6- NAZORAT ISHI
Mavzu:_______________________________________________________________
Nazorat shakli: Test sinovi.
1. Badiiy adabiyot asosiy quroli ko‘rsatilgan qatorni toping?
-
Haykaltaroshlik;
-
Musiqa;
-
Raqs;
-
So‘z.
2. Taronai ruboiyning qofiya tuzilishini aniqlang.
-
a-a-b-a;
-
a-a-a-a;
-
a-b-a-a;
-
b-a-b-a.
3. Parcha bo‘lak ma’nosini bildiruvchi she’riy janrni belgilang.
-
Qit’a;
-
Ruboiy;
-
Murabba’;
-
Fard.
4. Chun g‘araz so‘zdin erur ma’ni anga,
Noqil o‘lsa xoh xotin xoh er
So‘zchi holin boqma,boq so‘z holini
Ko‘rma kim der ani, ko‘rgunkim neder
Ushbu qit’a kimning qalamiga mansub?
-
Navoiy;
-
Bobur;
-
Rabg‘uziy;
-
Gulxaniy.
5. Alisher to‘rt - besh yoshlaridanoq qaysi adiblarning asarlarini berilib o‘qigan?
-
Anvarning g‘azallarini;
-
Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonini;
-
F. Attorning “Mantiqut - tayr”asarini;
-
U. Hayyom ruboiylarini.
6. Sher’iy iste’dodi tufayli Navoiyga, Samarqandda kim ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak berib turgan?
-
Husayn Boyqaro;
-
Abulqosim Bobur;
-
Ahmad Hojibek;
-
Lutfiy.
7. Navoiyning “Xazoyin ul maoniy” devonidan nechta qit’a o‘rin olgan ?
-
231 ta;
-
210 ta ;
-
459 ta;
-
350 dan ortiq.
8. Xalq qo‘shiqlari berilgan qatorni toping.
-
“Binafsha ”,“Galdir”;
-
“Kishan”, “Xalq”;
-
“Sunbula”, “Yo‘l bo‘lsin”;
-
“Alpomish”, “Ravshan”.
9. Gulxaniy qaysi xonlikda yashagan?
-
Xorazm xonligida;
-
Qo‘qon xonligida;
-
Toshkent xonligida;
-
Buxoro xonligida.
10. Abayning asl ismi ko‘rsatilgan qatorni toping.
-
Chingizxon;
-
To‘qay;
-
O‘lan;
-
Ibrohim.
11. Avaz O‘tar qayerda tug‘ilgan?
-
Toshkentda;
-
Xivada;
-
Samarqandda;
-
Buxoroda.
12. “Qoplon” va “Sobiq” hikoyalarining muallifi kim?
-
S. Ahmad;
-
O‘. Hoshimov;
-
O. Yoqubov;
-
A. Qahhor.
13. Zarbulmasal so‘zining ma’nosi berilgan qatorni toping.
-
Ertak , mushuk;
-
Topishmoq , chiston;
-
Maqol , masal, ramzli hikoya;
-
Qissa , rivoyat.
14. Gulhaniyning “Zarbulmasal” asariga kirgan masallar nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
-
“Toshbaqa va chayon”;
-
“Tuya va bo‘taloq”;
-
“Maymun bilan Najjor”;
-
A, B va C javoblar.
15. Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” hikoyatida chayon nega yaxshilikni bilmaydi ?
-
Fe’li ayniydi;
-
Toshbaqa unga og‘irlik qiladi;
-
Uning muddaosi nish urmoq;
-
Do‘st bo‘lmagani uchun.
16. “Zarbulmasal”dagi ota va qiz kim edi?
-
Boyo‘g‘li va Gunashbonu;
-
Yapaloqqush va Kulonkir sulton;
-
Kayqubod va Gunashbonu;
-
Kardon va Gunashbonu.
17. Abay 1896-yilda birinchi marta o‘z imzosi bilan qaysi she’rini e’lon qilgan?
-
“Mas’ud”;
-
“Yoz”;
-
“Qora suv”;
-
“Iskandar”.
18. Abay dostonlari yozilgan qatorni aniqlang.
-
“Yoz”, “Qora suv”;
-
“Mas’ud”, “Iskandar”;
-
“Yurak”, “Muhrim”;
-
“Ko‘ngil”, “ Xalq”.
19. A. Navoiy Samarqandda o‘z davrining yirik olimi bo‘lgan kimning madrasasida bevosita uning o‘z qo‘l ostida tahsil ko‘rgan?
-
Ulug‘bek;
-
Sherdor;
-
Mirarab;
-
Xo‘ja Fazlulloh Abullaysiy.
20. So‘z guhariga erur ancha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf,
To‘rt sadaf gavharning burji ul
Ushbu misralar A. Navoiyning qaysi asarlaridan olingan?
-
“Xamza”;
-
“Lison ut – tayr ”;
-
“Hayrat ul-abror”;
-
“Mahbub ul - qulub”.
Do'stlaringiz bilan baham: |