Adabiyot 7-sinf


ABDULLA QAHHOR (1907 1968)



Download 97,59 Kb.
bet21/25
Sana28.07.2021
Hajmi97,59 Kb.
#131530
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7-sinf savol-javobdocx

ABDULLA QAHHOR (1907 1968)

1. Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug‘ilgan?

J: 1907yil 17sentabrda Qo‘qonda tug‘ilgan

2. Abdulla Qahhorning ijodi qachondan boshlangan?

J: 1924yildan

3. Abdulla Qahhor qaysi gazeta va jurnallarda ishla gan? J: «Qizil O’zbekiston», «Yangi Farg‘ona» gazeta larida, «Mushtum», jurnalida

4. Qaysi romani Abdulla Qahhorga katta shuhrat kel tirdi va u qachon yozilgan? J: «Sarob» romani 1934yilda

5. Dramalarini toping. J: «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim»

6. «o’g‘ri» hikoyasiga qaysi maqol epigraf qilingan?

J: Otning o’limi itning bayrami

7. «o’g‘ri» hikoyasi qanday boshlanadi?

J: Kampir tong qorong‘usida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan

8. «o’g‘ri» hikoyasida Qobil bobo nima uchun ellik boshiga pora berdi? J: Ellikboshining ho‘kizni naqd qilib qo‘ygani go‘yo ko‘chaga chiqsa bas ho’kiz topiladi. Bu «xudo yarlaqagur» shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozimda. Tekinga mushuk oftobga chiq maydi. Bu odam ellikboshi bolish uchun ozmuncha pul sochganmi?

9. Ellikboshi amalga erishish uchun mingboshiga nima lar bergan? J: Yetti yuz bog‘ beda, bir toy

10. Ellikboshi Qobil bobodan pul olgandan keyin be to’xtov kimga xabar bermoqchi ekanligini aytadi?

J: Aminga

11. Aminga Qobil bobo borishidan oldin qanday maqol lar ishlatilgan? J: Quruq qoshiq og‘iz yirtadi; berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz

12. Aminga beriladigan pul Qobil boboning ta’biricha, qaysi chiqim edi? J: Bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘yni dan boglab beradigan chiqim, shuning uchun pulning betiga qaramaslik kerak

13. «0‘g‘ri» hikoyasidagi qaysi personaj baqbaqasini osiltirib kuladi? J: Amin

14. Amin kimga xabar bermoqchi ekanligini aytadi?

J: Pristavga

15. Kampir azayimxonga qancha chiqim qildi?

J: Yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi

16. «0‘g‘ri» hikoyasidagi qaysi personaj: «Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!» deydi? J: Amin

17. «0‘g‘ri» hikoyasidagi qaysi personajni «begim de guncha kishining beli sinar ekan»? J: Pristavni

18. Qobil bobo pristavga nimalar olib bordi va nega uning oldiga kirolmadi? J: 3 ta tovuq, 100 ta tuxum, ammo bu tortiq bilan tilmochdan nariga o‘tolmadi

19. Pristav Qobil bobodan nimalar olgandan keyin kim ga jo natadi? J: Bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pul olgandan keyin aminga bor dedi

20. «0‘ynashmagin arbob bilan seni urar har bob bi lan» maqoli qachon aytilgan?

J: Qobil bobo pristav huzuriga borganida

21. Amin Qobil boboni kimga jo’natdi?

J: Ellikboshiga

22. Ellikboshi qaynatasining ismi?

J: Egamberdi paxtafurush

23. Egamberdi paxtafurush Qobil boboga nechta ho‘kiz berdi va qanday shart bilan?

J: 2 ta ho‘kiz, shart kuzda ma’lum bo‘ladi

24. 0‘zgalarning baxtsizligini pul topish manbaiga aylantirgan amaldorlar kimning qaysi asarida tasvirlangan?

J: Abdulla Qahhorning «0‘g‘ri» hikoyasida

25. «0‘g‘ri» hikoyasidagi ellikboshi ta’rifiga mos si fatlami toping. J: Qobil boboning qo‘shnisi, burunsiz

26. Ho‘kizning rangi qanday edi? J: Ola ho‘kiz

27. «Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushgan». Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «0‘g‘ri» hikoyasidan

28. «0‘zi qaytib kelmasmikan!.. Birov olib ketsa qay tib kelaber deb qo’yilmagan ekanda! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin\» Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?

J: Aminning

29. «Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kapkatta odam... Bitta ho‘kiz bo‘lsa birgap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin\» Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?

J: Ellikboshining

30. Ellikboshining Qobil boboga munosabati uning nutqida qanday ifodalanadi? J: Hikoyaning boshida Qobil boboni «sen»lab, oxirida «siz»lab murojaat qiladi

31. Qobil bobo aminning huzuriga necha marta boradi?

J: 3 marta

32. Unsin qaysi hikoya qahramoni? J: «Dahshat»

33. Unsin Olimbek dodxoning nechanchi xotini?

J: Sakkizinchi

34. Ushbu tasvir bilan qaysi asar boshlanadi? «Ya qin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darichalarga bosh urib uftortadi»

J: «Dahshat» hikoyasi

35. Ushbu parcha qaysi asardan, kimning nutqidan olingan? «8o/a edim. Rahmatii dadam gap yer edilar. Bir mehmonxona yigit...Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Hozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsodning go‘riga pichoq sanchib keladi?» degan gap bo’libdi.

J: «Dahshat» hikoyasida Nodirmohbegim nutqi

36. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? «Ko‘roydin. Osmonning chekkasi sariqkir uvadaga o‘xshaydi. Bir kir shu’la qo‘ynida pastbaland uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qopqora ko‘rinadi»

J: «Dahshat» hikoyasi

37. «Dahshat» hikoyasida qaysi voqeadan keyin ham ma o‘tirgan yerida bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin ol may birbiriga qaradi?

J: Shamoi nimanidir keitirib darchaga urganda

38. Shamol darchaga kelib urgan narsaning bo’yra ekanligi dodxoni bir tomondan sevintirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan nima sababdan qo‘rquvga soladi? J: Bo‘yra odatda tobutga solinadigan edi, u dodxoga odamlar ning yelkasida lapanglab ketayotgan tobutni eslatdi

39. Unsin kimning qizi edi? J: Tegirmonchining

40. Unsinning dodxo dargohiga kelin bo’lib tushganiga necha oy bo’lgan edi? J: Besh oy

41. Asqarponsodning go’riga pichoq sanchib kelishga nechta qo’ydan garov o‘ynalgan edi? J: Bitta qo‘ydan

42. Unsinning «arziydigan narsa bo’lsa borar edim» deganidan g‘ashi kelgan dodxo qabristonga borib kelish uchun qancha narsa taklif etadi?

J: OJdin 10 ta, keyin 100 ta qo‘y va yarim davlatini berishni

43. «Menga davlat kerak emas», degan Unsin ni maning evaziga qabristonga borib, u yerda choy qaynatib kelishga rozi bo‘ladi?

J: Dodxo eshigidan butunlay ketish evaziga

44. Kim Unsinning qabristondan o’ligi kelishiga ko‘zi yetib, ichida faryod chekadi? J: Nodirmohbegim

45. Unsin kimning sag‘anasida choy qaynatib kelishi kerak edi? J: Onhazratim sag‘anasida

46. Unsin qaysi so‘zni takrortakror aytib yuragidagi qo‘rquvni yengmoqchi bo’ldi?

J: 0‘likning joni yo‘q, o‘likning joni yo‘q

47. Unsinning diliga bitta odamchalik quvvat bo‘layot gan gap qaysi edi?

J: 0‘likning joni yo‘q, olikning joni yo‘q

48. Unsin onhazratim sag‘anasiga yetib kelganda ni mani unutib qoldirganini esladi? J: 0‘tin olishni

49. Unsinning o‘ng qo’lida ..., chap qo‘lida ... boraredi. Nuqtalar o‘rniga qo’yilishi lozim bo’lgan buyumlar nomini toping. J: Choynak va qumg‘on

50. Unsin qabristonda nimalarni unutib qoldiradi?

J: Paranjichimmatini va kovushini, qumg‘onni

51. Unsin qabristonda qaysi hayvondan qo’rqib ketadi?

J: Dodxoning maymunidan

52. Unsinning yosh joniga rahm qilishni so’rab kim dodxoga yolvorgani uchun o’ng ko‘zi momataloq bo’lib ket gandi? J: Nodirmohbegimning

53. Kim Unsinga go’ristonda qo‘rqqanga davo bo‘ladi deb go‘ristonning tuprog‘idan yarim piyola choyga Solib ichiradi? J: Nodirmohbegim

54. Unsinga nima uchun dastlab qabriston unchalik dahshatli tuyulmadi? J: Tiriklar go‘ristoni bo‘lgan dodxo dargohining dahshati oldida oliklar go‘ristonining dahshati unga dahshat ko‘rinmas, bundan tashqari, ertagayoq Ganjiravonga jo‘nash, otaonasi, dugonala rini ko‘rish umidi uning boshiga hech qanday yomon fikrlarni yolatmas edi

55. Unsinning vafotidan keyin Nodirmohbegim qanday yo‘l tutadi? J: U ham dodxo eshigini tark etadi

56. «Yig‘lama, yig‘iama deyman! Ho‘kizing oq podsho qo‘i ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladih deya Qobil boboga kim umid bag‘ishlaydi? J: Ellikboshi

57. Qobil aminning: nYaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?» deb bergan savoliga qanday javob qaytara di? J: Qo‘sh mahali

58. Qobil bobo aminning: «Yaxshi ho‘kiz birov yetak iasa, ketaveradimi?» degan savoliga qanday javob qay taradi? J: Bisotimda hech narsa yo‘q

59. «Qidirtirsakmikana? Suyunchi nima bo‘ladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi?» deb Qobil bo boga kim aytgan? J: Amin

60. «Uchta tovuq, garchi kurk bo‘lsa ham, Qobil bobo ning o’zidan chiqdi». Ushbu tortiq kimga atalgandi?

J: Pristavga

61. «Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi». Ushbu holat Qobil boboda qachon kuzatildi?

J: Tilmoch uning tortiqlarini olib, o‘g‘irlangan ho‘kiz haqida pristavga yaxshiiab tushuntirishga va’da berganda

62. Qo‘niqo‘shnif yoru birodarlardan yig‘ib olingan yuzta tuxum kimga atalgandi? J: Pristavga

63. Unsinning qaysi gapidan keyin kundoshlar o‘tirgan joyida yerga qapishib ketdi? J: Yo‘q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz demoqchiman

64. «Unsin ko’kragiga nihoyatda og‘ir bir narsa bilan urilganday ko‘ngli ozib tentirab ketdiyu, yiqilmadi, lekin oyoq uzra turib hushidan ketdi». Unsin qachon shunday ahvolga tushdi?

J: Unsinning yelkasiga maymun o‘tirib olganda

65. «Hamma o‘tirgan yerida go‘yo birqarich cho’kkan day bo‘ldi va tin olmay birbiriga qaradi». Hamma bunday vaziyatga qachon tushadi? J: Shamol bir narsani darcha ga kelib urganda va u narsa sidirilib pastga tushganda

66. «Unsin yelkasiga maymun mingan daqiqalarda qan chalik qo’rqqan bo‘lsa, hozir shu qadar tinchidi, xotirjam bo‘ldi». Unsin nima sababdan xotirjam bolgandi? J: Qan doq berahm bo‘lsa ham, shu atrofda odam bor

67. «Dahshat» hikoyasida «Go‘riston haqida dodxo nimalarni eshitgan bo‘lsa...» deb boshlanuvchi gapda «dahshat» so’zi necha marta qo‘llangan? J: Besh marta


Download 97,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish