Abuzalova M


bo„g„in  yozuvi bo„lib, u  fonografik



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

bo„g„in 
yozuvi bo„lib, u 
fonografik 
yozuv turiga kiradi (mil.av. 2-ming yilliklarning o„rtalarida 
paydo bo„lgan). Bu yozuvda bo„g„inlar ierogliflardir. U yoki bu so„zni 
yozishga to„g„ri kelsa, ana shu bo„g„inlarni bir-biriga qo„shish usulidan 
foydalaniladi. Tildagi so„zlar soniga qaraganda bo„g„inlar soni ancha 
kam, shuning uchun ham bo„g„in yozuvi logografik yozuviga nisbatan 
sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko„radi. Masalan, 
devonagari 
(hind) yozuvi bo„g„in yozuvidir: ulardagi har bir ishora 
undosh tovushlarning 

unlisi bilan qo„shib talaffuz qilinishini 
ko„rsatadi, ya‟ni 
na, ga, sha 
va h.z. Agar boshqa unlini talaffuz qilish 
zarur bo„lsa, unda harflarning yo ustiga, yo tagiga ma‟lum belgilar 
qo„yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli va so„z yoki bo„g„in 
boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo„g„inni ko„rsatadi. 4 ta yordamchi 


248 
belgi. Bo„g„in belgilari sillabogramma deyiladi. Bu yozuvdan Shimoliy 
Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana), 
koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo„g„in- yozuv turiga kiradi. 
Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi 
bo„lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e‟tirof etiladi. Bu yo„nalishdagi ilk 
yozuv 
finikiy 
yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli 
harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi jamiyatdagi 
yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon 
mil.av. 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma‟lum bo„lgan harf- 
tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to„rt qismidan ko„prog„i finikiy 
yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil yozuv 
tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa 
(10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%). 
O„rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o„zbek xalqi turli yozuvlardan 
foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o„rxun-enasoy (runik), 
turkiy (uyg„ur), sug„d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni 
yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang„ich ikki harfi – alif va 
bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma‟lum 
an‟anaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo„g„in belgilar 
(devonagari) majmui bo„lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi 
Uyurit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy 
xalqlarning runik va turkiy (uyg„ur) yozuvlari bo„lgan. Ammo bu o„ziga 
xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma‟lumot uchramaydi. Ularga oid 
harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi 
ma‟lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Qadimgi 
turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o„rxun-enasoy), uyg„ur va 
qisman moniy (monoviy), brahmon, sug„d va so„ryoniy yozuvlarida 
yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg„ur yozuvlari turkiy xalqlarga xos 
yozuvdir. Toshga o„yib yozilgan run yozuvi XIX asr oxirida 
Mo„g„ulistonning O„rxun daryosi bo„yida topilib, bu yozuvni dastlab 
daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi. 
Hozirgi paytgacha o„rxun yozuvida yozilgan ko„plab tosh, idish, asbob, 
tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim qog„ozlar ham ma‟lum. Talas va 


249 
Yenisey obidalaridagi yozuv O„rxun obidalariga nisbatan harflarning
shakliy variantlarining ko„pligi bilan farq qiladi. 
Uyg„ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk 
davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo„llandi. Uyg„ur 
yozuvini Mahmud Qoshg„ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu 
yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo„lgan 7 ta tovush 
(p, j (portlovchi), j (sirg„aluvchi), f, g„, ng, g) uchun maxsus harflar 
yo„qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas, harflar 
bilan ifodalanishini aytib o„tadi. Mahmud Qoshg„ariy turk (uyg„ur) 
harflarining alohida va qo„shib yozilgandagi ko„rinishlarini bergan. 
Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi 
muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant yozuvidan 
fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush 
namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan Afinada 
mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 
ta undosh va 7 ta unli). 
Grek yozuvi asosida lotin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi 
asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin yozuvi 
G„arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog„ozning paydo bo„lishi, 
kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng tarqalishida 
muhim omil bo„ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23ta harf bor edi (tovushlar 
35ta bo„lgan: 16ta unli, 19ta undosh). 
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo„ldi, 
chunonchi, ikki ko„rinishda qo„llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa. 
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va 
sharqiy 
slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka- 
ukalar) nomlari bilan bog„liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, 
tovushlar esa 44ta: 11ta unli va 33ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi 
zamonaviy rus alfavitida 33ta harf, 43ta tovush: 6ta unli va 37ta undosh 
mavjud. 
Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to„la mos 
keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o„zgarish tadrijiy ravishda, 
asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo„lmaydi. 
Odamlar, aniqrog„i xalqlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish 
uchun yozuvga turli o„zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv 


250 
tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, o„zbek xalqi asrlar 
davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. Ammo til tabiatimizga 
to„liq mos kelmaydigan bu yozuvni mukammal egallash oddiy xalq 
uchun ancha og„ir edi. Madrasani bitirganlarning aksariyati yozuvni 
o„rgana olmay “Qur‟oni Karim”ni yod olardilar. Garchi xalqimiz mazkur 
yozuvdan 1200 yil foydalangan bo„lsalarda, aholining savodlilik darajasi 
me‟yordan past bo„lgan. 
Jadidlarning sa‟y-harakati bilan O„zbekistonda 1929-yilda lotin 
yozuvi asosidagi o„zbek alifbosiga o„tilgan. Olik til bo„lgan lotinlarning 
yozuvini asos qilib olish ko„p mamlakatlarda urf bo„lgan, birinchidan, bu 
yozuvni o„rganish nihoyatda oson, ikkinchidan, egasi bo„lmagan yozuv 
xalqni mutelikdan saqlaydi. 
Sho„rolarning mutelikka qaratilgan siyosati bois 1940-yildan kirill 
yozuvi joriy etilgan. Garchi hozirgacha ham jamiyatimizning katta 
avlodi mazkur yozuvdan foydalanayotgan bo„lsa-da, kirill yozuvi o„zbek 
tilining tabiatiga mos emas. 
Istiqlol sharofati bilan O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy 
etish to„g„risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga 
kiritish tartibi haqidagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 
6-mayda o„zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko„ra 
lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar 
qo„shilmasidan iborat. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish