«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet140/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida shunday ustoz ijodkorlar borki, ularning butun umri, ijodi, izlanishlari o‘z xalqiga, milliy adabiyotimiz rivojiga kamtarlik bilan, xolis xizmat qilishning yorqin namunasidir. Ana shunday ijodkorlardan biri O‘zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz Jabborovdir.
J. Jabborov 1930-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga qarashli Po‘lat qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib, uni tugatgach, 1947-1952-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi. So‘ng Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qiydi. 1953-yildan boshlab o‘n yil davomida O‘zbekitson Yozuvchilar uyushmasining asosiy adabiy-badiiy nashri hisoblangan «Sharq yulduzi» jurnalida avval bo‘lim mudiri, so‘ngra mas’ul kotib lavozimlarida ishlaydi. 60-70-yillarda hozirgi «O‘zbekiston ovozi» gazetasida, yuqori idoralarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritadi. 1981-yildan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida direktor, 1985-yildan esa Respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1990-yildan boshlab o‘n besh yildan ortiq davr mobaynida O‘zbekiston Davlat mukofotlari qo‘mitasida mas’ul kotib, rais o‘rinbosari bo‘lib xizmat qildi.
J.Jabborovning dastlabki she’rlari o‘tgan asrning 50-yillari boshlarida matbuotda e’lon qilingan. 1953-yili shoirning «Vatanimni kuylayman» nomli ilk she’riy to‘plami nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Bahor nafasi» (1956-yil), «Maqsad yo‘lida» (1958-yil), «Tog‘lar sadosi» (1961 -yil), «Ona yer qo‘shig‘i» (1962-yil), «Subhidam xayollari» (1964-yil), «Ilhom daqiqalari» (1971-yil), «Sohillar hikoyasi» (1974-yil), «E’tiqod» (1978-yil), «Xayolimda o‘zing» (1985-yil), «Ko‘nglim go‘zali» (1991-yil), «Ajab dunyo sevgisi» (1996-yil), «Hayrat olami» (2004-yil), «Sevgim samosi» (2006-yil), «Yulduzlarda xayolim» (2006-yil) kabi o‘ttizdan ortiq she’riy, nasriy va dramatik asarlari to‘plamlari chop etiladi. Bu to‘plamlardagi asarlarda shoirning ona yurtiga muhabbati, uning bunyodkor, oliyjanob kishilari mehnatiga hurmati, tabiat go‘zalliklari, yaratish zavqi, buyuk ajdodlarga so‘nmas ehtiromi, do‘stlik, muhabbat, sadoqat, vafo, insoniylik kabi bezavol fazilatlarni ulug‘lash kayfiyati aks etadi.
To‘plamlarda shoirning lirik kayfiyati ifodalangan she’rlar, g‘azallardan tashqari «Guliston», «Tog‘lar sadosi», «Ona yer qo‘shig‘i», «Yo‘ldagi o‘ylar», «Quyosh yurti» kabi o‘ndan ortiq dostonlari, «O‘jarlar», «To‘ydan oldin tomosha», «Yillar o‘tib», «Cho‘l chaqmog‘i», «Mening oppoq kabutarlarim», «Al-Farg‘oniy» kabi sahna asarlari ham jamlangan.
Jumaniyoz Jabborov mohir tarjimon sifatida ham o‘zbek kitobxonlari orasida e’tibor topgan. Jahon adabiyotining Bayron, Lermontov, Shevchenko, Tagor, Hofiz Sheroziy, Ubayd Zakoniy kabi ulug‘ shoirlari ijodidan namunalar, ayniqsa, buyuk fors shoiri Abdulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asaridan kattagina qismini o‘zbek tiliga she’riy tarjima qilib, boshqa xalqlar bilan adabiyotlar orqali aloqalarni mustahkamlashda ko‘pgina xizmatlar qildi.
Shoir, ayniqsa, Vatanimiz mustaqillikka erishgach, alohida jo‘shqinlik bilan ijod etmoqda. Istiqlol sharofati bilan o‘tkazilayotgan barcha yirik bayram tadbirlarida boshqa ijodkorlar qatori J.Jabborov she’rlari, qo‘shiqlari ham yangraydi. Bular o‘z navbatida shoirning so‘nggi yillarda chop etilgan «Sevgim samosi» (2006-yil), «Tug‘ilgan kuning» (2008-yil) to‘plamlarida jamlandi. Uning «Neksiya», «Otabek va Kumushbibi», «Oysaraning tug‘ilgan kuni» nomli oxirgi yillari yaratilgan pyesalari mamlakatimiz teatr sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yilib kelmoqda.
Ana shu xizmatlari uchun ijodkor «O‘zbekiston xalq shoiri» (1997-yil) unvoni va Vatanimizning qator mukofotlari bilan taqdirlandi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish