II. O‘TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: (Uy vazifasi va o‘tilgan mavzular nazorati)
O’tilgan mavzu: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi
Oʻquvchilar 3 guruhga boʻlinadilar va oʻzlariga nom topadilar, nomlarini izohlaydilar.
1-guruh – Shayxzoda
2-guruh – Manguberdi
3-guruh – Jaloliddin
I topshiriq. Uch guruhdan ikkitadan o‘quvchiga “Chalkash ma’lumotlar” beriladi. O’quvchilar uchinchi ustunga ikki ustunni moslovchi raqamlarni qo’yadilar.
”Shayxzoda” guruhiga
1.
|
“Toshkentnoma”
|
|
Fashizmni yoʻq qilishga va xalqni matonatga undovchi asar
|
2.
|
“Oʻn she’r”
|
|
Teran falsafiy va samimiy tuygʻularga boy asar
|
3.
|
“Koʻngil deydiki”
|
|
30-yillarda yozilgan toʻplami
|
“Manguberdi ” guruhiga
1.
|
“Uchinchi oʻgʻil”
|
|
Dramatik asar
|
2.
|
“Zamon toplari”
|
|
She’riy toʻplam
|
3.
|
”Jaloliddin Manguberdi”
|
|
doston
|
“Jaloliddin ” guruhiga
1.
|
“Yangi devon”
|
|
40-yillarda yozilgan toʻplami
|
2.
|
“Zamon torlari”
|
|
30-yillarda yozilgan toʻplami
|
3.
|
“Kurash nechun”
|
|
50-yillarda yozilgan toʻplami
|
II topshiriq. “Raqamlar so‘zlaganda” . Raqamlarni o‘tilgan mavzu bilan bog‘lab ma’lumot bering. Guruhlarning qolgan o’quvchilari “Klaster” usuli bilan ishlaydi. Toʻliq va tez javob topgan guruh ragʻbatlantiriladi.
“Chalkash ma’lumotlar” jadvali tahlil qilinadi.
III topshiriq. ”Dilbar shaxsiyatlar” sahifasi. Maqsud Shayxzodaning ijodi umumlashtiriladi:
Ma’lumki, har bir ijodkorning o‘z ijod yo‘nalishi bo‘ladi. Har bir ijodkor ijodida o‘ziga xos jihatlarni o‘ziga xos tilni uchratamiz. Shu bilan birga ba’zi ijodkorlarning hayot yo‘lida, ba’zi ijodkorlarning ijod yo‘nalishida umumiylikni ham ko‘rishimiz mumkin. Quyida nomlari berilgan ijodkorlar bilan Maqsud Shayxzoda o‘rtasida qanday umumiylik borligi tahlil qilinadi.
“Shayxzoda” guruhiga
1.Maqsud Shayxzoda va Hamid Olimjon
(Eng yaxshi ertak-doston mualifilari)
“Manguberdi” guruhiga
2. Maqsud Shayxzoda va Alisher Navoiy (Shayxzoda Navoiy ijdini oʻrgangan olim)
(M.Shayxzoda olim sifatida Navoiy ijodini oʻrgangan va “Gʻazal mulkining sultoni” degan bahoni bergan)
“Jaloliddin ” guruhiga
3. Maqsud Shayxzoda va Said Ahmad
(Ikkala adib ham 50-yillar qatagʻon siyosatida ayblanib qamoqqa olingan va keyinchalik oqlanib, ozod etilgan.)
O‘qituvchining umumlashtiruvchi so‘zi:
Shayxzoda ijodi bir ummon. Bu ummondan ilm gavharlarini terish uchun, hammadan harakat talab etiladi. Bu sa’y-harakatga kirishishda davom etar ekanmiz, bugun Shayxzoda ijodiga murojaat qilamiz va aynan uning ijodi gultoji hisoblangan “Jaloliddin Manguberdi” dramasi bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |