Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/158
Sana07.04.2022
Hajmi3,96 Mb.
#533874
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158
Bog'liq
- P2

6.2.1-jadval. 
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayoni bosqichlari
88
 
Bosqichlar
 
Jarayon tavsifi 
Birinchi 
bosqich
soliq to‘lovchi soliqdan bo‘yin tovlashning yangi 
sxemasini o‘ylab topadi
 
Ikkinchi 
bosqich
ushbu sxema soliq to‘lovchilar o‘rtasida tarqaladi
 
Uchinchi 
bosqich
soliq organlari soliq qonunbuzarliklarini samarali 
aniqlash, oldini olishning shakllari va usullarini 
88
Mualliflar tomonidan tuzilgan. 


ishlab chiqadi
 
To‘rtinchi 
bosqich
qonunbuzarliklarga qarshi davlat organlarining 
faol va ommaviy qarshi kurash olib borishi 
jarayoni
 
Beshinchi 
bosqich
qonunbuzarlar va davlat organlari o‘rtasidagi 
muvozanat minimal imkoniyat darajasida 
o‘rnatiladi
 
 
To‘rtinchi bosqich – qonunbuzarliklarning soni va ular keltirgan 
zararni kamaytirishga olib keladigan davlat organlarining faol va 
ommaviy qarshi kurashi amalga oshiriladi. Beshinchi bosqichda 
qonunbuzarlar va davlat organlari o‘rtasidagi muvozanat minimal 
imkoniyat darajasida o‘rnatiladi. 
Ta’kidlash lozimki, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning har 
qanday 
modelida 
moliyaviy 
oqimlarni 
nazorat 
qilishni 
murakkablashtiruvchi firmalarning uzun zanjiri yaratiladi. Bunda 
deyarli barcha operatsiyalar qonuniy hisoblanadi, lekin butun sxema 
noqonuniydir.
 
6.3. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni 
to‘lashdan bo‘yin tovlash vositasi
Offshor bu qulay soliq sharoitiga ega davlatda xorijiy fuqaro 
tomonidan 
qayddan 
o‘tgan, ushbu mamlakatda faol ish 
yuritmaydigan firmadir. Huquqiy nuqtai nazardan bu holatda 
qonunga qarshi hech narsa yo‘q, shu tufayli dunyoda offshor zonalar 
keng yo‘lga qo‘yilgan, taxminiy hisoblarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha 
mablag‘ning o‘n foizga yaqini ofshorda jamlangan. 
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida uddaburon firmalardan biri 
Amerika soliq inspeksiyasiga chap berib, solig‘i kamroq boshqa 
mamlakatda qayddan o‘tganida “offshor” so‘zi birinchi bo‘lib dunyo 
og‘ziga tushdi. Biroq tarixni ko‘zdan kechirsak, barcha yangilik 
unutilgan eskilik ekanini ko‘ramiz. Pishiq-puxta yunonlar offshor 
nimaligini azaldan yaxshi bilishgan, soliqdan qochib qadimgi Afinani 
aylanib o‘tishgan, tovarlarini uzoqroqdagi boj to‘lanmaydigan 
ko‘psonli orollarga olib borishgan. “Offshor”ning so‘zma-so‘z 
tarjimasi “qirg‘oq narisida” ma’nosini anglatib, faoliyatni mohiyatan 


to‘g‘ri aks ettiradi: offshor mintaqalar, asosan, iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun tabiiy boyliklari yo‘q, kichik, iliq mamlakatlarda 
joylashadi. Bunga Qibris, Kayman orollari, Bermud misol bo‘ladi. 
Xorij kapitalini jalb etishning birdan-bir yo‘li ular uchun offshor 
biznesidir. Ba’zi mamlakatlarda xorijliklar ta’sis etgan firmalar atayin 
soliqqa tutilmaydi. Bu esa mamlakatga pul oqib kelishi va mahalliy 
aholini ish bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Biznes egalari 
firmalarini shunday mamlakatlarda qayddan o‘tkazishadi va budjetga 
tushuvchi belgilangan kichik to‘lovlarni to‘lab turishadi. Asosiy 
faoliyatni o‘zining mamlakatida yuritadi. Xalqaro huquqqa binoan 
kompaniya mustaqil sub’ekt hisoblanib, o‘zi qayddan o‘tgan 
davlatdagina soliqqa tutilishi mumkinligi uchun bu hol ro‘y beradi. 
Soliqlar yo‘qligidan tashqari offshorning bir qator foydali 
taraflari ham mavjuddir: ko‘plab mamlakatlarda buxgalterlik hisobi 
yuritish talabi kamaytirilgan yoki umuman yuritilmaydi. Qonunlarda 
maxfiylik ko‘zda tutiladi: yollangan direktorlar va boshqaruvchilar 
ortida turgan asl sohib kimligini bilishning iloji yo‘q. Offshor o‘z 
sarvatini ko‘z-ko‘zlashni istamaganlar uchundir. Shunday qilib bu 
jarayon ishtirokchilarining barchasi mamnundir: biznes egasi 
soliqdan tejaydi, offshor zona yillik mukofot puli oladi. Ayrim 
mamlakatlarda bu to‘lov budjetga yaxshigina kirim bo‘lgani uchun u 
yerda pul evaziga xorijiy kompaniyalarni qayddan o‘tkazish faqat 
ma’qullanadi: firma ochishingiz yoki xarid qilishingiz uchun 
infrastruktura va huquqshunoslarning barchasi xizmatingizga tayyor. 
Shu boisdan ham boshqa ko‘plab mamlakatlardan ko‘ra offshor 
zonada tez va osongina firma ochish mumkin. Bundan tashqari 
offshorlar 
xalqaro 
sarmoya 
bozoriga 
chiqishni, 
kreditlar 
rasmiylashtirishni 
osonlashtiradi, 
xalqaro 
bitimlar 
tuzishni 
arzonlashtiradi. 
Offshor kompaniyasi bu – korxonalarning alohida tashkiliy 
yuridik shaxs maqomini tavsiflovchi termindir. Bu maqom unga soliq 
to‘lovlarni maksimal darajada tushurishni ta’minlaydi (ko‘p hollarda 
nolgacha). Bunday maqom odatda biznes operatsiyalarini ushbu 
korxona rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yerdagi yurisdiksiyadan tashqarida 
o‘tkazish talabi bilan bog‘liqdir. Faqat shunday holda offshor 
kompaniyasi o‘z yurisdiksiyasidagi soliqlarning barchasidan yoki 


ko‘p qismidan ozod bo‘ladi. Qonunchilik offshor kompaniya 
boshkaruvi va amaldagi ofisni qayd etilgan hududdan tashqarida 
bo‘lishini taqazo etadi. Boshqacha aytganda, offshor kompaniyasi 
ko‘p hollarda o‘z rasmiy yuridiksiyasi rezidenti bo‘lishi mumkin 
emas.
“Offsher” termini birinchi bor Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan 
bo‘lib, u “qirg‘oq ortida” degan ma’noni bildiradi va bir vaqtning 
o‘zida “chet elda” degan ma’noni ham anglatadi. Yuridik nuqtai 
nazaridan offshor kompaniyasi boshqa kompaniya va korxonalardan 
farq qilmaydi. Ya’ni u xo‘jalik huquqiy munosabatlarning teng 
huquqli sub’ekti hisoblanadi va boshqa yuridik shaxslar bilan teng 
hamkorlik qila oladi. Offshor kompaniyasining bosh afzalliklari 
uning rezident bo‘lmagan maqomi bilan bog‘liqdir. Bu degani offshor 
firmaning boshqaruv va nazorat markazi chet elda joylashgan bo‘ladi. 
Offshor kompaniyasi faoliyat boshlashi uchun kompaniyaning formal 
atributlari yaxlitligi yetarlidir, ya’ni kompaniya egalari, direktorlar 
(odatda ular ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak), nizom, bankdagi hisob 
raqami va qayd etish hujjatlari komplekti mavjud bo‘ladi. Offshor 
zona qonunchiligi odatda uning hududida kompaniyaning kayd 
etilgan ofisi va kotibi (yoki agenti) joylashgan bo‘lishini taqazo etadi. 
Chunki bu hokimiyatning ushbu offshor kompaniyasi vakili (agenti) 
bilan bog‘laydigan alohida manzili bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda 
u biznes boshqarish uchun ishlatilmaydi. Hatto offshor yurisdiksiyasi 
hududidagi shartnomalarni imzolash kabi fakt ham kompaniyani 
offshor maqomidan ayirishi mumkin. Offshor kompaniyasi xorijda 
o‘zining rezident vakolatxonalari va firmalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Kompaniyaning amaldagi ofisi ham chet elda bo‘lishi mumkin. Biroq 
ko‘p hollarda kompaniya bunday ofissiz ish faoliyatini olib boradi. 
Offshor firmaga egalik qilish maxfiyligi nominal egalar va 
nominal direktorlar instituti tomonidan ta’minlanadi. Qayd etish 
hujjatlarida real bo‘lmagan egalar nomlari emas, balki nominal 
shaxslar familiyalari ko‘rsatiladi. Nominal egalar xizmatlari, offshor 
kompaniyalari qayd etilishi kabi kompleks xizmatlar bilan 
shug‘ullanuvchi kotiblik kompaniyalari bilan ta’minlanadi. Ko‘p 
hollarda offshor firma direktori uning egasi bo‘ladi. Biroq tez-tez 
shunday hollar bo‘ladiki, offshor kompaniya direktori nominal shaxs 


bo‘ladi. Bundan nominal direktor faqat rasman bu amalda faoliyat 
ko‘rsatishi kelib chiqadi. Anikroq aytganda, u o‘ziga shartnomada 
ko‘zda tutilmagan ishlarni olib bormaslik majburiyatini oladi. 
Bunday holda kompaniya boshqaruvini, kompaniya nomidan yuridik 
amallar yuritish huquqi hakida ishonchnoma olgan kompaniya egalari 
yoki vakili amalga oshiradi. Offshor kompaniyasi qayd etilishi, 
offshor firmalar maqomini aniqlovchi qonunchilik bazasiga ega 
bo‘lgan yurisdiksiyasida bo‘lishi mumkin. Qoida bo‘yicha bu kichik 
mamlakatlar, kollonial hududlar va boshqa huquqiy tuzilishi 
o‘zgacha, bo‘lgan davlatlar kiradi. Biroq offshor turiga kiruvchi 
firmalar qayd etilishi faqatgina Gibraltar va MEN oroli kabi odatiy 
kichik orollarda emas, balki obro‘liroq mamlakatlarda ham bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlari qonunchiligi offshor 
turidagi biznes operatsiyalarini olib borishiga yul qo‘yuvchi 
normalardan iborat. Xatto ayrimlari “klassik” offshor prinsiplaridan 
cheklanishlarga yo‘l qo‘yadilar. Xususan ayrim yurisdiksiyalar 
qatorida soliqlardan ozod etilgan kompaniyalarga haqiqiy faoliyat 
olib boruvchi ofisga ega bo‘lishiga ruxsat etiladi. Masalan, obro‘li 
bo‘lgan Shveysariya kabi mamlakatda ham aniq bir firmalarga, ular 
bu yerda ofis va personalga ega bo‘lsalar ham, ayrim turdagi offshor 
operatsiyalari olib borish ruxsat etiladi (soliq yo‘kotishlari bunda 
to‘liq yo‘q qilinadi yoki ko‘p marotaba tushiriladi).
Offshor biznesi metodlari va texnalogiyalari turli-tuman bo‘lib 
boryapti. Hozirgi paytda offshor tuzilmalarida faqatgina korparativ 
turdagi korxonalar emas, balki biznesning boshqa tashkiliy huquqiy 
ko‘rinishlari ham amaliyotda olib bormoqda. Shunday qilib offshor 
turiga 
kiruvchi 
firmalarga 
tadbirkorlik 
hamkorligi 
shakli 
moslashtirildi. 
Offshor 
biznesida 
ma’suliyati 
cheklangan 
kompaniyalar tez-tez uchrab turadi. Kafolati bo‘yicha cheklangan 
hamda 
ayrim 
kombinatsiyalashtirilgan 
shakllari 
cheklangan 
kompaniyalar shulardir. Ixtisoslashgan offshor teritoriyalari – “soliq 
gavanlari” offshor investorlariga yangi imkoniyatlar va imtiyozlar 
yaratib borishga intiladilar. Bu sohada kapitallarni jalb etishda 
yetarlicha o‘tkir raqobat seziladi.
Mamlakatlar qatorida “antioffshor” qonuniyati ham mavjuddir. 
Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon xalqaro 


biznesning murakkab tizimida offshor firmalari uchun yirik faoliyat 
maydoni qolyapti. Offshor biznesi to‘lik dinamik holatda 
rivojlanayapti. Unda har doim yangi ish imkoniyatlari va kapitaldan 
foydalanish sohalari paydo bo‘lmoqda. 
Yevropa Ittifoqi davlatlari vazirlari «soliq gavanlari» 
ro‘yxatiga 10 yurisdiksiyani qo‘shdi, deyiladi Yevrokomissiya 
xabarida. Bugungi kunga qadar ofshorlar qora ro‘yxatiga 
Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago, Amerika 
Virgin orollari kirardi. Endilikda bu ro‘yxatga Aruba, Barbados, 
Beliz, Bermud orollari, Vanuatu, Dominikan Respublikasi, 
Marshall orollari, BAA, Ummon va Fiji ham kiritildi. 
Yevrokomissiya 2018 yilda 92 davlatdagi soliq shaffofligini 
baholadi. 
Bu 
davlatlarning 
aksariyati 
qonunchilikka 
o‘zgartirishlar kiritgan. Endilikda ularning soliq tizimlari 
xalqaro standartlarga javob beradi, deyiladi xabarda. Amerika 
Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin 
orollari 2017 yilda ro‘yxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga 
hech qanday o‘zgartirish kiritmagan. Ro‘yxatga kiritilgan 
qolgan davlatlar esa soliq sohasida o‘zgarishlar qilish 
majburiyatini 
olgan, ammo majburiyatlarini bajarishmagan. YeI 
qonunchiligi 
soliq 
to‘lashdan qochish imkonini beradigan 
mamlakatlar va hududlarni ofshorlar ro‘yxatiga kiritadi. Ofshor 
hududlar 
rezidentlari 
Yevropa 
regulyatorlari 
tomonidan 
kuchaytirilgan moliyaviy tekshiruvdan o‘tadi
89

Korrupsiya 
bilan 
kurashga 
yo‘naltirilgan 
tergovlarga 
ixtisoslashgan Global Witness nodavlat tashkilotining xabar 
berishicha, rossiyalik tadbirkorlarning Britaniya ofshorlaridagi 
hisoblarida Buyuk Britaniyaning o‘ziga qaraganda yetti barobar ko‘p 
mablag‘lar saqlanadi. 
The Sunday Times’ning ta’kidlashicha, Britaniya tarkibiga 
kiruvchi hududlardagi hisoblarda rossiyalik tadbirkorlar 34 mlrd funt 
sterlingdan ortiq mablag‘ni saqlaydi, ulardan 30 mlrd funtdan 
89
https://kun.uz/news/2019/03/12/yei-ofshorlar-qora-royxatini-uch-martaga-
kengaytirdi 


ko‘prog‘i Britaniya Virgin orollarida joylashtirilgan. Britaniya 
tarkibiga kiruvchi hududlar rossiyaliklar orasida mablag‘larni saqlash 
ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Britaniya parlamenti 
Britaniya Virgin va Kayman orollaridagi ofshorlar benefitsiarlarini 
ochiqlashga 
qaratilgan 
qonun 
loyihasini 
ko‘rib chiqishni 
rejalashtirmoqda
90

O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 23 mayda Normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ofshor 
yurisdiksiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi 
e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-
moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki 
boshqaruvi 
qarori 
bilan 
ofshor 
yurisdiksiyalarning 
ro‘yxati tasdiqlandi. Bu ro‘yxatga 68 ta offshor zonalar 
kiritilgan
(1-ilova)
91
.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish