Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/158
Sana07.04.2022
Hajmi3,96 Mb.
#533874
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
- P2

Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini 
talab qilmaydi: yo unutadi, yoki uni shunchaki keraksiz deb 
hisoblaydi. Ayrim sotuvchilar ham chekni taqdim etish haqida 
o‘ylamaydi
99
.
Bir qarashda oddiy va arzimasday ko‘ringan bu holat aslida bir 
qator muammolarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xususan, xarid 
cheklarining talab qilinmasligi yoki taqdim etilmasligi nakd 
pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishi - “yashirin 
iqtisodiyot”ga zamin yaratadi. Shunga qaramay, sotuvchi va xaridorni 
xarid cheki masalasida birday mas’uliyatli qilishga erishish oson 
emas. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov - inson omili ishtirokini 
minimal darajagacha kamaytirish imkonini beruvchi raqamli 
texnologiyalardir. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa 
ana shunday muhim vositalardan biri sanaladi. 
QR-kod mavjud bo‘lmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. 
Amaldagi nazorat kassa mashinasi orqali taqtsim qilingan ba’zi bir 
xarid cheklarida tovar yoki xizmatlarning nomi va mikdori aks 
ettirilmaydi. Qolaversa, chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni ham 
98
Qarang: O‘sha yerda. Б. 252-256. 
99
Ҳаёт Насруллаев. “Яширин” иқтисодиётнинг яна бир кушандаси // Янги 
Ўзбекистон, № 23 (23), 2020 йил 26 февраль. Б.3. 


yo‘q. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chop etuvchi 
fiskal chek esa bu masalada ham sotuvchi, ham xaridor uchun qulay. 
Ya’ni, unda tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, narxi aks etadi, 
Eng asosiysi, chekning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod 
mavjud. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy 
hisoblanmaydi. 
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chekdagi 
ma’lumotlarni real vaqt rejimida operatorga, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi 
bazasiga borib tushishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari bunday 
qurilmalarni mustaqil sotib olishi mumkin. Biroq, onlayn-nazorat kassa 
mashinasi yoki virtual kassalarni xarid qilishdan avval ushbu qurilma 
yoki dasturiy mahsulotni Davlat reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganini 
tekshirish lozim, Tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanish uchun 
Davlat reyestriga kiritilgan ixtiyoriy texnik xizmat ko‘rsatish markazidan 
ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. 
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” 
markazi arizachining murojaati asosida u bilan shartnoma imzolaydi, 
taqdim etilgan hujjatlar va shartnoma nusxasini maxsus axborot tizimi 
yordamida Davlat soliq xizmati organlariga yuboradi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tizimga o‘tishi majburiy. 
Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
100
.
2019 yilning 1 martidan boshlab Toshkent shahrida onlayn-
nazorat kassa mashina va virtual kassalarni keng qo‘llash bo‘yicha 
tajriba loyihasi o‘tkazildi. Natijada 385 mingdan ortiq xarid 
cheklarida jami 72 milliard so‘mdan ziyod tovar aylanmalari amalga 
oshirilganligi to‘g‘risidagi axborotlar Davlat soliq qo‘mitasining 
ma’lumotlar bazasida qayd etildi. 
2020 yil 1 yanvardan onlayn-nazorat kassa mashinalari va virtual 
kassa tizimi respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-
bosqich joriy etila boshlandi. Xususan, 2020 yil yanvardan 20 909 ta 
alkogol, tamaki, dori vositalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish 
shoxobchalari; 
100
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Савдо ва хизмат кўрсатиш 
соҳасидаги ҳисоб-китоблар тизимига замонавий ахборот технологияларини жорий 
қилиш ҳамда ушбу соҳада жамоатчилик назоратини кучайтириш чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги 2019 йил 6 сентябрь ПФ-5813-сон Фармони 


2020 yil 1 avgustdan 1 200 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik 
tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari; 
2021 yil 1 yanvardan 21 600 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 
yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu 
chegaraviy miqdorga yetgan, jami 2020 yil yakuniga qadar 43 700 ta 
tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual 
kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan. 
Ushbu muddatlar tugagandan keyin onlayn-nazorat kassa 
mashinasi yoki virtual kassadan foydadanmasdan tovarlarni sotish va 
xizmatlar ko‘rsatishda chek takdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega 
bo‘lmagan chekparni takdim qilish qonunchilikda belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 
Ta’kidlash joiz, mazkur talablar olis hududlarda faoliyat olib 
borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilmaydi. Ularning 
ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojpantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar 
hokimlikpari bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
Onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM) yoki virtual kassa 
tizimiga o‘tish davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, 
bunday raqamli texnologiyalar orqali xufyona iqtisodiyot ulushi 
qisqaradi. Tadbirkorlik sub’ektlari va Davlat soliq xizmatlari 
organlari xodimlari bilan bevosita aloqalar kamayib korrupsiyaga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar ishonchliligi kafolatlanadi. Soliq 
bazasi kengayadi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham onlayn-nazorat kassa 
mashinasi yoki virtual kassa foydali. Ular amaldagi fiskal xotirali 
nazorat kassa mashinalarni ishlatish majburiyatidan xalos bo‘lyapti. 
Kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish
uning kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyati bekor qilinyapti. 
Tadbirkorlik sub’ektlari kunlik o‘rtacha nakd pul tushumi mikdoridan 
qat’i nazar, naqd pullarni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali 
o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish 
huquqiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, onlayn-nazorat kassa mashinasini 
sotib olish, joriy qilish xarajatlarini soliq hisobidan bazaviy hisoblash 
miqdorining 10 barobari miqdorigacha kamaytirish imkoniyati 


yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning 
bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan 
foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini 
yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu 
tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni 
kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin 
yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada 
kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir 
kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa 
qilishimiz mumkin: 
– jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq yukini yanada 
kamaytirish; 
– soliqlar sonini kamaytirish va oqilonalashtirish; 
– soliq stavkalarini maqbul darajada pasaytirish; 
– soliqqa tortish bazasini kengaytirish; 
– soliq imtiyozlarini keskin kamaytirish va oqilonalashtirish 
orqali tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish; 
– biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish; 
– soliq ma’murchiligini takomillashtirish, “raqamli iqtisodiyot” 
tamoyillarini joriy etish; 
– mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq 
to‘lovchilarni rag‘batlantirish;
– soliqdan qochish va bo‘yin tovlash holatlari uchun jinoiy va 
ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish. 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish