25
9-ma`ruza. Sertifikatsiya sinov laboratoriyalari funktsiyalari va jihozlarini
tanlash
Reja:
1. HVI 900 SA va HVI 1000 SA paxta tolasi sifat ko’rsatkichlarini aniqlash tizimi.
2.To’qimachilik tola va iplar xossalarini aniqlash priborlari.
3. Gazlama va trikotaj buyumlari xossasini aniqlovchi priborlari.
Sertifikatsiya laboratoriyalari, ishlab chqarish laboratoriyalari yoki
iste`molchilar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan 3-tomon laboratoriyasidir.
USTER HVI 900 SA yarim avtomatik tizimi. Qo’shma shtatlarning qishloq
xo’jalik departamenti (USDA) tomonidan marketing paxta tizimida belgilangan
ettita fizik tavsiflarni o’lchaydi. HVI 900 SA tizimi: tolaning uzunlik, pishiqlik,
uzunlik bo’yicha bir xilligi, uzayishi, mikroneyri, ranggi ifloslanganlik
ko’rsatkichlarini o’lchaydi. Bu xossalarni barchasi toalaning sifatini aniqlashda va
aralashmani to’qishga tayyorlashni yaxshilashda muhim hisoblanadi.Tolani HVI
900 SA da sinash tizimi kompyuter yordamida kalibrlash va diagnostikani nazorat
qilish bilan birga ishni aniq va ishonchli hamda avtomatlashtirilgan holda
bajarishga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 yanvardagi
6-sonli qarori bilan “2013-2017 yillarda O’zbekiston «Sifat» paxta tolasini
sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta
jixozlash” dasturi tasdiqlandi.
Hozirgi kunda “Tekshirish va nazorat markaziy laboratoriya” siga Uster HVI
M1000 rusumli yuqori samaradorlikka ega bulgan tizim xarid qilindi. 2013-2017
yillar davomida xamma xududiy laboratoriyalarga urnatilishi rejalashtirilgan
O’zbekiston “Sifat” markazida modernizatsiyalash va texnologik jihatdan
qayta jixozlash dasturi asosida hozirda ekspluatatsiya qilinayotgan 35 ta yarim
avtomat Uster HVI 900 SA tizimlarining o’rniga 18 ta avtomatlashtirilgan Uster
HVI 1000 M1000 tizimini harid qilish rejalashtirilgan. Uster HVI 1000
tizimlarining ish unumdorligi mavjud yarim avtomat HVI 900 dan ikki barobar
yuqoriligi hamda texnik xarakteristikalarini takomillashtirilganligi sababli ushbu
uskunalarni qo’llab mavjud tola xajmlarini har bir toyini sertifikatlashtirishga
ketadigan vaqtni qisqartirishga, to’liq avtomatlashtirilganini inobatga olsak inson
omili kamayishi orqali paxta tolasi sinov natijalarining aniqligiga erishiladi hamda
sinovlarning xolisonaligi ta`minlanadi.
To’qimachilik materiallari sertifikatsiyalash (laboratoriyasi) markazi
“CentexUz” TTESI qoshida tashkil etilgan bo’lib, o’z standart agentligi
tomonidan akkreditlashtirilgan. Bu markazda to’qimachilik tola va iplarning sifat
ko’rsatkichlarini to’qimachilik gazlama trikotaj mao buyumlarini xususiyatlarini
aniqlash va ularni baholash bilan faoliyatini yurgizadi.
26
Bu laboratoriyaning tarkibi quyidagicha: direkor; laboratoriya boshlig’i;
etakchi mutaxassis; muxandis; texnik laborantlarning mexaniklar esa jalb qilinadi:
1. Pribor termogigometr-havoning temperaturasini aniqlaydi.
2. Stellan yoritgich asbobi- bu pribor ham ipakning tozaligi va bir tekisligini
aniqlaydi.
3. Standart rasmga oluvchi seriplan, notekislikni rasmga olishga
mo’ljallangan, mm.
4. Yuqori kattalashtiruvchi mikroskop “Nikon” eclifse Eroo SHIMADZU.
5. Ipning tukdorligini optik aniqlovchi pribor FR-3. Bu pribor ip va
felamentlarning tuklari uzunligi aniqlash bilan xarakterlanadi.
6. Tola uchun dinamometr АGS-20 N. Bu nafaqat tola balki iplarning
mustahkamligini aniqlaydi. Buning tarkibida printer kompessor mavjud. Bu pribor
ICO-5049 halqaro standart talabi bo’yicha ishlaydi.
7. Motovillo MEASURING-METER HM-3
8.Iplarning mustahkamligini aniqlovchi pribor STATIMAT C mustahkamlik
va cho’ziluvchanlik deformatsiyasini aniqlaydi.
9. Baraban tipli konditsion apparat.
10. Krutkomer TW-3. Bu asbobda xom ipak hamda paxta iplari eshilishi
darajasi aniqlanadi.
11. Iplarni ishqalanishga qarshiligini aniqlaydigan asbob TА-1.
12. Iplarning bikrligini aniqlovchi DH asbobi ip o’ramini zichligini
aniqlaydi.
13. Taxometr HT-4100 urchuqlarning aylanish chastotasi aniqlanadi.
14. Penzometr ipning tarangligini aniqlaydigan asbob IT-300.
Gazlama va trikotaj buyumlari xossalarini aniqlovchi asboblar:
1. Gazlamalarning havo o’tkazuvchanligini aniqlovchi АP-3600 SM asbob 1
sek 1
sm
2
yuzadan o’tadigan havo miqdori.
2. Gazlamalarning mustahkamligini aniqlovchi АG-1 asbob. Bu asbobda
tayyorlangan namunalarning mustahkamligi va uzish kuchi aniqlanadi. o’lfash
diapazoni 0,5 kg - 10 kg gacha.
3. Yorug’likka chidamliligini aniqlovchi X-15 asbob- bu gazlamalarga ta`sir
etayotgan yorug’likka chidamliligini aniqlaydi.
4. Gazlama va trikotajning pillinglanishning aniqlovchi asbob IP-3 Yaponiya
standarti bo’yicha ishlaydi.
5. Ishqalanishga chidamliligini aniqlaydigan M-235 Martindeyl usuli
bo’yicha ishlaydi.
6. Gazlamalarning sirt zichligini aniqlovchi massasini tortish uchun
mo’ljallangan o’lchash diapazoni 0-400 gacha.
7. G’ijimlanishni aniqlaydigan АW-6 asbob MONSАNT usuli bilan
aniqlanadi.
8. O’tga chidamliligini aniqlaydigan asbob.
9. Suvga chidamliligini aniqlaydigan asbob WR-1600E - bu asbob
gazalamalarning suvga qarshiligini aniqlaydi.
27
10. Bo’yalgan gazlamani bo’yog’ini chidamliligini aniqlovchi АR-2 asbobi.
Gakushi tipidagi asbob.
11. Gazlamada ipning sitilishini aniqlovchi SD-1 asbobi.
12. Gazlamagni zichligini aniqlovchi Lupa asbobi А va B tipidagi moslama.
13. Gazlamalar rangining terlashga chidamliligini aniqlovchi asbob. Rangni
o’zgarishini aniqlovchi asbob. Bu halqaro SIO105-E04 Yaponiyaning standarti
JISI-0822 standartiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: