Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»



Download 414,79 Kb.
bet30/51
Sana11.01.2017
Hajmi414,79 Kb.
#18
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
BOLANING KO'NGLI PODSHO («Bolalih> qissasidan)

...Ko'cha bugunjonlangan. Bo'zchilar tandaI yoyib, ipni ko'k bo'yoqqa bo'yaydilar, bir tomoni dag'al, qilli, g'o'laday og'ir asbobni tanda ustidan yuritib, ipni silliqlaydilar. Bo'zchilaming ko'pi qari-qartang odamlar. Sal sho'xlik qilsang: «G'ivillama oyoq ostida!» deb jerkishadi ular.

Men ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o'ynab o'tirsam, uyidan o'rtog'im A'zam otilib chiqadi. Ko'zlari allanechuk besaranjom. Qarasam, qo'lida bir tilim handalak. Men unga «Shirinmi?» deb tikilaman. U havasim kelganini biladi shekilli, qo'lini orqasiga oladi-da, boshini

liqillatib maqtanadi:

- Dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin...

Men loyni otaman. Yugurib Mirahmad otaning uyiga kiraman.

Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo'xshov eski paxsa devorli xonaning kichkina, shaloq darchasi oldida bobom o'rtog'i

bilan gaplashib o'tiribdi. Men pinjiga tiqilaman: .

- Buva, handalak...

Chol quloq solgisi kelmaydi, hassasining uchi bilan yemi urib,

gapiradi:

- Bilaman, bilaman, Musulmonqulning odami edi u, shaytonga

dars berardi...

- Balli, esingizda ekan... - eski do'ppili boshini og'ir chayqab,

I Tanda - mato to'qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o'rish.
so'zini davom ettiradi Mirahmad ota: - Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo'ladimi! U otda, men yayov. Qo'limda shashpar1... O'ziyam devday baquvvat, zug'umli yigit edi -da...

Men chollaming gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobomga, dam uning o'rtog'iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo'rg'onlar, urushlar to'g'risida so'zlashadi. AlIakimlar qandaydir katta darvozalami berkitib qo'ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog'dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog'larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat chollar

jim bo'lishadi, go'yo yoshliklarini sog'inganday, boshlarini quyi solishadi. Men bobomning qo'lidan tortaman:

- Handalak...

- Tek tur, huvari. Hali pishgani yo'q... - deydi bobom.

Men yana qistayman. Qo'lidan astoydil tortaman. Mirahmad ota meni

aldamoq uchun gavronday hassasini qo'ldan qo'lga chaqqon olib, xirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula aytib beradi. Y o'q, menga kor qilmaydi. Axiri, bobom o'rtog'iga deydi:

- Nima qilamiz? Bola. Bolaning ko'ngli poshsho...

Bu gapning ma'nosiga tushunaman. Chunki men o'z tilagimni unga

qabul qildirsam, u har vaqt atrofdagilarga yoki o'z-o'ziga shunday deb qo'yardi.

Bizning uydan tor ko'cha bo'ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko'chaga - «Oqmachit» mahallasiga chiqiladi. Bu yerda uchta do'kon bor: biri qassoblik, ikkisi baqqollik. Musa baqqolning do'koni ko'zimga har vaqt quruq ko'rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirin so'z, sersoqol keksa Sobir baqqolda esa pashshalardan qoraygan shoda -shoda teshikku1cha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko'mir, qun1q beda, «makka sano»2 gacha har narsa topiladi.

Biz shu do'konga boramiz. Sobir baqqol ohangdor mayin ovoz bilan: «Barakalla, azamatcha, buvalari to'ylarini ko'rsin», deb meni erkalab qo'yadi.

1 Shashpar - uchiga yumaloq, g'adir-budur temir o'rnatilgan, uzun dastali gurzi,

cho'qmor.

2 Makka sano - makkaisano - tropik va subtropik o'lkalarda o'sadigan ko'pyillik buta va

daraxtlarning umumiy nomi, ularning surgi dori sifatida qo'llaniladigan bargi.


Bobom qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini oladi -da, hidlab qo'limga tutqazadi, keyin bahosini so'raydi. Baqqol bir nima deydi. Bobom o,'siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng oq surp ko'ylagining cho'ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko'ziga yaqin tutib, obdan tikilib, baqqolning oldiga tasWaydi.

Sobir baqqol boshini chayqaydi.

- Bo'lmaydi, otajon, picha qo'shing, - deydi.

- Bas. Bahosi yaxshi bo'ldi, - deydi bobom jerkib, uyga buriladi.

Sobir baqqol orqadan yana astoydil qichqiradi:

- Dadaqo'zi ota, bir nima qo'shmasangiz bo'lmaydi!

Bobom unga qiyo boqmaydi. Tor ko'chaga kirgach, o'z-o'zicha gapirib

ketadi: «Insofbilan sot-da. Og'zingga siqqanicha aytaverasanmi!» Keyin mend an ham ranjiydi: «Tentak, sabmi bilmaysan. Bozordan kattasini olib kelardim».

Men handalakni qo'ltiqlaganimcha shamolday yuguraman. Ayvonda do'ppimi, jiyakmi tikib o'tirgan onamdan pichoq so'rayman. Akam ham, bir chekkada nimanidir o'zicha chatib-tikib o'tirgan opam ham

sevinishadi. Mana, chol ham asta kirib keladi. .

- Qimmatga oldim. Bozorga tushardim-u, lekin ko'nmadi o'g'ling, deydi u onamga. - Bolaning ko'ngli tiIla... Omon bo'lsin, orqamda qolsin. Bu tentakni juda yaxshi ko'raman.

Shundan keyin chol har ikki-uch kunda eshikdan terlab-pishib kiradi, qo'ynidan kattaligi piyoladay «yo'l-yo'l» handalakni chiqarib beradi, keyin onamgami, buvimgami bozorning g'ovur-g'uvuridan shikoyat qiladi...

* * *

Qissadan olingan kichkinagina lavhadayoq biz o'zimizni birdaniga yozuvchi bolaligi kechgan davrga tushib qolgandek his qilamiz. Ko'z oldimizda XX asrning boshlaridagi ko'hna Toshkentning g'ala-g'ovur ko'chalari namoyon bo'ladi. Qissaning bayon tarzidajurnalistlar qo'llaydigan reportaj usulidan foydalanilgani ham o'quvchining diqqatini



bevosita narsa va hodisaga qaratilishini ta'minlaydi. .

Bo'zchilaming o'z ishlarini ko'chaga olib chiqqanlaridan bilamizki, ulaming hovlilari unchalik katta emas. Qolaversa, qorong'i qishda tor hovlida dimiqqan, zerikkan keksa hunarmandlar bahor quyoshidan


bahra olgilari keladi. Axir issig'i handalakni pishirishga yetib qOlgan

l

quyoshning tafti kimning taniga yoqmaydi deysiz.. "



Yosh Musoning «ariq labidan bir parch a loy olib «poq-poq» 0 'ynab»

o'tirishidan ham kunlarning ancha isib qolgani bilinadi.

Endi Musoning o'rtog'i A'zamga e'tibor beraylik. Garchi uning qo'lida sherigining og'zidan suvini oqizgan bir tilim handalak bo'lsa-da, hozirgi holati juda unchalik yaxshi emasligi aniq. Biz buni A'zamning «uyidan otilib ch iqqan»i, «ko 'zlari allanechuk besaranjom» ekanidan sezamiz. Demak, bu bir tilim handalak unga osonlikcha tekkan emas. Y 0 handalak talashib uni holijoniga qo'ymagan ukasidan qochib yuribdi yoki bu tansiq ne'matni uydagilarga bildirmay olib chiqqan.

Shu o'rinda A'zam ham xuddi Muso singari bola, bolaning esa, Dadaqo'zi ota aytganidek, «ko'ngli poshsho» ekanini nazardan qochirmaylik. Qarang, qo'lidagi narsaga o'rtog'ining havasi kelayotganini bilgan A'zam darrov o'z holini unutadi-da, «boshini liqillatib maqtanishga» ham kuch topadi! «Nima qilamiz? Bola. Bolaning ko 'ngli poshsho...»

Oybek bolalar xarakterini shu darajada yaxshi biladiki, yozuvchi tasvirida ular juda tabiiy gavdalanadi. A'zamning oxirgi maqtovi - «Ah, shirin...» degani Musoning barcha sabr-u bardoshiga nuqta qo'yadi. Dning ko'ziga o'zi suygan mashg'ulot - «poq-poq» o'ynash ham birdan ko'rinmay qoladi:


Download 414,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish