Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


bet4/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

!
?
7
7
7
7
7
MASHRAB G‘AZALLARI
Mashrabning o‘ziga xos lirikasi mumtoz adabiyotimiz tarixida o‘ch-
mas iz qoldirgan. Uning g‘azallari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ham 
o‘zbek musiqa san’ati xazinasidan munosib o‘rin egallagan. 
Eslang:
Mashrab g‘azallari bilan kuylangan qaysi qo‘shiqlarni bilasiz?
O‘ylab ko‘ring:
Mashrab she’rlarining xalq orasida mashhurligi sabablari nimada 
bo‘lishi mumkin?
Tasavvuf haqida tushuncha
Mumtoz adabiyot, xususan, Mashrab lirikasini tushunish uchun ta-
savvuf (so‘fi ylik) ilmidan xabardor bo‘lish lozim. Tasavvuf insonni komil-
likka yetaklovchi ta’limot bo‘lib, unga erishish uchun bir necha bosqich-
lardan o‘tish talab etiladi:
– shariat – barcha musulmonlar uchun majburiy bo‘lgan islomiy qo-
nun qoidalarga rioya qilish;
– tariqat – tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda 
ixtiyorni pir-murshidga topshirib, poklanish yo‘lida uning ko‘rsatmalariga 
amal qilish (Mashrab ham Ofoqxo‘ja eshonga qo‘l bergan);
– ma’rifat – Allohni tanish;
– haqiqat – Allohga (Haqqa) yetishish.
Tasavvufning asosiy tushunchasi ishq bo‘lib, 
uning ikki turi bo‘ladi:
– majoziy ishq – Alloh yaratgan narsalar va 
mavjudotlarga (shu jumladan, boshqa insonga) 
nisbatan ishq;
– haqiqiy (ilohiy) ishq – Allohga nisbatan ishq.
Ishq ko‘p holatlarda may obrazi orqali ham 
ifodalanadi: may ichish – oshiq bo‘lish demakdir. 
Shunday ekan, may quyiladigan idish – ishqqa 
to‘layotgan koʻngil, mayxona – may ichuvchilar 
(oshiqlar) yig‘iladigan joy, soqiy (may quyuvchi) esa –
may ichish (oshiq bo‘lish) sirlarini o‘rgatuvchi pir. 
Oshiq uchun yor, jonon vasli – Alloh jamolidir. Ishq-
ning yuqori bosqichi majnunlik bo‘lib, bu bosqich-
da oshiq o‘zini unutish darajasiga yetadi. 


8
* * *
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar, 
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye tushsa bo‘lur giryon, 
Bo‘lur besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri hamon o‘rtar.
Nechuk toqat qilay, do‘stlar, bu dard ila bo‘lub hayron,
G‘amim boshqa, alam boshqa, yuragimni nihon o‘rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam fi roqingda, 
“Nigoro!” deb oting aytsam ki, shavqingdin zabon o‘rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfi ng bayon aylay,
Tilim lol-u ko‘zum giryon, soʻngaklarni chunon o‘rtar.
Na qattig‘ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo‘lmoq,
Mening ohim o‘tig‘a bul zamin-u osmon o‘rtar.
Yurakda dard-u g‘am qat-qat, ki menda qolmadi toqat,
Agar bir zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o‘rtar. 
Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmaysan, 
Unum chiqsa yurakdin bu tan-u jon, ustixon o‘rtar. 
Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig‘a solma,
Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o‘rtar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish