Abuzalova M


Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69]



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] 


238 
TURKIY TILLAR OILASI 
 
Reja: 
1.
Turkiy tillarni o„rganish tarixidan. 
2.
Turkiy tillar oilasi, uning genealogik guruhlari haqida. 
3.
Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari. 
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar 
Turkiy tillarning o„rganilish tarixidan, ilmiy turkiyshunoslik 
asoschilari, turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, 
agglyutinativ tillar, turkiy tillarning fonetik strukturasi 
 
Turkiy 
tillarni 
o„rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. 
Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg„ariy boshlab berdi. O„zining 
“Devonu lug„atit turk” asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif‟at 
tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, 
Sim Atalay (Divanu Lug„at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann 
(Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug„at- 
at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg„ur, xakas, qipchoq va 
o„g„uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga 
chiqargan. Asarda qirg„iz, qipchoq, uyg„ur, tuxsi,yag„mo, chigil, igrak, 
charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg„or va 
suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o„g„uz tillarini esa eng oddiy, deb 
hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda 
gaplashishgan. Eng to„g„ri, ya‟ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va 
yag„mo tillari bo„lgan. 
Mahmud Qoshg„ariy lug„atida so„zlar ulardagi tovushlar sonining 
o„sib borishiga ko„ra joylashtirilgan.Ismlar va fe‟llar farqlanib, turkiy 
tillarning fonetik – morfologik tasnifi hamda jo„g„rofiy yoyilganligiga 
ko„ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu 
tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg„ariy 
quyidagilarni ko„rsatadi: 
a)
соответствие (y~j) so„z boshida y-j mosligi; 
b)
so„z boshida m~b; 
v) so„z oxirida y – n; 


239 
g) so„z boshida t~d; 
d) so„z o„rtasida y~z. 
Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al- 
adab” nomli filologik asari arab-fors-turk-mo„g„ul tillari lug„ati 
sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug„atning turkiy qismi 
eramizning XII-XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy 
(arab tilshunosi) yaratgan lug„at va grammatikada qipchoq (kuman yoki 
poloves) tilining o„g„uz (turkman) tili bilan qiyosan elementlari mavjud. 
Jamoliddin ibn Muxannaning “Xil‟at ul-lison va halibot ul bayon” asari 
o„g„uz tillaridan birining lug„at va grammatikasini, shuningdek, fonetik 
xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi. 

va 
m, t 
va 

undoshlarining boshda 

va 
n, k 
va 

undoshlarining boshqa 
pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at- 
Turkiyning “Bulg„at al-mushtak” lug„ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash 
asosida tuzilgan. 
Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr 
grammatik tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug„at at-Turkiya” 
(1928-yilda Istambulda Kilisli Rif‟at tomonidan nashr etilgan) hamda 
XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda 
Istambulda 
Basim 
Atalay 
tomonidan 
nashr 
qilingan)dir. 
Turkiyshunoslikning yana bir tarmog„i XVIII va XIX asrning 1- 
yarmidagi rus va g„arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o„z 
ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o„rganish sohasida 
F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o„ringa ega. U ural- 
oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo„g„ul va 
tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning 
tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, 
I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma‟lumdirlar. 
Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov 
hisoblanadi. Turkologiyadagi
1
qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka 
tegishli bo„lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi 
grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. 
L.Budagov
2
va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo„yicha muhim 
izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini 
qiyosan o„rganish bo„yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, 


240 
undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to„ldirilgan 
ko„rinishlari bo„lib yuzaga chiqdi. Olimning “Образцы народной 
литературы тюркских племѐн” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), “Опыт 
словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy 
tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. 
N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с 
указанием главнейших родственных отношений его к другим 
языком тюркского корня” (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda 
ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o„rganish bo„yicha 
qisqacha sharx shulardan iborat bo„lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar va 
ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi. 
Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik 
belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy 
tillarni genealogik jihatdan tasniflash bo„yicha I.N.Berdin, N.I.Ilminskiy, 
V.V.Radlov, N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich 
kabi olimlar izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning 
tasnifi keng tarqalgan bo„lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga 
ajratiladi: 
1.
R-guruh, bulg„or yoki chuvash: 
1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao„//tu; 5) sari; 6) qalan//yo„lna; bu 
guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg„or tillari kiradi. 
2.
D-guruh, uyg„urcha yoki shimoliy-sharqiy: 
1)
toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag„; 5) sarig„; 6)qalg„an; bu 
guruhga 3 kichik guruhlar kiradi: 
a)
b-guruhi: O„rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi 
uyg„ur va zamonaviy karagas, salar va tuva tillari; 
b)
z-guruh: sariq uyg„urlar, ilor va xakaslar tili; 
v) t-guruh: yoqut tili. 
3.
Tao„ - guruh, qipchoq yoki shimoli - g„arbiy: 
1) tog„uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao„; 5) sari; 6) qalg„an. Bunga: 
a)
mo„g„ullargacha: oltoy tili, qirg„iz, qumiq, qorachoy-bolqor, 
qaraim, tatar, boshqird; 
b)
mo„g„ullardan so„ng: qozoqcha va no„g„aycha kiradi. 
4.
Tag„liq – guruh, chig„atoy yoki janubiy – sharqiy: 


241 
1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag„; 5) sariq; 6) qalg„an. Bunga qadim 
chig„atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o„zbek tili va qora tatarlar tili 
kiradi. 
5.
Tag„li – guruh, qipchoq – turkman: 
1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag„; 5) sari; 6) qalg„an. Bularga xorazm 
o„zbeklarining shevasi ham kiradi. 
6.
Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g„arbiy: 
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag„; 5) sari; 6) qalan. Turkman, 
ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi. 
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so„zlashuvchi 
xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu 
tillarda so„zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit‟asida yashaydi. 
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, 
turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag„ay, balqor, qo„miq, no„g„oy, tatar, 
bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg„iz, o„zbek, qaraqalpoq, 
chuvash, uyg„ur, qozoq. 
Turkiy tillar quyidagilardan iborat: 
1.
Bulg„or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg„or va 
xazar tillari. 
2.
O„g„uz tillari guruhi: 
a)
turkman tili – Turkmaniston; 
b)
turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o„lkasida yashovchi 
turkmanlarning tili; 
v) o„g„uz – bulg„or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi; 
g) ozarbayjon va turk tillari. 
3.
Qipchoq tillari guruhi: 
a)
qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda 
istiqomat qiluvchi qaray elati so„zlashadi; 
b)
qo„miq tilida Dog„iston Avtonom respublikasida istiqomat 
qiluvchi qo„miqlar so„zlashadi; 
v) qorag„oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag„oy va balqor 
elatlari so„zlashadi; 
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so„zlashadilar; 
d) tatar tili, boshqird tili; 
j) no„g„oy tili; 


242 
z) qoraqalpoq tili; 
i) qozoq tili. 
4.
O„zbek va uyg„ur tillari guruhi. O„zbek tili o„zbek xalqining 
milliy adabiy tili bo„lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik 
xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. 
Uyg„ur tili O„rta Osiyo, Qozog„iston va Xitoy Xalq respublikasining 
Sinsyan – Uyg„ur respublikasida yashovchi uyg„ur xalqining tilidir. 
5.
O„g„iz tillari guruhi: 
a)
Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida 
yashovchi tuva xalqining tilidir; 
b)
tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o„lkasida yashovchi elat 
tili.
6.
Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir. 
7.
Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho„lim tili (cho„lim 
tatarlari tili), oltoy tilining shimoliy shevalari. 
Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy 
tillardagi affikslar bir ma‟nolidir – so„z tarkibida ishtirok etayotgan 
har bir qo„shimcha faqat bir ma‟noni anglatgan holda birin – ketin 
yopishib ketaveradi. Masalan, o„zbek tilida 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish