Blis savollar. Bunda oldindan o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Va uyga vazifa qilib har guruhga “Farhod va Shirin” dostoni bo’yicha 5 dan blis savollar tuzib kelish topshiriladi. Dars jarayonida guruhlar bir-biriga shu savollarni beradi. Taxminiy savollar:
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonini yana qanday nom bilan ataydi? - “shavq dostoni”
Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi-ustozi kim? – Mulkoro
Farhod to‘siqlarni mardona yengib, qanday boyliklarni qo’lga kiritadi? - Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo‘lga kiritadi.
Farhodning do’sti kim? – Shopur
Shirin qayerlik? – Arman yurtidan
Shirinning xolasi kim? – Mehinbonu
Farhod va Shirin ilk bor qayerda uchrashadilar? – tog’da
Farhod va Xusravning suhbati qayerda bo’lib o’tadi? – Xusravning qarorgohida
Farhodning o’limiga kim sabab bo’ldi? – hiylagar kampir orqali Xusrav
Farhod o’limi oldidan nimalarga murojaat qiladi? – ajal, falak, dunyoga
Do'stlaringiz bilan baham: |