Maf’ulu mafoiylu mafoiylu faulun
Taqte’si:
– – v / v – – v / v – – v / v – –
G’azalni baytma-bayt qolip asosida jadvalga quyidagicha joylashtirish mumkin:
Sen-san se
|
va-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
– – v
|
v – – v
|
v – – v
|
v – –
|
Qon-dir ji
|
ga-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
– – v
|
v – – v
|
v – – v
|
v – –
|
Hij-ron ke
|
cha-si char-xi
|
fa-lak-ka ye
|
ta-r ey moh
|
O-hi sa
|
ha-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
Haq-qo-ki
|
qi-lich kel-sa
|
bo-shim-g’a e
|
shi-king-din
|
Yo’q-tur gu
|
za-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
Us-ruk ko’
|
zi-ng ash-ko-li
|
na har gak na
|
za-r et-sam
|
Qol-mas xa
|
ba-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
Yo-qu-b
|
bi-kin ko’p yi
|
g’i-din qol-ma
|
d- sen-siz
|
Nu-ri ba
|
sa-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
Oy yu-zi
|
nga ko’z sol-g’a
|
li o’z-ga ki
|
shi bir-la
|
Yo’q-tur na
|
za-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
Ish-q o’-ti
|
da Lut-fiy yu
|
zi ol-tun-ni
|
ya-shir-di
|
Ey siy-m
|
ba-rim xo-h
|
i-non xo-h
|
i-non-ma
|
G’azaldagi qo’shib o’qiladigan (vasl qilinadigan) so’zlarni ko’rib o’tamiz. G’azalning 2-bayti 1-misrasidagi “yetar” so’zining oxiridagi “r” undoshi o’zidan keying “ey” so’ziga, 4-baytdagi “ko’zing” so’zining oxirgi “ng” tovushi o’zidan keying “ashkolina” so’ziga, shu misra davomidagi “nazar” so’zining oxiridagi “r” undoshi o’zidan keyingi “etsam” so’ziga, maqta’dagi “ishq” so’zidagi oxirgi “q” undoshi o’zidan keying “o’tida” so’ziga vazn talabi bilan qo’shib o’qiladi.
8-sinf adabiyot darsligida o’rganish va tahlil qilish uchun A.Navoiyning bir necha mash’hur g’azallari kiritilgan. Shulardan “Qilg’il” radifli (Qaro ko’zum) g’azalining vaznini baytma-bayt ko’rib o’tamiz. “Ushshoq” kuyiga solib aytilgani uchun “Ushshoq” ashulasi deb ham yurutiladi.
G’azal 8 baytdan ibotrat. U mujtass bahrining mujtassi musammani maxbuni maqtu’ vaznida yozilgan. G’azalning afoyili va taqte’sini ko’rsatgan holda quyidagi jadvalga (qolipga) joylashtirish mumkin:
ma fo i lun
|
fa i lo tun
|
ma fo i lun
|
fa’ lun
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Qa-ro ko’-zum
|
ke-lu mar-dum
|
lig’ em-di fan
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Ko’-zim qa-ro
|
si-da mar-dum
|
Ki-bi va-tan
|
qilg’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Yu-zing gu-li
|
ga ko’-ngul rav
|
za-sin yasa
|
gul-shan
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Qa-ding ni-ho
|
li-g’a jon gul
|
sha-nin cha-man
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Ta-ko-va-ring
|
g’a ba-g’ir qo
|
ni-din xi-no
|
bog’-la
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
I-ting-g’a g’am
|
za-da jon rish
|
ta-sin ra-san
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Fi-ro-q to
|
g’i-da to-pil
|
sa tuf-ro-g’im
|
ey charx
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Xa-mir e-tib
|
ya-na ul tog’
|
da ko’-h-kan
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Yu-zing vi-so
|
li-g’a yet-sun
|
de-sang ko’-ngul
|
lar-ni
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
So-ching-ni bosh
|
Ti-n a-yoq chin
|
i-la shi-kan
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Xa-zon si-po
|
Hi-g’a ey bo
|
g’-bon e-mas
|
mo-ne’
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Bu bo-g’ to
|
mi-da ga-r ig
|
na-din ti-kan
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Yu-zi-da ter
|
ni ko’-ru-b o’l
|
sa-m ey ra-fiq
|
me-ni
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Gu-lo-b i-la
|
yu-vu gul bar
|
gi-din ka-fan
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
Na-vo-yi an
|
ju-ma-ni shav
|
q jon a-ro
|
tuz-sang
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
A-ning bo-shog’
|
li-g’ o’-qin sham’
|
i an-ju-man
|
qil-g’il
|
v – v –
|
v v – –
|
v – v –
|
– –
|
G’azaldagi o’ta cho’ziq bo’g’inlar va qo’shib o’qiladigan so’zlarni ko’rib o’tamiz:
4-bayt 1-misrasidagi “firoq” so’zining 2-bo’g’ini, shu baytning 2-misrasidagi “ko’hkan” so’zining 1-bo’g’ini, 6-baytdagi ikki joyda kelgan “bog’” so’zlari o’ta cho’ziq bo’g’in hosil qiladi va bir cho’ziq, bir qisqa bo’g’inlarga (– v) ajratiladi.
5-bayt 2-misrasidagi “boshtin” so’zining oxiridagi “n” undoshi keying so’zning boshidagi “a” unlisiga qo’shib o’qiladi.
Didaktik tahlil namunasi
S.Ahmadning “Qorako’z majhun” hikoyasini o’rganish
Hikoyani o’rganishdan oldin guruhlarga quyidagi topshiriqlar tarqatilib, bahsga chorlanadi:
1-topshiriq: “Bo’rixondan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi” gapining mazmunini sharhlang.
2-topshiriq: Bo’rixonning qaysi ishini oqlash yoki kechirish mumkin?
3-topshiriq: Missionerlik va uning salbiy oqibatlari haqida fikr yuriting.
4-topshiriq: Nima sababdan Saodat ayaga “Hoji ona” deb janoza o’qildi?
10-sinf adabiyot darsligida yozuvchi S.Ahmadning “Qorako’z majnun” hikoyasi berilgan. Adibning bu asari mustaqillik yillarida yozilgan eng yaxshi hikoya deb tan olingan.
Hikoyaning bugungi kun uchun ahamiyati shundaki, hozirgi globallashuv sharoitida ba’zi e’tiqodi sust yoshlarimizning arzimas hayotiy manfaatlarni deb adashgan oqimlarga yoki missionerlarning tuzog’iga ilinib qolayotgani sir emas. Bu hikoyada ana shunday adashganlarning oqibati nima bo’lishi hayotiy voqealar asosida jonli tasvirlab berilgan.
Yozuvchi hikoyaga bir yo’la ikkita epigraf tanlaydi. Birinchisi Qur’oni Karimning “Baqara” surasi 217-oyati va ikkinchisi hadisi sharifdan “As’hobi kahfning vafodor iti” haqidagi rivoyat. Shuni qayd etish kerakki, hikoyaning mazmunini ochishda shu epigraflar juda o’rinli tanlangan.
Biri kam dunyo deganlaridek, shohning ham , gadoning ham hayotda o’ziga yarasha armonlari bo’lar ekan. Yoshi saksonga yaqinlashgan Saodat momoning ham bir armoni: qizi Qumrining farzandsizligi tufayli turmushidan yolchimagani bo’lsa, bir muammosi o’g’li Bo’rixonning uzoq yurtda yashab ota-onasini, qarindosh-urug’larini yo’qlamasligidir.
Saodat momoning eng yaqin hamrohi, suhbatdoshi, yordamchisi Qorako’z degan iti. Momo Qorako’zni oilaning bir a’zosi deb biladi.
Uyda o’tiraverib, zerikkanidan Saodat aya bir kuni Chirchiqdagi qizining uyiga borib kelish uchun ko’chaga chiqdi. Momoga Qorako’z hamrohlik qildi. U yo’l-yo’lakay iti bilan suhbat qurib borib qaytdi.
“U uyiga yaqinlashganda eshigi oldida u yoqdan bu yoqqa shoshib yurayotgan odamlarni ko’rib, yuragi hapqirib ketdi. Qadamini tezlatdi. Eshik oldida turganlar unga qulluq bo’lsin, sevinib qoldingizmi, qariganingizda dilingizga yorug’lik tushgani muborak bo’lsin, deyishardi.”
Uzoq kutilgan intizorlikdan so’ng, nihoyat, o’g’li Bo’rixon kelgani ma’lum bo’ldi. onasi Bo’rixon bilan ko’rishganda undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi. U ona tilini unutgan, ruscha gapiradi.
Bo’rixonning bo’ynidagi zanjir uchida yaltirgan butni ko’rgan kampirning bor umidi so’ndi. Chunki o’g’li armiya xizmatini o’tab bo’lgach, butxona xodimining erdan chiqqan qiziga uylanib, qizning undovi bilan xristian dinini qabul qilgan edi.
Yakuniy qism
Aziz ustozlar, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan katta e’tiborni hisobga olib, ko’p yillik ish tajribamdan kelib chiqib ayrim sinflarda adabiyot darsinig o’qitilishi, mavzu tahlilining ayrim qirralariga e’tibor qaratdik. Bu bilan darsni xuddi shunday tashkil etish lozim degan fikrdan yiroqmiz. Asosiy maqsadimiz esa yosh avlodni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |