ADABIYOT - SO'Z SAN'ATI
uvchi! -~
ildan boshlab «Adabiyot» darsini alohida o'qiy boshlayapsiz. Endi Ali'
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi nomlari butun jahonga yoyilgan
Jarimizning hayot yo'llari bilan kengroq tanispasiz. Asarlaridan bahramand
va mustaqillik yo'lida jonlarini fido etgan Qodiriy, Hamza va Usmon g Vatan va millat haqidagi o'tli satrlari qalbingizga cho'g' tashlashiga I;lugungi kunning ardoqli shoirlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlar
'1Z shonli tarixidan hik6ya qilib, porloq kelajakdan bashorat etuvchi go'zal
p'ylaymizki, Sizning qalbingizga ham zavq va surur bag'ishlaydi.
~izdagi «Adabiyot» kitobi shu bilan cheklanmaydi. Unda yurtimiz tarixi Iq olis afsona va ertaklar, bobolar hikmatidan, xalqimizning o'z shoiridek ~n Sa'diy Sheroziy, noyob asarlari bilan dunyo adabiyotida yangi sahifa )p, H. K. Andersen, S. Ekzyuperi kabi adiblar ijodi bilan ham tanishasiz. Liar zavq-u ilhomgina emas, nur va hikmat ham beradi. Go'zallik va :llik olamiga kirasiz.
da bosgan qadamingiz qutlug' bo'lsin!
Taqrizchilar:
rlOV A, Respublika Ta'lim markazi «Filologiya fanlari» bo'limining bosh metodisti; V A, Toshkent viloyat pedagog xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti «Til va adabiyot ta'limi» kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent;
OROYA, Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2-umumiy o'rta maktab
o'qituvchisi.
lika maqsadli kitob jamg' armasi hisobidan ijara uchun chop etildi.
t. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / S. Ahmedov, R. Qo'chqorov. Sh. Rizayev. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. 2007. - 352 b.
~ov S. va boshq.
11
BBK 83.3(5U)ya72
43-00-160-2
@ «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007.
--,-,,"
r;
QimmatIi farzand, o'zingizning uch-to'rt yasharlik paytingizni eslay
sizmi? Yodingizda bo'lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko'rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko'ra ertak eshitishni ko'proq yaxshi ko'radi.
Shunday ham bo'ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o'nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog'i bilan eshitaveradi. Ularga ertak
voqealari yod bo'lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko'zlarini kattakatta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi. .
Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she'rlar
odamni bu qadar o'ziga tortadi, deb o'ylab ko'rganmisiz?
Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik.
To'rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi
boshqa mavjudotlardan o'zining ftkrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat
o'ylaydi, ftkrlaydi, balki bu ftkr-o'ylarini so'zlar orqali boshqalarga
ham bildira oladi.
Odamlar ftkrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda
ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki narsalar onlsidagi 0 'xshash, bir - birini takrorlovchi jihatlarni ilg' aydi. Mana
shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) ftkrlash hodisasi yuzaga
keladi.
«Obrazli fIkrlash» degan ibora Sizga sal og'irlik qilayotgan bo'lsa,
buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz. . .
Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e'tibor bering. Ular
osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh
ulkan odam qiyofasini ko'rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida
sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog'ining chekkasidan o'tadigan
poyezdga o'xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg'aldoq bilan qoplangan
~
'i
dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o'sha narsalaming surati timsolini keltiradi. Qo'lidagini xayolidagiga o'xshatib yasash,ga urinadi.
Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko'rinisWari aks etadi. Ertak qahramonlari so'z va obrazli ifodalar yordamida ko'z oldingizdajonlanadi, turli sarguzashtlami boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qjlinadiki, o'zingizni xuddi ulaming ishtirokchisidek his qilasiz.
Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so'z yordamida jonlantirishga moyillik, so'z san'atiga - adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo'ladimi? Albatta, bo'ladi!
Ana endi ertak, she'r, hikoya ko'rinishida namoyon bo'ladigan adabiyot - so'z san'atining o'zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo bo'ladi, degan savolga javob izlab ko'raylik.
Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o'zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari
juda ko'p xususiyatlar ham xosdir.
Tarix to'g'risidagi hikoyalardan bir narsani bilib oldingiz. Ya'ni ibtidoiy odamlar o'zini o'rab turgan tabiat hodisalari qarshisida ancha ojiz edilar. Boshqa mavjudotlarning tabiiy imkoniyatlari odamlaming havasini keltirardi. Inson baliqdek suv ostida suzishni, qusWardek osmonda uchishni orzu qilmasdi, deb o'ylaysizmi? Albatta, orzu qilardi.
