Ayb qidirmaslik haqida
Birov ilmdon-u bo'lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog'i yakbor. Kichik bir xatoga gapirma qo'pol,
Ulug'lar demishlar: «Yaxshilikni ol!»
Birga o'sadi-ku tikan birla gul,
Ey odil, tikanmas, gulni dasta qil.
Tab'i aybjo'ylik bo'lsa agar bas,
Tovus oyog'idan boshqasin ko'rmas. Tozalik axtargil, ey o'zi xira,
Ne ko'rsatar ko'zgu gar yuzi xira!
Barcha aybin yuzga solma, ey g'addor, Sening ham aybingni ko'rsatuvchi bor. Gunohkorga darra, cho'p buyurgani O'zini gunohsiz bilurmi, qani?
Yomonlik yoqmasa, o'zing qilmagil, Keyin boshqalarga «qilmagi1», degil. Yaxshi-yu yomoni o'zining moli,
Rar kim o'z foyda-yu ziyon hammoli. Sa'diy she'rin ko'rib ichi qoralar,
Nafrat bilan so'kib, uni qoralar.
Yuzlab nuktasiga solishmas quloq,
Bir aybni topsalar, ta'na besanoq.
Bir illati bordir xudpisand so'zin,
Rasad ko'r qilgandir haqiqat ko'zin.
Rar ko'z-u qosh yaxshi, demagil, do'stim, Pista mag'zini ye, tashlagil po'stin.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |