, 
shukrki,  o‘zbek  eli  dunyo  sahnasida  o‘zining  kimligini,  qanday 
buyuk  zotlar  avlodi  ekanini  angladi,  olamga  anglatdi.  Mana  shu 
buyuk zotlar orasida Alisher Navoiy bobomizning o‘rni va ko‘rki 
o‘zgachadir. Hazrat o‘z asarlarining birida:
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q. 
deya ta’lim beradilar. Navoiyning o‘zi umri va ijodining so‘nggi 
zarrasigacha  xalqiga  hadya  etgan,  bu  ezguliklaridan  biror  ta’ma 
kutmagan benazir shaxs, chinakam futuvvat egasi bo‘lganlar.
Bugun davrada o‘qilgan ibratli misralarga yakun sifatida hazrat 
bobomizdan  meros  qolgan  bag‘oyat  o‘zbekcha  ushbu  misralarni 
o‘qisam,  so‘zimga  eng  yaxshi  xulosa  bo‘ladi,  deb  o‘ylayman. 
Mo‘tabar shoirimiz aytadilar:
Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l,
Navoiy yomon bo‘lsa, sen yaxshi bo‘l!
Bunday  ulug‘  kamtarlik  oldida  faqat  va  faqat  bosh  egamiz, 
Navoiyga cheksiz ta’zimlar qilamiz.


153
O‘g‘il bola: – Endi maktabimiz miqyosida o‘tkazilgan “Navoiy 
mening  tasavvurimda”  mavzusidagi  eng  yaxshi  insho  hamda 
“Navoiy haqidagi eng yaxshi devoriy gazeta” tanlovlari g‘oliblarini 
e’lon qilish uchun so‘z tanlovlar hakamlar hay’ati raislariga beriladi.
(Har  ikki  tanlov  hakamlar  hay’ati  raislari  tanlov  natijalarini 
e’lon qilib, eng yaxshi uchtadan ish mualliflarini maktab direksiyasi 
tomonidan ajratilgan mukofotlar bilan taqdirlaydi, o‘z tilaklarini 
bildirishadi.)
Qiz bola: – Aziz do‘stlar, shu bilan ulug‘ o‘zbek mutafakkiri 
Alisher Navoiyning boqiy merosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy-
ma’rifiy kechamiz nihoyasiga yetdi.
O‘g‘il bola: – Sizlarning barchangizga buyuk bobolarimiz ibrati 
doimo hamroh bo‘lishini, ularga munosib avlod bo‘lish baxti nasib 
etishini tilaymiz!

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish