4-talaba:
Hunarni asrabon netgumdir oxir
Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
5-talaba
:
Chin so„zni yolg„onga chulg„ama
Chin ayta olur tilni yolg„onga bulg„ama.
6-talaba:
Umrni zoye etma mehnat qil
Mehnatni saodantning kaliti bil.
(Navoiy g„azali bilan aytiladigan qo„shiq ijro etiladi. Talaba qiz raqs ijro etadi)
1-boshlovchi:
Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilda birinchi bo‗lib ―Xamsa‖
yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat ikki yilda besh yirik dostondan iborat
―Xamsa‖ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo‗r shodlik bilan qarshi
oldi .Abdurahmon Jomiy Navoiy ―Xamsa‖siga yuksak baho berdilar.
Husayn
Boyqaro
buyuk shoirini oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib Hirot ko‗chalarini
aylantirgan.
(“Xamsa” asari haqida tashrif buyurgan olimlardan biriga so„z beriladi).
2-boshlovchi:
―Xamsa‖ning birinchi dostoni ―Hayrat ul- abror‖ (Yaxshi
kishilarning hayratlanishi), falsafiy axloqiy-ta‘limiy asar. Hajmi 3988 bayt 63 bob
bo‗lib ularning 21 bobi muqaddima 20 bobi maqolat 20 bobi hikoyat va masallar,
oxirgi 2 bobi xotimadan iborat.
1-boshlovchi:”
Xamsa‖ning ikkinchi dostoni ―Farhod va Shirin‖ dostonidir.Hajmi
5782 bayt. Dostondagi
voqea insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga
o‗zligini
tanitadi, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Dostonda Navoiyning komil
inson haqidagi orzu –o‗ylari ham ifoda etilgan.
2-boshlovchi:
―Layli va Majnun‖ ―Xamsa‖ning uchinchi dostondir. Unda oldingi
dostonda bo‗lgani kabi zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga eshligi o‗zining
go‗zal badiiy ifodasini topgan. U mazkur doston bilan o‗zbek
adabiyotida bu
mavzuni boshlab berdi.
1-boshlovchi:
―Sab‘ai Sayyor‖ dostoni yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri
mavzusini yoritadi.
Navoiy asar voqealarini o‗z
Vatani Xuroson, Movaraunnahr hayoti bilan
bog‗lashga harakat qildi. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi.
2-boshlovchi:
―Xamsa‖ning yakunlovchi ―Saddi Iskandariy‖
dostoni dunyoning
mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag‗ishlangan. ―Saddi Iskandariy‖
dostoni hajmi jihatidan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan.
1-boshlovchi:
Navoiyning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe‘ e‘tibori
saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqiga hazar qilmaydigan amaldorlarni
tashvish solib qo‗ydi. Ular shohning adolat talab amirini ko‗zdan uzoqroqqa
jonatish yo‗lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo‗ldilar. Shoir 1487-1488-
yillarda
Astrobodga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi.
(Sahna ko„rinish, boshlovchi sharhlab turadi)
Boshlovchi:
Uch yomonning ta‘rifi.
Sulton Husayn bir kuni o‗z vazirlarining aql farosatini donishmandligini sinab
ko‗rish uchun ularni huzuriga chaqiribdi:
Do'stlaringiz bilan baham: