Evklion
Mayli, beray.
Megador
Tangri, o‘zing baxtni och
Evklion
Baxt ber, Tangri! Lekin sen ham unutmagil har holda
Men qalinsiz qiz beraman , mana shu shartga ko‘ndik.
Megador
Unutmayman.
Evklion
Bundan ketdi. Ey Tangrilar! Oltin kuchini qara!
Uyimdagi xazinani eshitgan deb o‘ylayman .
Shuning uchun og‘zi karnay, qarindoshlikka urdi.
Asardagi dialoglar tabiiyligi, qahramonlarga xos va mos yaratilganligi bilan
o‘quvchini lol qoldira oladi. Har bir obraz o‘z tiliga ega. Hech biri ikkinchisini
takrorlamaydi. Ikkinchi darajali personajlar nutqi ham asar mohiyatini ochishga
xizmat qiladi.
Strobil
Bu nima gap? Bu qanday savol?
Cholimiz qattiq non, quruqdan quruq.
Evklion shuqadar xasiski, o‘z quli Strobilning masxara qilishiga qaraganda, u
“ uyqusida mabodo nafasini chiqarib yubormaslik uchun, uxlash oldidan og‘ziga
qop yopadi”.Sababki,topib olgan xazinasi haqida uyqu paytida gapirib yubormaslik
uchun.
Strobilning kulgusi shunchaki,qitmir va quvnoq qulning xasis xo‘jayini
xarakteri ustidan kulish emas, unda jamiyatda kechayotgan barcha voqea-
hodisalar, muammolar, qolaversa, shu toifadagi insonlar ustidan baralla kulishdir.
Strobil
Bilasanmi, yana qanday xulqi bor?
Sal yuvinsa –yig`lar, suvni qizg`anar
!
31
Do'stlaringiz bilan baham: |