Korrupsion kelishuv
– eng “oddiy” sxemalardan biri. U soliq
xizmatchilari yoki fiskal organlarga ta’sir eta oladigan yuqori davlat
hokimiyat organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
pora berib sotib
olishni nazarda tutadi.
Institutsional fiksiyalar
(soxtaliklar) – bu usul soxta korxonalarni
(“qog‘ozdagi korxonalar” yoki uzog‘i bilan uch oy faoliyat
yuritadigan “bir kunlik korxonalar”) tashkil etishga asoslanadi. Ular
orqali soliqlarni aylanib o‘tib pul mablag‘larini naqdlashtirish amalga
oshiriladi. So‘ngra ular soliq organlari tomonidan tekshiruvlar
boshlanmasdan va buxgalterlik balansini topshirmasdan yopilib
ketishadi.
Shu kabi yo‘qolib ketadigan korxonalarga kreditlar ajratiladi,
ularning hisob raqamlariga oldindan to‘lov rasmiylashtiriladi. Deyarli
o‘z faoliyatini to‘xtatgan, yopilish arafasidagi banklarga soliq
to‘lovlari o‘tkaziladi. Bu holatlarning
barchasida poralarsiz ham
faoliyat yuritish mumkin, faqatgina soxta iqtisodiy institutlarni
tashkil etish va qisqa muddatli faoliyat xarajatlarini qoplash kerak,
xolos.
Almashtirish o‘yinlari
bir qism moliyaviy oqimlarni soya ostiga
olib, qonuniy va noqonuniy faoliyatlar chegarasida ushlab turiladi.
Shunday qilib, soxta operatsiyalar amalga oshirilganda moliyaviy
hujjatlar mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarning korxona va
vositachi yoki soxta firma o‘rtasidagi harakatlarini aks ettiradi.
Masalan, hech kim yetkazib berishni hayol ham qilmagan mahsulot
uchun pul o‘tkaziladi, soxta marketing
xizmatlari uchun buyurtma
beriladi, QQSni qaytarish imkonini beruvchi yolg‘ondakam eksport
amalga oshiriladi, “tumovdan” sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha
mukofotlar to‘lanadi.
Qonuniy va noqonuniy harakatlar chegarasida amalga
oshirilayotgan soxta operatsiyalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan bosh
tortishga quyidagi holat misol bo‘la oladi: turistik kompaniya o‘z
asosiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir necha avtobuslarni
sotib oladi, lekin ularni firma ta’sischilarining qarindoshlari
nomlariga shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtiradi, qarindoshlar, o‘z
navbatida, yollangan haydovchilar
nomiga avtobusni haydash
bo‘yicha ishonchnoma beradilar va turistik firma bilan ushbu
transport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzadilar.
Natijada transport vositalari firma balansiga o‘tmaydi va soliqlar
to‘lanmaydi.
Shuni qayd etish kerakki, eng ko‘p qoidabuzarliklar
optimallashtirish sxemalarini o‘ziga emas (ko‘pchilik hollarda ushbu
sxemlar yuridik jihatdan puxta ishlangan bo‘ladi), balki ushbu
sxemalarning hamroh sharoitlariga to‘g‘ri keladi. Masalan,
kichik
korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish ko‘pincha
tashkilot xodimlari sonini soxtalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir.
Soxtalashtirishning mavjudligi ushbu sxemani avtomatik ravishda
noqonuniy qiladi.
Undan tashqari,
noekvivalent ayirboshlashdan
foydalaniladi.
Bunda “tomonlar” uchun foyda keltirmaydigan shartnomalar tuziladi,
kelishilgan holda va maqsadli ravishda qiymat proporsiyalari buzib
ko‘rsatiladi. Buning uchun mahsulot va xizmatlarni bozor qiymatidan
yuqori yoki past narxlarda sotish va sotib olish imkonini beruvchi
barter ayirboshlashlari va o‘zaro
hisob-kitoblar yordamida
xarajatlarni qoplash tizimlaridan foydalaniladi: korxonalar o‘rtasida
mahsulotlar sotiladigan pasaytirilgan transfert narxlari tizimidan
foydalaniladi; nominal va bozor qiymati o‘rtasidagi farqda
o‘ynaydigan veksellar muomalaga chiqariladi; likvidlik darajasi
turlicha bo‘lgan aksiyalar ayirboshlanadi; oldindan ma’lum
oshirilgan foizlar bo‘yicha kreditlar beriladi.
Masalan, korxona qoshida
firmalar tashkil etilib, ularga
korxonaning mahsulotlari shunchalik pasaytirilgan narxlarda
sotiladiki, foyda nol darajada bo‘ladi. Soliq organlari foyda solig‘i
to‘lanmayotganligi bo‘yicha da’vo qila olmaydilar. Firmalar esa
mahsulotni bozor narxida qayta sotadi va asosiy ishlab chiqaruvchi
korxona egasi bilan olingan foydani bo‘lishadi. Firmada bir necha
kishi ishlayotganligi sababli kichik biznesga
soliq imtiyozlaridan
keng foydalanadi.
Nihoyat, ayirboshlov o‘yinlarida
oldindan rejalashtirilgan
sanksiyalar
dan foydalaniladi – shartlarini bajarib bo‘lmaydigan
shartnomalar bo‘yicha yirik jarima sanksiyalarini qo‘llash; shartnoma
shartlarini ataylab bajarmaganlik natijasida garovdagi mol-mulkni
o‘zlashtirish (qarang: 6.2.4-rasm).