ABDULLA QODIRIY (1894 1938)
1. Abdulla Qodiriy qachon va qayerda tug‘ildi?
J: 1894yil 10aprelda Toshkent shahrida
2. 1917yilgi to‘ntarishgacha’Abdulla Qodiriy qanday yumushlar bilan band bo’lgan?
J: Prikazchik, ustachilik, bog bonlik
3. Abdulla Qodiriy qachon, nima sababdan qamoqqa hukm qilindi? J: 1926yil Sho‘ro rahbarlarini matbuot orqaii obro‘sizlantirdi degan ayblov bilan
4. Abdulla Qodiriy ikkinchi marta qachon qamoqqa hukm qilindi? J: 1937yilning 31dekabrida
5. Anvar Qo’qonning qaysi mahallasida tug‘ilgan?
J: Baxmalbof mahallasida
6. Anvar qanday oilada tug‘ilgan va nechanchi farzand edi? J: Kambag‘al bo‘yoqchi oilasida oltinchi farzand
7. Anvaming otasi va onasining ismi?
J: Otasi Salim bo‘yoqchi, onasi Anorbibi
235
8. Anvarga qachon ism qo’yildi va uni kim qo‘ydi?
J: Yigirma ikkinchi kuni opasi Nodira
9. Salim bo’yoqchi qaysi kasallikdan vafot etadi?
J: Bobosir kasalligidan
10. «Qush tilini qush biladir» maqoli qaysi asarda bor?
J: «Mehrobdan chayon» romanida
12. Anvar akalarining ismi?
J: Temur va Qobil
13. Anvar necha yoshida otaonasidan yetim qoladi?
J: Uch yoshida otasidan, olti yoshida onasidan
14. Anvar kimning tarbiyasida edi?
J: Opasi Nodiraning
15. Anvar necha yoshdan Solih mahdumga farzandlik ka berildi? J: 12 yoshidan
16. Anvarga Ra’noni bermoqchi bo’lgan va uni maxdumga o‘g‘il qilib olishga ko‘ndirgan kim?
J: Maxdumning onasi Mohlar oyim
17. Anvarning bolalikdagi do‘sti kim? J: Nasim
18. Nasim kimning o’g‘li edi?
J: Muhammad Rajab poygachining
19. Nasim necha yoshida chechak kasalidan vafot etdi? J: 15 yoshida
20. «Ochilmay so‘lsa har gul g‘unchasi piru juvon yiglar, Emas piru juvon, balki hamma ahli jahon yig‘lar» misralari kim tomonidan qanday munosabat bilan yozilgan?
J: Anvar tomonidan do‘sti Nasimning vafoti muno sabati bilan
21. Anvar do’sti Nasim tufayli saroyga qanday ishga joylashadi? J: Mirza
22. Anvar saroyda necha tillo maosh olar edi?
J: Oyiga yetti tillo
23. Anvar saroyda qanday lavozimgacha ko‘tariladi?
J: Mirzaboshilik
24. «Mohonadan tashqari soliqlardan ham darxon liq qog‘ozi oldi». Ushbu parchadagi «darxonliq» so‘zining ma’nosini toping. J: Ozod etishlik
25. Maxdum uchun «moloya’ni» qiymatsiz hisoblan adigan narsalar qaysilar?
J: Ovqat, kiyimkechak va shu kabilar
26. Anvarning qochish mojarosini tahlil qilishga kimlar yig ilgan edi? J: Shahodat mufti, Kalonshoh mirzo, Mul la Abdurahmon
27. Anvarning Ra’no bilan qochib Sultonalining uyiga borishi va Sultonalining erta tongda yugurib, bundan xa bardor qilish uchun xon huzuriga borishi kimga shubhali tuyuladi? J: Mulla Abdurahmonga
28. Sultonali bilan Anvarning xonga firib berganligi haqida ariza yozish fikri kimdan chiqdi?
J: Shahodat muftidan
29. Arizani kim yozdi?
J: Kalonshoh yozdi, mufti tahrir qildi
30. Sabnoma so’zining ma’nosini toping.
J: So‘kib, tahqir qilib yozilgan xat
31. Sharif va Rahim kimlarning o‘g‘li edi?
J: Temirchi va shustagarning
32. «Qo‘rqinch bir jasorat» deganda qaysi voqea nazarda tutilgan?
J: Anvarning o‘z ixtiyori bilan garovdagi Sultonalini ozod qilish uchun xon huzuriga o‘limni bo‘yniga olib kelishi
33. Anvar xon huzuriga Sultonalini olimga olib chiqilishi ga qancha qolganda kirib boradi? J: Bir soat qolganda
34. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? «Bukun peshindan bir oz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib keluvchi bir arslonni o‘z tarixi da birinchi marotaba ko’rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat birnecha daqiqalargacha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdiv>.
J: «Mehrobdan chayon»da Anvarning jasorati
35. «Mehrobdan chayon» romanidagi hudaychining ismi? J: Darvesh hudaychi
36. Anvar kirganda xon huzurida kimlar bor edi?
J: Domla shig‘ovul, Tursun otaliq va bir necha a’yonlar
37. Ushbu parchada nuqtalar o‘rniga qaysi personajni qo‘yish mumkin va u qaysi asardan olingan: «Raqibini bu qadar jasoratda ko’rgan ...ning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so’z topolmagandek tamshanib tur div>? J: «Mehrobdan chayon»dan, Xudoyorxon
38. «Mehrobdan chayon»da Xudoyorxon Anvarni jallodlar qoliga topshirganda Anvar nima uchun qarshilik ko‘rsatadi va qaysi so’zda turib oladi?
J: Sultonalini Anvarning ko‘z o‘ngida ozod qilma gunlaricha bir qadam ham siljimaslikka ahd qiladi
39. «Mehrobdan chayon»da Xudoyorxon Anvarning qaysi so‘zlaridan keyin g‘azab o’tida alangalanadi?
J: Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kam bag‘al uylanmoqchi bo’lgan qizga ham zo’rlik qilish bormi, qiblayi olam!?
40. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? «Shayx Sa’diy aytgancha, dunyoda hayotidan qo‘i yuvguvchidek tili uzun kishibolmas. Darhaqiqat, insonni razolatga solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu ikkisidan kechguvchiga esa podshoning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdin>. J: «Mehrobdan chayon» romani
41. «Mehrobdan chayon» romanida quyidagi fikrlarni kim kimga aytgan? «Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz, men... men to‘g‘rilik samarasini o’raman; siz iflos vijdon bilan g‘olib siz, men, men sof vijdon bilan g‘olibman... meni dor osti ga kim keltirdi? Vijdon emasmi, taqsir! Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi? Ifloslik emasmi, taqsir?»
J: Anvar Abdurahmonga
42. «Mehrobdan chayon» romanida quyidagi fikrlar ni kim kimga aytgan? «Mening holimni ko’ringiz, domla, qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjaryaltiraydi. Lekin men ku laman...Nima uchun bunday, taqsir! Chunki vijdon rohatda, jon tinch. Yurakda ishq!.. Durust, men ko‘milgach, qabrim ustida ko’ksi dog‘li qizil lolalar ko’karar... Nimadan bu? Bu sizning kabi tubanlar solgan iz!.. »
J: Anvar Abdurahmonga
43. Anvar Xon tomonidan o’limga hukm qilinganda kim uning gunohini so’raydi?
J: Muhammad Niyoz domla
44. Barimta so’zining ma’nosini toping.
J: Garovga olingan odam
45. Anvarning «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, un ing umri shunchalik qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir» so‘zlari kimga nima maqsadda aytilgan? J: Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun
46. «Mehrobdan chayon» romanida Anvar bilan Sultonalining mojarosini tahlil qilish va bu haqda xonga ari za yozish voqeasi asarning qaysi bobida aks etgan?
J: «Chayonning namoyishi» bobida
47. «Mehrobdan chayon» romanida domla Abdurah mon Sultonali va Anvarning mojarosini kimdan eshitganini aytadi? J: Mirzo Boisdan
48. «Mehrobdan chayon» romanidagi qaysi personaj nutqida «pala’nat» so’zi ko‘p ishlatiladi? J: Sharifboy
49. «Mehrobdan chayon» romanida Anvar akasi Qobildan uning do’stlarini mehmon qila olmaganligi uchun uzr so‘rab qancha pul berib yuboradi? J: Ikki tillo
50. «Mehrobdan chayon» romanida Anvarning qaysi so‘zidan keyin Xudoyorxonning manglayida terlar ko’rindi, g‘azab o’ti alanga oldi? J: Boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonchilik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
51. Anvarning buxorolik bir sarkardaning eshigida xizmat qiluvchi akasi kim edi? J: Qobil
52. Anvar bilan Sultonalining maktublarini kim ularga yetkazib turar edi? J: Safar aka
53. Anvarning og‘asi Qo‘qonga kimlar bilan kelgan edi?
J: Sharif va Rahim
54. «Mehrobdan chayon» romanida Solih Maxdum ning «ko’zlari g‘ilaylashgan, aftida qiziq bir o’zgarish ko‘ri lib, og‘zining tanobi uzoq sayohatni ixtiyor qilgan» holda qachon uchratamiz? J: Anvar birinchi marta maosh olib, domlaga olib kelganda
55. Anvarning ikkinchi maoshidan olib qolgan uch tillo sidan o’zidan tashqari Nigor oyim va Ra’no qanday sarpo lar kiydi? J: Nigor oyim sholpar, Ra’no atlas kiydi
56. «Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lmaqo‘l bo’lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jurnali hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun navbat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lma$ edi». Ushbu ta’rif qaysi adib asarlari haqida? J: Abdulla Qodiriy
57. Otaonasining tilaklariga qarshi, faqat ularning baxtsizlik va qashshoqliklariga sababchi bo‘lib tug‘ilgan asar qahramoni kim? J: Anvar
58. «Mehrobdan chayon» romanida Anorbibi qaysi ka sallikdan vafot etgandi? J: Yurak falaji
59. Anvar necha yoshida uchinchi oilani ko‘rdi?
J: 12 yoshida
60. Anvarning uchinchi oilani ko‘rishida uni eng xur sand qilgan narsa nima edi?
J: Maktabdagi bolalarning ozor berishidan qutuli shi va domlaning asrandi o‘g‘li maqomini olishi
61. Anvar necha yoshidan xalfalik, ya’ni domlaga yor damchilik qila boshladi? J: 13 yoshdan
62. Anvar necha yoshida maktabni yolg‘iz o‘zi idora qila oladigan darajaga yetish bilan birga yaxshigina forsiyxon va bir darajada arab tiliga oshno bo‘ldi? J: 15 yoshda
63. Nasimning otasi Muhammad Rajab kim bo’lib ish lardi? J: Xon mirzaboshisi
64. Anvar qaysi kunlari do‘sti maxdumdan izn olib Na simning uyiga borib turardi? J: Juma kunlari
65. Maxdum qachon Anvar haqida: «Sen odam bo‘ladurg‘an ko‘rinasan», deb o’ylaydi?
J; Muhammad Rajabbek unga sarpo berganda
66. Muhammad Rajabbek Anvarga o‘z iltifotini namo yish qilishni nimadan boshladi? J: Anvarning marsiyasi dan bir baytini Nasimning qabrtoshiga olishdan
67. Qachondan Anvarning hayotida yangi bir sahifa ochildi, ya’ni maxdum unga ilgarigicha istiqboli qorong‘u yetim deb qaramay, balki Anvar kabi o‘g‘li bo’lmaganiga o kina boshlaydi? J: Anvarga Muhammad Rajabbek ilmi hisobdan yangi domla tayinlaganda
68. Anvar necha oygacha maoshining hammasini max dumga berib turdi? J: Yettisakkiz oy
69. Oltin berib quruq duo va minnatdorchilik olishdan duosiz yebichishni afzal ko‘rgan qahramon kim?
J: Anvar
70. Anvar maxdumdan necha tillolik duo olib turishni odat qilib oldi? J: Ikki tillolik
71. «$ultonalidek bema’niga bosh eggandan har ro‘z o‘n tayoq yegan yaxshi», deb kim zorlanadi?
J: Shahodat mufti
72. «Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi» maqoli kim tomonidan qo‘llanilgan?
J: Mulla Abdurahmon tomonidan
73. Anvar nima sababdan saroyda mirzaboshilik la vozimiga ko’tarildi?
J: Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli
74. «Suygan yorim sen bolsang, ko‘rgan kunim ne bo‘lg‘ay?» Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J: Shahodat muftining
75. Kichkina hovoncha boshidagi oq tepchima to‘ppi va qora uzun soqoli uni hindularning savdogari qiyofatiga qo‘yg‘an edi. Ushbu ta’rif kim haqida?
J: Abdurahmon domla
76. Sultonalini zindondan ozod qilish fikri kimdan chiqqan? J: Rahimdan
77. «Xotinqizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham jasurroq shaxslarni ko‘p uchratamiz. Shuning bilan bir ga, ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana hissiyotlarga mag‘lub ko‘ramiz». Ushbu parcha qaysi asar dan olingan?
J: «Mehrobdan chayon» romanidan
Do'stlaringiz bilan baham: |