Yoki bo'lmasa, yo'lsizlikdan qiynalgan odamlar ko'z ochib yumguncha o'zlari intilgan manzillarga borib qolishni juda-juda istardi. Sovuq o'lkalarda yashaydigan odamlar quyoshning tansiq nurlariga qancha talpinishsa, sahroda hayot kechiradiganlar bag'rida sharqirab suvlar oqib yotadigan yashil vodiylami ko'rgilari kelardi.
Biroq, orzu-xayol bor edi-yu, uni ro'yobga chiqarish oson emas edi. Odamlar bu orzulariga hayotda yetisha olmasa ham xayolda yetishishga, ular to'g'risida turli hikoyalar to'qib, o'zlarini yupatishga kucWi ehtiyoj
sezardi. Bu orzu-istaklarga to'la hikoyalar keyinchalik ertak, afsona, rivoyat degan nomlar oldi.
Tabiati va tarixi turli xiI o'lkalar xalqlarining ertak va afsonalari ham bir-biridan yaqqol farq qilishini sezasiz. Masalan, ko'p bora ocharchilikni
boshidan ~hirgan o'lkalarda tarqalgan ertak va afsonalarda nonga yetishish eng. katta baxt sanalsa, turli bosqinchilar zulmidan bezgan xalqlar dovylir,a'k, yengilmas, mardona farzandlami qo'msab dostonlar yaratgan.
Demak, adabiyot insonning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to'g'risidagi tushunchalarini badiiy so'z yordamida ifoda etishi ekan. Adabiyotning asosiy ifoda vositasi esa badiiy so' z hisoblanarkan.
Adabiy asarlar bilan Siz ham albatta do'st tutinishingizga ishonamiz. Chunki adabiyot Sizning didingizni o'stiradi, fikrlash qobiliyatingizni kuchaytiradi, odob-axloqingizni yanada chiroyliroq bo'lishiga ko'maklashadi.
Adabiy asarlarni o'qigach, har kungi ko'rayotganingiz olamning
naqadar rang-barang ekaniga e'tibor bera boshlaysiz. Jonsiz narsalarga jon kirgandek, bir joyda qimirlamay turgan narsalar «oyoq chiqarib yurayotgandek» bo'ladi. Demak, Siz dunyo nafosat bilan yaratilganiga, undagi har bir narsaga go'zallik qidirib boqish lozimligiga iqror bo'lasiz.
Estetik (nafosatli) didingiz rivojlanadi. .
Shu o'rinda Q'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qo'shiqqa aylanib ketgan «Vatanim» nomli she'ridagi quyidagi misralami eslash kifoyadir:
ShodQn kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
N olon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga. .
Singlim deymi,
Qnam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Qftobdan ham o'zing mehri
Ilig'imsan, Vatanim.
Vatanni onaga qiyoslashlarini, uni «ona Vatan» deb atashlarini ko'p eshitgansiz. Shoir o'z she'rida mana shu tushunchaga go'yo jon baxsh etadi, Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizadi.
Kimdir ko'nglingizni og'ritganida, ko'zlaringizga yosh to'lib ko'chadan kirganingizda onangiz Sizni qanday yupatishini eslang. Shoir uchun Vatan ham xuddi shunday - dunyo tashvishlari uni «nolon»
~".e.' '"~ ..~"'"., ~,.",.,-~.,~~.,.-~." "', -.ec., "',.,,''''''- ,r-".- ". -..-......
i
~olga solgjiilida.- qalbini tirnaganida Vatan yuzlarini uning yuziga bosadi,
Vupanch beradl. Bu yupanch: ?
qudratli xalq bag'ridan oladigan iliqlik;
yurt quchog'ida emin-erkin yashash quvonchi;
shoir farzandini ardoqlashga tayyor el ishonchi bo'lib, unga tasalli
eradi.
Bunday misralar bag'riga jo bo'lga~ badiiy go'zallik Sizning ham o'nglingizga ko'chishi tabiiydir. Go'zallikdan bahra olarkansiz, Vatanga o'lgan mehringiz yanada ortadi, unga munosib farzand bo'lish istagingiz at'iylashadi.
Adabiyot o'zining nafisligi bilan Sizni dag'allik, befarqlik, yovuzlik
ingari yomon odatlarga o'rganib qolishdan asraydi. U ruhingiz va yuragigizning pok bo'lishiga, ezgu niyatlarga osOOo bo'lishingizga ko'maklashadi.
Adabiy asarlar faqat badiiy didingizni o'stiribgina qolmay, bilim
t
aringiZni kengayishiga, boyishiga ham beminnat xizmat qiladi.
Masalan, tarixiy mavzuda yozilgan asarlami o'qib, avvalo o'zbek
alqi, qolaversa, boshqa millatlar o'tmishini ham yaqqol ko'z oldingizga J<.eltirasiz. Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning turishturmushi, orzu-o'ylari, hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz.
\ Yoki ilmiy-fantastik yo'nalishdagi asarlarni olaylik. Ularda insoniyat o'z hayotini osonlashtirish, yashash uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo'lish uchun qanday izlanisWar olib borgani, bu yo'lda ne-ne to'siqlarga duch kelgani tasvirlanadi. Bulaming bari bilimingizni ko 'paytiradi, Sizni narsalar, voqealar, eng muhimi, odamlar to'g'risida chuqurroq o'ylashga, hamma narsaning.mohiyatini anglab olishga chorlaydi.
Bir narsani yoddan chiqarmangki, odamzod yaralganidan buyon adabiyot unga hamroWik qiladi. Ijodkor adabiy asar bag'riga o'zining rIkr-o'ylari, orzu-armonlarini to'kilrsolsa, boshqa bir odam ularni eshitib yoki o'qib behad" ta'sirlanadi. U ham ijodkor dardiga oshno bo'ladi, o'zgalar tuyg'ularini his etishni o'rganadi.
Badiiy asarlar insonning ma'naviy kamol topishida beqiyos ahamiyatga egadir. Odam onadan tug'iliboq ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lib qolmasligini yaxshi tushunasiz. Kishi bu fazilatlarga tinimsiz o'qib-o'rganish, ustozlar ta'limini olish, hayotni chuqur kuzatib, ibratli tajribalar to'plash orqaligina ega bo'ladi. Mana shu jarayonda adabiyotga murojaat qilish nihoyatda katta samara berishi shubhasizdir.
,,-~Poytaxtimiz T oshkentning markazida joylashgan 0' zbekiston Milliy bog'iga ulug' mutafakkir Alisher Navoiy haykali o'matilgan. Uni o'rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari bitilgan:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig', Yor o'lung bir-biringizgaki, emr yorlig' ish.
Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh yuz yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bugun televizorni qo'ysangiz, dunyoning hali u, hali bu chekkasida bombalar portlayotganiga, yuzlab, minglab kishilar bir-birlarini ayovsiz o'ldirayotganiga guvoh bo'lasiz. O'shajanglar oqibatida qurbon bo'layotgan begunoh odamlar ham xuddi Sizdek tirikjon ekanini o'ylarkansiz, Navoiy bobomiz naqadar haq ekanini ich-ichdan his qilasiz. Toki dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilisWari to'xtamas ekan, shoirning bu o'tli da'vati o'z ahamiyatini saqlab qolishiga amin bo'lasiz.
Adabiy asarga bir qiziqib qolgan kishini undan ayirib olish nihoyatda qiyin. Shaharlik bolalar avtobus yoki metroda o'qishga ketayotganida, qisWoqlik o'quvchilar esa anhor bo'ylari yoki dala-dashtlarda boshini kitobdan ko'tarmay o'tirgan aka-opalarini ko'p uchratgan bo'lsalar kerak. Qiziqib ko'ring-a, ular qanday kitob o'qishayotgan ekan. Ishonavering, ulaming aksariyati badiiy kitoblar bo'ladi!
Xo'sh, nega badiiy asarlar kishilami bunchalik qiziqtiradi?
Gap shundaki, bu kitoblarda xuddi Sizdek, aka-ukalaringiz, opa
singillaringiz, ota-onangizdek odamlarning taqdiri hikoya qilinadi. Dunyoda esa insonning taqdiridan qiziqroq narsaning o'zi yo'q.
E'tibor bering: o'zingiz yo ukangiz eshitayotgan ertakdagi qusWar-u hayvonlar ham xuddi odamdek gapirgani, bir-birlari bilan muomala qilgani, nimalamidir talashib-tortishgani-yu nimadandir ayrilib jazo
langani uchungina Sizga qiziqarlidir. '
Masalan, tabiatdagi tulki aslida ayyor bo'lmasligi mumkin, biroq u ertakda o'ta ayyor-hiylakor kishilarning timsoliga aylanadi. Xuddi shunday gapni yalqov, tepsa-tebranmas ayiq to'g'risida ham, dovyurak, chapdast yo'lbars haqida ham aytsa bo'ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, go'yo hayvonlar to'g'risidagidek bo'lib ko'ringan ertaklar, masallar ham aslida odamlar haqida ekan. Shu tufayli ham o'quvchilarni o'ziga jalb qilar ekan.
Adabiy asarlar turli-tuman shaklda, uslubda yaratiladi.
~
~
Do'stlaringiz bilan baham: |